Umarova Firuza Alisherovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy dorivor o‘simliklar (Phlomis regelii M. Pop., Leonurus turkestanicus L.) asosida dori vositalari va BFQ ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Far32.
Ilmiy maslahatchi: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent fapmasevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent fapmasevtika instituti, DSs.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Foziljonova Malika Shuxratjonovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dorivor o‘simlik (Phlomis regelii M. Pop.) va (Leonurus turkestanica L) xomashyolari asosida tinchlantiruvchi ta’sirga ega quruq ekstrakt va kapsula shaklidagi dori vositasi hamda biologik faol qo‘shimcha tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy Regel` qo‘ziqulog‘i va turkiston arslonquyrug‘i dorivor o‘simliklarining er ustki qismlaridan tinchlantiruvchi ta’sirga ega kompozisiyaning ratsional tarkibi skrining tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan;
birinchi marta tinchlantiruvchi kompozisiyadan flavanoidlarni to‘liq ajralib chiqishini ta’minlaydigan omillar ilmiy asosda tanlab olingan va «Leoflomis» quruq ekstraktini olishning mo‘’tadil texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«Leoflomis» quruq ekstrakti tarkibidagi flavanoidlar, aminokislotalar hamda element tarkiblari aniqlangan, ushbu biologik faol moddalarni manbai sifatida qaralishi mumkinligi isbotlangan;
birinchi marta «Leoflomis» kapsulasining ilmiy asoslangan mo‘’tadil tarkibi, olish texnologiyasi hamda sifati ko‘rsatkichlari uchun me’yorlar ishlab chiqilgan;
«Leoflomis» kapsulasini biosamaradorligini in vitro tajribalarida «Eruvchanlik» sinovini o‘tkazish uchun optimal sharoitlari aniqlangan;
tinchlantiruvchi ta’sirga ega «Depresfan» biologik faol qo‘shimchaning mo‘’tadil tarkibi, olish texnologiyasi hamda sifat me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy dorivor o‘simliklar (Phlomis regelii M. Pop., Leonurus turkestanicus L.) asosida dori vositalari va BFQ ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Leoflomis» quruq ekstrakti uchun Vaqtincha farmakopeya maqolasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (VFS 42-Uz-5489-2024). Natijada, tinchlantiruvchi ta’sirga ega mahalliy dori vositalari assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Depresfan» kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shart (Ts 02026972-002:2021) va uni ishlab chiqish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 02026972-002:2021) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, tibbiyotda tinchlantiruvchi ta’sirga ega biologik faol qo‘shimcha turlarini ko‘paytirish imkoniyatini bergan;
«Leoflomis» kapsulasi uchun olib borilgan biofarmatsevtik tadqiqot natijalari «5510500 – Farmatsiya (turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun «Biofarmatsiya» darsligiga kiritilgan (Guvohnoma №000-041). Natijada, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarini bilimini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan;
«Leoflomis» quruq ekstrakti (OPR RUz 42- 08376-211566942-2023) va «Leoflomis» kapsulasi (OPR RUz 42–202323941-4446–2023) uchun tajriba-sanoat reglamentlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur tinchlantiruvchi ta’sirga ega dori vositalarini sifatini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishini ta’minlagan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Leoflomis» quruq ekstraktining o‘tkir zaharli emasligi hamda spesifik farmakologik faolligi bo‘yicha solishtirma preparatdan kam emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli tinchlantiruvchi faollikga ega bezarar dori vositani ishlab chiqarish imkonini bergan.