Xoshimova Nazira Xakimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy grek yong‘og‘i (Juglans regia) po‘stlog‘idan foydalanib bug‘doy unini biologik faol moddalar bilan boyitish texnologiyasi», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T2801.
Ilmiy rahbar: Djaxangirova Gulnoza Zinatullevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Sherzod Mashrabjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ro‘ziboev Akbarali Tursunboevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy grek yong‘og‘i po‘stlog‘idan foydalanib, bug‘doy unini biologik faol moddalar bilan boyitishning muqobil texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi navli bug‘doy unini mahalliy grek yong‘og‘i (Juglans regia) po‘stlog‘i tarkibidagi biologik faol moddalar (B1, B2, B6, E, C, K, Ca, P, Mg, Fe, I) bilan boyitish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
birinchi navli bug‘doy unini mahalliy grek yong‘og‘i (Juglans regia) po‘stlog‘i tarkibidagi biologik faol moddalar bilan boyitishning maqbul (95:5-94:6) nisbatlari topilgan;
mahalliy grek yong‘og‘i (Juglans regia) po‘stlog‘i tarkibidagi biologik faol moddalar bilan boyitish inson organizmining vitamin va minerallarga bo‘lgan kunlik fiziologik ehtiyojini o‘rtacha 6,5 % dan 13,9 % ga oshirilganligi aniqlangan;
boyitilgan un tarkibidagi (Ca, P, Mg, Fe) minerallar non xamirini bijg‘ish jarayonida bijg‘ituvchi mikroflora hayot faoliyatining jadallashuvi hisobiga xamirning etilish vaqtini 150±5 daqiqadan 130±5 daqiqaga qisqartirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Grek yong‘og‘i yashil po‘stlog‘i qo‘shimchasidan foydalanish asosida unli mahsulotlar sifatini yaxshilash va oziqaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy sharoitda etishtirilgan grek yong‘og‘i yashil po‘stlog‘i qo‘shimchasi qo‘shilgan I navli bug‘doy uni ishlab chiqarish texnologiyasi “O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati” uyushmasining “2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 2 oktyabrdagi 02-94/10-2 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, valyuta hisobiga keltiriladigan nutrientlar importi o‘rnini bosuvchi mahalliy grek yong‘og‘i po‘stlog‘i asosida tayyorlangan qo‘shimcha bilan un mahsulotini boyitishning tejamkor texnologiyasini yaratish imkonini beradi;
boyitilgan un asosida non mahsulotini ishlab chiqarish texnologiyasi “Namangan don mahsulotlari” AJ, “Nurobod lazzatli non” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 2 oktyabrdagi 02-94/10-2 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boyitilgan un asosida ishlab chiqarilgan non mahsulotini tarkibidagi nutrientlarning miqdori insonning kunlik ehtiyojini 1dan 55,5 % gacha qoplash imkonini bergan.