Islomova Shoxista Abdixalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Piretroid pestisidlar homiladorlik sharoitida ta’sir ettirilganida avlod qalqonsimon bezining postnatal rivojlanishi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1857.
Ilmiy rahbar: Zokirova Nargiza Baxadirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Hamraqulova Muqaddasxon Asqarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti (Ozarbayjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ona organizmiga piretroid pestisidlar homiladorlik sharoitida ta’sir ettirilganida avlod qalqonsimon bezining postnatal rivojlanishi asoslarini dinamikada baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba sharoitida pestisidlar ta’sirida qalqonsimon bezning sekretor follikulalari shakllanish jarayonining sezilarli darajada susayishi holati baholanib, tirotsitlardagi donador endoplazmatik to‘r va mitoxondriyalar destruksiyasi kabi submikroskopik o‘zgarishlar asosida ular qalqonsimon bez disfunksiyasining morfologik substrati ekanligi isbotlangan;
qalqonsimon bez faoliyatiga ko‘rsatilgan toksik ta’sir mexanizmida hujayralar proliferatsiyasi va apoptoz orasidagi munosabatlarning buzilishi (disbalans) asosiy o‘rin tutishi, bu esa, o‘z navbatida, toksinning bevosita ta’siri natijasida ona va bolada rivojlanuvchi gipotireoz bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlangan;
qalqonsimon bez faoliyatiga pestisidlar ta’sirida tirotrop gormoni konsentratsiyasining ko‘payishiga qaramay, kam miqdordagi pestisidlarning uzoq muddatli ta’siri qondagi tireoid gormonlari T3 va T4 miqdorini kamaytirish orqali homilador kalamushlar va ularning avlodlarida qalqonsimon bez faoliyatining o‘sish sur’atlari susayishiga olib kelishi isbotlangan;
avlodda tirotrop gormoni ishlab chiqarishda gormonal disbalans va kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir qiluvchi pestisidlarning endokrin-buzuvchi ta’sirini oldini olish va morfologik ko‘rsatkichlarni baholash algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Piretroid pestisidlar homiladorlik sharoitida ta’sir ettirilganda avlod qalqonsimon bezining postnatal rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tajriba sharoitida pestisidlar ta’sirida qalqonsimon bezning sekretor follikulalari shakllanish jarayonining sezilarli darajada susayishi holati baholanib, tirotsitlardagi donador endoplazmatik to‘r va mitoxondriyalar destruksiyasi kabi submikroskopik o‘zgarishlar asosida ular qalqonsimon bez disfunksiyasining morfologik substrati ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/267-t-son bilan tasdiqlangan «Piretroid pestisidlar homiladorlik sharoitida ta’sir ettirilganda avlod qalqonsimon bezining postnatal rivojlanishini morfologik jihatdan tasdiqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 06.05.2024 yildagi 16/1-12-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 06.05.2024 yildagi 27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pestisidlar ta’sirini baholash maqsadida tajriba sharoitida qalqonsimon bezining sekretor follikulalarning shakllanish jarayonini sezilarli darajada susaytirish tartibi ilmiy asoslangan va uning natijasida yuzaga kelgan tirotsitlarda donador endoplazmatik to‘r va mitoxondriyalar destruksiyasi kabi submikroskopik o‘zgarishlar asosida qalqonsimon bez disfunksiyasining morfologik substrati natijasida yuzaga kelgan kasalliklarni erta tashxislash, kasalliklarni davolash va oldini olishning morfologik jihatlar asosida baholash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: tajribada pestisidlar ta’siri qalqonsimon bezning sekretor follikulalarning shakllanish jarayonini sezilarli darajada susaytirishi aniqlangan, ya’ni tirotsitlarda donador endoplazmatik to‘r va mitoxondriyalar destruksiyasi kabi submikroskopik o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelgan qalqonsimon bezi kasalliklarini erta tashxislash va bir kun davolash uchun sarflanadigan 163461 so‘m, bir kurs davolanish uchun esa 1163461 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bez faoliyatiga ko‘rsatilgan toksik ta’sir mexanizmida hujayralar proliferatsiyasi va apoptoz orasidagi munosabatlarning buzilishi (disbalans) asosiy o‘rin tutishi, bu esa, o‘z navbatida, toksinning bevosita ta’siri natijasida ona va bolada rivojlanuvchi gipotireoz bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/267-t-son bilan tasdiqlangan «Piretroid pestisidlar homiladorlik sharoitida ta’sir ettirilganda avlod qalqonsimon bezining postnatal rivojlanishini morfologik jihatdan tasdiqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 06.05.2024 yildagi 16/1-12-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 06.05.2024 yildagi 27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bugungi kunda qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda foydalanishga ruxsat etilgan pesitislarning qalqonsimon bez faoliyatiga ko‘rsatayotgan toksik ta’sir mexanizmi hujayralar proliferatsiyasi va apoptozi orasidagi munosabatida disbalans natijasida toksinning bevosita ta’siri ona orqali homilada rivojlanuvchi gipotireoz bilan chambarchas bog‘liqligi natijasida yuzaga kelgan kasalliklarni erta tashxislash, samarali davolash taktikasini tanlash va oldini olish orqali patsientlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: qalqonsimon bez faoliyatiga ko‘rsatilgan toksik ta’sir mexanizmi natijasida ona va bolada rivojlanuvchi gipotireoz bilan chambarchas bog‘liqligini erta tashxislash va bir kun davolash uchun sarflanadigan 163461 so‘m, bir kurs davolanish uchun esa 1163461 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bez faoliyatiga pestisidlar ta’sirida tirotrop gormoni konsentratsiyasining ko‘payishiga qaramay, kam miqdordagi pestisidlarning uzoq muddatli ta’siri qondagi tireoid gormonlari T3 va T4 miqdorini kamaytirish orqali homilador kalamushlar va ularning avlodlarida qalqonsimon bez faoliyatining o‘sish sur’atlari susayishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/267-t-son bilan tasdiqlangan «Piretroid pestisidlar homiladorlik sharoitida ta’sir ettirilganda avlod qalqonsimon bezining postnatal rivojlanishini morfologik jihatdan tasdiqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 06.05.2024 yildagi 16/1-12-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 06.05.2024 yildagi 27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir qiluvchi pestisidlar ta’sirida tirotrop gormoni konsentratsiyasining ko‘payishi bilan bir qatorda qondagi T3 va T4 tireoid gormonlari miqdorining kamayishi uzoq ta’sir diorasidagi pestisidlarning homilador kalamushlar va ularning avlodida qalqonsimon bez faoliyatining o‘sish sur’atlarining susayishi va disfunksiyasidagi bog‘liqligi natijasida homila va shu muhitda tug‘ilgan kalamushlarda gipotireozni erta tashxislash, samarali davolash taktikasini tanlash va oldini olish orqali patsientlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: qalqonsimon bez faoliyatiga pestisidlarning ta’sirida tirotrop gormoni konsentratsiyasining ko‘payishi, qondagi  T3 va T4 tireoid gormonlari miqdorining kamayishi avlodda qalqonsimon bez faoliyatining o‘sish sur’atlarining susayishi va disfunksiyasi orqali rivojlangan gipotireozni erta tashxislash va bir kun davolash uchun sarflanadigan 163461 so‘m, bir kurs davolanish uchun esa 1163461 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: avlodda tirotrop gormoni ishlab chiqarishda gormonal disbalans va kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir qiluvchi pestisidlarning endokrin-buzuvchi ta’sirini oldini olish va morfologik ko‘rsatkichlarni baholash algoritmi takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/267-t-son bilan tasdiqlangan «Piretroid pestisidlar homiladorlik sharoitida ta’sir ettirilganda avlod qalqonsimon bezining postnatal rivojlanishini morfologik jihatdan tasdiqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 06.05.2024 yildagi 16/1-12-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 06.05.2024 yildagi 27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bugungi kunda qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda foydalanishga ruxsat etilgan pesitislarning qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir qiluvchi pestisidlar natijasida tirotrop gormoni avlodda rivojlanadigan gormonal disbalans, kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatuvchi pestisidlarning endokrin-buzuvchi ta’siri va uni oldini olishning morfologik ko‘rsatkichlarni baholash va oldini olish algoritmi shakllantirish orqali homilada rivojlanuvchi gipotireozni erta tashxislash, samarali davolash taktikasini tanlash va oldini olish orqali  patsientlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir qiluvchi pestisidlar natijasida tirotrop gormoni avlodda rivojlanadigan gormonal disbalans, kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatuvchi pestisidlarning endokrin-buzuvchi ta’siri va uni oldini olishning morfologik ko‘rsatkichlarni baholash va oldini olish algoritmini shakllantirish orqali gipotireoz natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlari erta tashxislash va bir kun davolash uchun sarflanadigan 163461 so‘m, bir kurs davolanish uchun esa 1163461 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish