Mamatkulov Eldor Safarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida yangi ma’naviy makonni yaratish tamoyillari va imkoniyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1065 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08 
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyom Normerzaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqobilov Muzaffar Jumaevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi yangi O‘zbekiston jamiyati zamonaviy ma’naviy makonining ijtimoiy-ma’rifiy asoslari hamda uni takomillashtirish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ma’naviy makon” tushunchasi mustaqil ijtimoiy-falsafiy kategoriya sifatida ma’naviy qadriyatlar tizimini, madaniy-axloqiy muhitni, xulq-atvor normalarini belgilashi tavsiflangan hamda uning barqarorlik va yangilanuvchanlik (qadriyatlar uzlyuksizligi va yangilanishida optimal muvozanat), o‘zgaruvchanlik va vorisiylik (tarixiy-madaniy meros bilan bog‘liqlik va ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashuvchanlikni ta’minlanishi) tamoyillari va intensivlik va innovatsion (sifat jihatidan boyib borishi, kreativ fikrlash, zamonaviy madaniy tendensiyalarni qabul qilish va integratsiyalash) xususiyatlari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston ma’naviy makoniga xos milliy va umuminsoniy jihatlar (bag‘rikenglik, hamjihatlik, Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatsevarlik, halollik va tolerantlik, demokratiya, ochiqlik va gumanizm integratsiyasi) dialektikasi, unga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarning (modernizatsiya, globallashuv, raqamli transformatsiya), konstruktiv tendensiyalarning (ma’naviy uyg‘onish, ilm-fan va ta’lim paradigmasining yangilanishi) dinamikasi va transformatsiyasi asoslab berilgan; 
hozirgi davrda mamlakatimiz ma’naviy makoniga kirib kelishga va uni parokanda qilishga intilayotgan buzg‘unchi g‘oyalar – ksenofobiyaning birdamlik totuvlikni parchalashga intilish, radikalizmning jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini zaiflashtirish va terrorchilik mafkurasining davlat tuzumini izdan chiqarishga qaratilgan g‘oyaviy-psixologik manipulyasiya sifatidagi mohiyati hamda ularga zarba berishning qadriyatlar tizimini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, axborot xavfsizligini ta’minlash va profilaktik choralarni takomillashtirish kabi imkoniyatlari aniqlashtirilgan; 
xalqimiz ma’naviy makonini sofligini saqlash mexanizmini optimallashtirishga xos ma’naviy monitoring tizimini takomillashtirish (buzg‘unchi g‘oyalarni erta aniqlash, tahlil qilish, qarshi chora ko‘rish), raqamli platformalarda ma’naviy himoya qilish (kontentlarga nisbatan tahliliy va normativ nazoratni kuchaytirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kontentlar ishlab chiqish va tarqatish), milliy g‘oya asosidagi media strategiyalar ishlab chiqish (yoshlar ongida bunyodkor mafkurani shakllantiruvchi loyihalar, media savodxonlikni oshirish) yo‘llari va usullari samarasini oshirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida yangi ma’naviy makonni yaratish tamoyillari va imkoniyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“ma’naviy makon” tushunchasi mustaqil ijtimoiy-falsafiy kategoriya sifatida ma’naviy qadriyatlar tizimini, madaniy-axloqiy muhitni, xulq-atvor normalarini belgilashi tavsiflangan hamda uning barqarorlik va yangilanuvchanlik (qadriyatlar uzlyuksizligi va yangilanishida optimal muvozanat), o‘zgaruvchanlik va vorisiylik (tarixiy-madaniy meros bilan bog‘liqlik va ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashuvchanlikni ta’minlanishi) tamoyillari va intensivlik va innovatsion (sifat jihatidan boyib borishi, kreativ fikrlash, zamonaviy madaniy tendensiyalarni qabul qilish va integratsiyalash) xususiyatlariga doir xulosa va umumlashmalar O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan nashr qilingan “Jahon falsafasi qomusi” hamda “Ekstremizm va terrorizm profilaktikasining zamonaviy omillari va texnologiyalari” mavzusidagi grant loyihasi doirasida nashr qilingan “Ekstremizm va terrorizm profil aktikasining zamonaviy texnologiyalari” kitoblarining mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyatining 2024-yil 15-iyundagi 36-son ma’lumotnomasi). Natijada, nashr etilgan  kitoblarning mazmunini boyitishga, “Vatanparvarlik” “Ma’naviy makon”, “Ma’naviy tarbiya” kabi maqolalarining zamonaviy talqinlarini ochib berishga xizmat qilgan; 
Yangi O‘zbekiston ma’naviy makoniga xos milliy va umuminsoniy jihatlar (bag‘rikenglik, hamjihatlik, Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatsevarlik, halollik va tolerantlik, demokratiya, ochiqlik va gumanizm integratsiyasi) dialektikasi, unga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarning (modernizatsiya, globallashuv, raqamli transformatsiya), konstruktiv tendensiyalarning (ma’naviy uyg‘onish, ilm-fan va ta’lim paradigmasining yangilanishi) dinamikasi va transformatsiyasiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, iqtidorini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalarini ishlab chiqishda, jumladan 2024-yil birinchi yarim yillik ish rejasining “Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi ostida turkum targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish”ga qaratilgan 21-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 10-iyuldagi 3-16-21-3637- son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, iqtidorini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
hozirgi davrda mamlakatimiz ma’naviy makoniga kirib kelishga va uni parokanda qilishga intilayotgan buzg‘unchi g‘oyalar – ksenofobiyaning birdamlik totuvlikni parchalashga intilish, radikalizmning jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini zaiflashtirish va terrorchilik mafkurasining davlat tuzumini izdan chiqarishga qaratilgan g‘oyaviy-psixologik manipulyasiya sifatidagi mohiyati hamda ularga zarba berishning qadriyatlar tizimini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, axborot xavfsizligini ta’minlash va profilaktik choralarni takomillashtirish kabi imkoniyatlariga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm - fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 11-iyuldagi 10/19-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida ma’naviy makonni yaratish tamoyillari va imkoniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini boyitishga xizmat qilgan.
xalqimiz ma’naviy makonini sofligini saqlash mexanizmini optimallashtirishga xos ma’naviy monitoring tizimini takomillashtirish (buzg‘unchi g‘oyalarni erta aniqlash, tahlil qilish, qarshi chora ko‘rish), raqamli platformalarda ma’naviy himoya qilish (kontentlarga nisbatan tahliliy va normativ nazoratni kuchaytirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kontentlar ishlab chiqish va tarqatish), milliy g‘oya asosidagi media strategiyalar ishlab chiqish (yoshlar ongida bunyodkor mafkurani shakllantiruvchi loyihalar, media savodxonlikni oshirish) yo‘llari va usullari samarasini oshirishga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-132-raqamli “Surxon vohasi tarixiy va etnomadaniy manbaalariga oid “i-Turizm” platformasini ishlab chiqish” (2021-2023 yy) innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 1-avgustdagi 04/11-5996-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda milliy g‘oya va etnik qadriyatlar, milliy mentaletitga xos omillar va tamoillar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish