Sakbaeva Vitaliya Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining  pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7895.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
         Ilmiy rahbar: Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04. 
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Jabborov Ulug‘bek, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari real natija, reseptiv va samarali qobiliyatlar, til birliklari, diskurs faoliyati va  pragmatik  kompetensiyani rivojlantirishning jihatlarini yoritishga qaratilgan ijtimoiy, lisoniy, madaniy, nutq, kompensator komponentlarini parallel va izohlovchi markerlarga o‘qitish hamda hamsuhbatning ijtimoiy siymosi portretini yaratish va nutqiy bayonning kogerentligini talqin qilish asosida aniqlangan;
      texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli mustaqil o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish, muqobil bilimlarni aks ettirish, innovatsion faoliyatga algoritmik munosabatni kiritish, xalqaro talablarga moslik va amaliy bilan bog‘liq bo‘lgan kontekstlar yaratish, ijodkorlik va fantaziyalar orqali idrok etish darajasini motivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
       texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi tanqidiylik, moslashuvchanlik, refleksivlik omillarini adekvat izohlash, fikrlarni vaziyatli dalillash va tafakkur etish, korpusli mashqlar bazalarini, hamda Case-study, Contextual learning, Vitogen, grafik organayzer texnologiyalaridan ratsional asosida takomillashtirilgan;
      texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi kommunikativ vazifalarini echa olish, ijtimoiy va ijtimoiy-lisoniy nutq va kompensator komponentlarini shakllantirish hamda grafik organayzerlardan va rolli o‘yinlardan foydalana olish bilimlarining ta’sirchanligini va moslashuvchanligini oshirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari, talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari real natija, reseptiv va samarali qobiliyatlar, til birliklari, diskurs faoliyati va  pragmatik  kompetensiyani rivojlantirishning jihatlarini yoritishga qaratilgan ijtimoiy, lisoniy, madaniy, nutq, kompensator komponentlarini parallel va izohlovchi markerlarga o‘qitish hamda hamsuhbatning ijtimoiy siymosi portretini yaratish va nutqiy bayonning kogerentligini talqin qilish asosida aniqlash bo‘yicha tavsiyalardan “Technical English for Engineering Studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28 – dekabrdagi 11-05-7584/04). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari kengaygan; 
         texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli mustaqil o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish, muqobil bilimlarni aks ettirish, innovatsion faoliyatga algoritmik munosabatni kiritish, xalqaro talablarga moslik va amaliy bilan bog‘liq bo‘lgan kontekstlar yaratish, ijodkorlik va fantaziyalar orqali idrok etish darajasini motivlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan “Technical English for Engineering Studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28 – dekabrdagi 11-05-7584/04). Natijada, halqaro talablarga moslik amaliyot bilan bog‘liqlik, ko‘rgazmalilik, ijodkorlik yoʻnalishlarini uyg‘unlashtirish, talabalarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatini takomillashtirilgan model ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi tanqidiylik, moslashuvchanlik, refleksivlik omillarini adekvat izohlash, fikrlarni vaziyatli dalillash va tafakkur etish, korpusli mashqlar bazalarini, hamda Case-study, Contextual learning, Vitogen, grafik organayzer texnologiyalaridan ratsional asosida takomillashtirish  bo‘yicha tavsiyalardan “Technical English for Engineering Studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28 – dekabrdagi 11-05-7584/04). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish asosida fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi kommunikativ vazifalarini echa olish, ijtimoiy va ijtimoiy-lisoniy nutq va kompensator komponentlarini shakllantirish hamda grafik organayzerlardan va rolli o‘yinlardan foydalana olish bilimlarining ta’sirchanligini va moslashuvchanligini oshirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan “Technical English for Engineering Studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28 – dekabrdagi 11-05-7584/04). Natijada talabalarning pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish