Tadjiev Azamat Alibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sovershenstvovanie kriminalisticheskoy metodiki rassledovaniya prestupleniy protiv obshhestvennogo poryadka”, “12.00.09 – Jinoyat rrotsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq, sud eksrertizasi (yuridik fanlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu164.
Ilmiy rahbar: Rashidov Bexzod Nurboevich, yuridik fanlar doktori,
professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Abduvali Axmedovich yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti.
II. Tadqiqotning maqsadi jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishning kriminalistik metodikasini takomillashtirish va tergovni amalga oshiruvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning qaroriga ko‘ra shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishda tanib oluvchining xavfsizligini ta’minlash maqsadida bunday tergov harakatini tanib olinuvchining tanib oluvchini ko‘ra olmaydigan sharoitlarda o‘tkazish zarurligi asoslantirilgan;
ish uchun ahamiyatli bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxslar, faktlar va holatlar haqida bilishi yoki xabardor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsdan ariza yoki tushuntirish olish maqsadida tergovning dastlabki bosqichlarida suhbat shaklida o‘tkaziladigan so‘rov kabi protsessual harakatni amaliyotga joriy etish zarurati asoslantirilgan;
ichki ishlar organlarining ma’muriy binolariga tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha olib kelingan shaxslardan tushuntirishlar olish, ularni ushlab turish, shaxsiy tintuv o‘tkazish va buyumlarni olib qo‘yish videokuzatuv tizimi bilan bog‘langan, texnik jihatdan soz video qayd etish vositalari bilan maxsus jihozlangan so‘roq xonalarida o‘tkazilishining majburiyligi asoslantirilgan;
qonun bilan kafolatlangan ishtirokchilarning huquqlarini buzgan holda noqonuniy usullar orqali protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlar o‘tkazish natijasida olingan ma’lumotlarni dalil sifatida tan olishning yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishning kriminalistik metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning qarori bilan shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishda tanib oluvchining xavfsizligini ta’minlash, tanib olinuvchining tanib oluvchini ko‘rish imkoniyatini istisno etadigan sharoitlarda o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi
3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. Bu taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 127-moddasini oltinchi qism bilan to‘ldirish uchun asos bo‘ldi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil
16-maydagi 04/2-10/1357-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jinoyatdan jabrlangan shaxslarning huquqlarini yanada ishonchliroq ta’minlash, shuningdek, jinoyatlarni tergov qilishda taktik usullardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini berdi;
so‘rov protsessual harakat sifatida ish uchun ahamiyatli bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar, faktlar va holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni biladigan yoki bilishi mumkin bo‘lgan shaxs bilan bevosita muloqot davomida ma’lumot, ariza yoxud tushuntirish olish maqsadida protsessual yoki boshqa harakatlarni amalga oshirish jarayonida o‘tkaziladigan suhbatdan iborat bo‘lishi lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 26-fevraldagi 101-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Ichki ishlar organlari binolarida ayrim protsessual harakatlarni yoki boshqa tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma"ning 1-bandi 9-kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 31-maydagi 18/3764-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar to‘g‘risidagi xabarlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish jarayonida olingan ma’lumotlardan maqbul dalillar sifatida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi, shuningdek, ishlarni tergov qilishda so‘rovning qonuniyligi va taktik jihatdan to‘g‘ri o‘tkazilishini ta’minlashga xizmat qildi;
tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha ichki ishlar organlarining ma’muriy binolariga olib kelingan shaxslarga nisbatan ayrim protsessual harakatlarni (tushuntirishlar olish, shaxsiy tintuv, olib qo‘yish, ushlab turish) videokuzatuv tizimi bilan integratsiyalashgan, texnik jihatdan soz videoyozuv vositalari bilan maxsus jihozlangan so‘roq xonalarida o‘tkazish majburiyligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil
26-fevraldagi 101-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Ichki ishlar organlari binolarida ayrim protsessual harakatlarni yoki boshqa tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma"ning 1-bandi 3-kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 31-maydagi
18/3764-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ichki ishlar organlari vakolatiga kiruvchi jinoyatlarni tergov qilishda ichki ishlar organlarining ma’muriy binolariga olib kelingan shaxslarga nisbatan tushuntirish olish, shuningdek, ushlab turish, shaxsiy tintuv va olib qo‘yish ko‘rinishidagi protsessual harakatlarni amalga oshirishda shaxsning huquq va erkinliklarini kafolatli ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
ishtirokchilarning qonun bilan kafolatlangan huquqlarini va qonun hujjatlari talablarini buzgan holda noqonuniy usullar bilan protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni o‘tkazishda olingan dalillarni nomaqbul deb topish zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 26-fevraldagi 101-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari binolarida ayrim protsessual harakatlarni yoki boshqa tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 28-kichik bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 31-maydagi 18/3764-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyatlarni, shu jumladan, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda olingan dalillarni nomaqbul deb topish kabi salbiy holatlarning oldini olish imkonini berdi.