Aburaxmonov Alimardon Abdusalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabiat va inson munosabatlari tizimida ekologik mas’uliyatni shakllantirishning ijtimoiy omillari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.3.PhD/Fal1047
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdumalikov Abdulatif Abidjonovich Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Rasmiy opponentlar: Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlar doktori(DSc), professor; Nazarov Xakim Nazarovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tabiat va inson munosabatlari tizimida ekologik mas’uliyatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Yangi O‘zbekistonda barqaror atrof-muhitni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muhim subektiv omili bo‘lgan ekosofik (ong, me’yor, tarbiya, tolerantlik) tamoyillarlar ekologik ehtiyojlar paradigmasida vujudga kelishi, biosfera mutanosibligining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, kishilarda ekologik tafakkur va dunyoqarashning takomillashishiga olib kelishi falsafiy asoslangan;  
jamiyatda ekologik burch va maqsadni rivojlantirish, boshqaruvda ekologik faoliyatning liberal-tolerant, utilitar-pozitiv, ratsional-konstruktiv xususiyatlariga parmanent ta’sir etib, shaxsda ekoetik kompetentlikni belgilovchi mezon ekanligi aniqlangan; 
shaxsda ekologik mas’uliyatni oshirish, ijtimoiy birlikda praksiologik faoliyatni determinantlashtiruvchi ekologik pragmatizmning “individual” va “personifikatsiyalashgan” yondashuviga asoslanishi, jamiyatda “ekologik ehtiyoj”, “ekosfera”, “ekotizim” muammolari fuqoralik jamiyati institutlarining praksiologik faoliyatiga tayanishi ochib berilgan;
ekologik axloqiy qadriyatlarning evristik funksiyasi sotsiumda ekoetikaning “ekologik vijdon”, “ekologik burch”, “ekologik tarbiya” kabi mezonlari bilan dialektik aloqadorlikda ekologik mas’uliyatning konstruktiv-ratsional xarakterini shakllantiruvchi atribut ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiat va inson munosabatlari tizimida ekologik mas’uliyatni shakllantirishning ijtimoiy omillari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Yangi O‘zbekistonda barqaror ekologik vaziyatni, tabiiy atrof-muhit musaffoligini saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir ilmiy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 434-son qarori ijrosini ta’minlashga doir vazifalarini bajarishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tashkil etilgan turli tadbirlar, o‘quv seminarlari va boshqa faoliyat turlarini tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 18-dekabrdagi 03-03/3-8248-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy faol fuqarolar va keng jamoatchilikning ekologik masʼuliyat asosida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, tabiatni asrab-avaylashga doir munosabatlari va qarashlari ijobiy tomonga o‘zgarishiga xizmat qilgan;
jamiyatda ekologik burch va maqsadni rivojlantirish boshqaruvda ekologik faoliyatning liberal-tolerant, utilitar-pozitiv, ratsional-konstruktiv xususiyatlariga parmanent ta’siriga oid  xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 4-dekabrdagi 4-13-21-3597-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi, talaba-yoshlar ongida ilmiy ekologik tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish hamda ekologik masʼuliyatni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning amaliy imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan targ‘ibot ssenariylarining samarali tashkil etilishiga xizmat qilgan;
shaxsda ekologik mas’uliyatni oshirish, ijtimoiy birlikda praksiologik faoliyatni determinantlashtiruvchi ekologik pragmatizmning “individual” va “personifikatsiyalashgan” yondashuviga asoslanishiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 434-son qarori ijrosini ta’minlashga doir vazifalarini bajarishda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tashkil etilgan turli tadbirlar, o‘quv seminarlari va boshqa faoliyat turlarini tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 18-dekabrdagi 03-03/3-8248-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda “ekologik ehtiyoj va manfaat”, “ekologik motiv” kategoriyalari fuqoralik jamiyati institutlari faoliyatida ijtimoiy faol fuqarolar va keng jamoatchilikning ekologik masʼuliyat asosida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, tabiatni asrab-avaylashga doir munosabatlari va qarashlari ijobiy tomonga o‘zgarishiga xizmat qilgan;
ekologik axloqiy qadriyatlarning evristik funksiyasi, sotsiumda ekoetikaning “ekologik vijdon”, “ekologik burch”, “ekologik mas’uliyat”ni rivojlantirishiga doir yangiliklaridan  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” dasturining “Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar” nomli VII bandida belgilangan “Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” va “Yurtim bo‘ylab o‘n kun sayohat” loyihasini amalga oshirish”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 5-iyundagi /01/11-818-son dalolatnomasi). Natijada ekologik mas’uliyatning konstruktiv-ratsional xarakterini shakllantirishga hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati bilan bog‘liq ilmiy-nazariy masalalariga bag‘ishlangan materiallarni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish