Qosimov Abdulxay Axadali o‘g‘lining    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz adabiyotida qo‘llanilgan metaforalarning muallif konseptual tizimini tasvirlashdagi roli (Jeyn Ostinning “Pride and Prejudice” romani misolida)”, 10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3788.
Ilmiy rahbar: Zokirov Muxtorali Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor; G‘anieva Gulnoza Zaxirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilida metaforaning lingvistik va lingvopoetik jihatlarini, ularning muallif konseptual tizimini tasvirlashdagi rolini, shuningdek, insonning murakkab tushunchalarni anglash jarayonida muhim kognitiv vosita sifatidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konseptual tizimlarning dunyoni anglash jarayonidagi oʻrni, ingliz tilida metaforalarning lingvistik va lingvopoetik jihatlari, badiiy adabiyotda konseptual metaforalar va ularning muallifning konseptual tizimini modellashtirishdagi roli aniqlangan;
metaforik birliklarni tahlil qilish asosida metaforalar muallifning individual konseptual tizimini tushunishga, ushbu jihat orqali ularning badiiy matnlarda nafaqat atributiv vosita, shuningdek, kognitiv faoliyatning samarali usuli sifatida asoslangan;
raqs roman davomida nafaqat nikoh, balki sevgi, suhbat uchun ham metafora sifatida tahlil qilinib, uning muallif dunyoqarashini ifodalashi, shuningdek, mavhum tushunchalar orqali mazmunni etkazishdagi rolini ko‘rsatib berishi dalillangan;
metaforaning mifopoetik xususiyatlari va mavhum tushunchalarni ifodalashdagi samaradorligi, roman matnida “kamtarlik” va “sevgi” so‘zlari konseptual metafora sifatida tahlil qilinib, ularning muallif mifopoetik qarashlarini aks ettirishdagi roli aniq misollar bilan asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jeyn Ostinning “Pride and Prejudice” (G‘urur va andisha) romanidagi muallif lisoniy konseptual tizimini tasvirlashda metaforalar o‘rni yuzasidan tadqiqotlar bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
inson ongida konseptual tizimlarning dunyoni anglash jarayonidagi oʻrni, badiiy adabiyotda konseptual metaforalar, shuningdek, muallifning konseptual tizimini modellashtirish muammosi doir ilmiy natija va xulosalaridan 2020-2021yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan vebsayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklyor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Davlat Xoreografiya Akademiyasining 2023-yil 20-dekabrdagi 1-04/76 son ma’lumotnomasi). Natijada, raqs san’ati terminlariga doir metaforik xususiyatlarini tavsif va tahlil qilish imkoniyatini bergan;
metaforik modellarni tahlil qilish asosida metaforalar muallifning individual konseptual tizimini tushunishga va uni qayta tiklashga yordam berishiga oid fikr-mulohazalardan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan SUZ800021GR3149 “Establishment of American drama club at FSU” nomli xalqaro loyihasida loyiha doirasida samarali qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 29-noyabrdagi 04/5965-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tkazilgan loyihada ko‘zda tutilgan tadbirlar badiiy-ilmiy jihatdan mukammalashgan.;
metaforaning mifopoetik xarakteri va uning mavhum tushunchalarni ifodalashdagi ijobiy xususiyati ochib berilgan, romandagi kamtarlik, raqs va sevgi soʻzlari konseptual metafora sifatida tahlili va ularning roman muallifi mifopoetik qarashlarini ifodalashdagi oʻrniga doir fikr-mulohazalar, dissertatsiyasida taqdim etilgan materiallar, shuningdek, mazkur tadqiqot ichigidagi tahlil natijalaridan Amerika Qoshma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasining 2021-2023 yillarda faoliyat olib borgan “Mindonobod Satellite Access Microsholarship Program” S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona tumani Xalq ta’limi bo‘limi 62-o‘rta ta’lim maktabi 2023-yil 18-dekabrdagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar uchun tashkillangan tadbir va dars jarayonlarida qo‘llaniladigan materiallar badiiy-ilmiy jihatdan to‘ldirilgan;
metaforalar nafaqat badiiy vosita, balki kognitiv faoliyat bilan bog‘liq hodisa mahsuli sifatida oid natijalaridan 2022-2023 yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Farg‘ona» teleradiokanalining «Jarayon», «Ma’naviyat sarchashmasi», « Hayrli kun!» ko‘rsatuvlari hamda  «Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi», «Kun mavzusi» nomli radio eshittirishlarining ssenariylarini yozishda foydalanildi va muallif bilan suhbatlar uyushtirildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Farg‘ona» teleradiokanalining 2023-yil 11-noyabrdagi 02-12/218-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va radio eshittirishlarda berilgan ilmiy natijalar tomoshabinlar va tinglovchilarning adabiy savodxonligini oshirishga xizmat qilgan;
“Ingliz adabiyotida qo‘llanilgan metaforalarning muallif konseptual tizimini tasvirlashdagi o‘rni (Jeyn Ostinning “Pride and prejudice” (G‘urur va andisha) romani misolida)” nomli dissertatsiya ishining ilmiy natijalaridan, jumladan, muallifning ijodini o‘rganish doirasida metafora va konseptual tizim nazariyalarini birlashtirish tilshunoslik, adabiyotshunoslik va psixolingvistika kabi fanlarning o‘zaro bog‘lash orqali dunyoning individual rasmini shakllantirish jarayonlarini o‘rganish sohasidagi zamonaviy g‘oyalar, nazariy jihatdan, “kognitiv uslub” tushunchasiga, shuningdek, metaforizatsiya jarayonida tasvirning rolini va uning konseptual tizimni qurish tamoyillarini o‘rnatishdagi ahamiyati, metaforaning mifopoetik xususiyati va uning mavhum tushunchalarni ifodalashdagi ijobiy xususiyatlari xususidagi xulosa va tavsiyalaridan 2022-yili 20-iyundan 20 dekabrgacha amalga oshirilgan “Do‘stlik – osoyishtalik garovi” mavzusidagi 1-raqamli davlat granti loyihani bajarishda foydalanilgan (Respublika Tojik milliy madaniy markazi Farg‘ona viloyat bo‘linmasi 2023-yil 15-iyuldagi  18-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyihaning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va yangi manbalar bilan boyigan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish