Men Svetlana Rodionovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarida madaniyatshunoslik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (koreys tili), (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodirbek Boqijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xolmurodova Dilnoza Xolmurodovna prdagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilari madaniyatshunoslik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniyatshunoslik kompetensiyasi mazmuniy tavsifi uning kommunikativ, didaktik va kasbiy tarkibiy qismlarini takomillashtirish hamda bilim, qadriyat, me’yor, urf-odat, marosim, an’ana, bayramlar kabi madaniyatning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ko‘rsatish orqali aniqlangan;
multimadaniyatshunoslik g‘oyasiga tayanadigan, zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash bilan kommunikativ, didaktik, kasbiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladigan va oliy ta’lim muassasalarida “Stilistika koreyskogo yazika” fani bo‘yicha o‘quv jarayonida sinovdan o‘tgan bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniyatshunoslik kompetensiyasini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
“Xususiyatlar matrisasi”, “Ikki qavariqli xarita”, “Konseptual jadval” kabi zamonaviy interfaol metodlar, “Media marafoni” pedagogik texnologiyasi va Padlet, Quizlet, Quizizz, Google Forms Internet-texnologiyalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladigan “Stilistika koreyskogo yazika” fanini o‘rganish jarayonida bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniyatshunoslik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniyatshunoslikka oid kompetensiyasini rivojlantirishni tashxislash tizimi bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilari madaniyatshunoslik kompetensiyasining shakllanganligi darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniyatshunoslik kompetensiyasi mazmuniy tavsifi uning kommunikativ, didaktik va kasbiy tarkibiy qismlarini takomillashtirish hamda bilim, qadriyat, meyor, urf-odat, marosim, an’ana, bayramlar kabi madaniyatning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ko‘rsatish orqali aniqlashga oid takliflar “Koreys tili stilistikasi (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7590/04 son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniy kompetensiyasining mazmunli xususiyatlarini va uni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini belgilashga erishilgan;
multimadaniyatshunoslik g‘oyasiga tayanadigan, zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash bilan kommunikativ, didaktik, kasbiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladigan va oliy ta’lim muassasalarida “Stilistika koreyskogo yazika” fani bo‘yicha o‘quv jarayonida sinovdan o‘tgan bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniyatshunoslik kompetensiyasini rivojlantirish modelini takomillashtirishga oid takliflar (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7590/04 son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniy kompetensiyasini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
“Xususiyatlar matrisasi”, “Ikki qavariqli xarita”, “Konseptual jadval” kabi zamonaviy interfaol metodlar, “Media marafoni” pedagogik texnologiyasi va Padlet, Quizlet, Quizizz, Google Forms Internet-texnologiyalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladigan “Stilistika koreyskogo yazika” fanini o‘rganish jarayonida bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniyatshunoslik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid takliflar (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7590/04 son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtiris mazmuni boyitilgan;
bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniyatshunoslikka oid kompetensiyasini rivojlantirishni tashxislash tizimi bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilari madaniyatshunoslik kompetensiyasining shakllanganligi darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid takliflar (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7590/04 son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining madaniy kompetensiyasini rivojlantirish diagnostika tizimini takomillashtirishga erishilgan.