Kasimova Gul`mira Gafurovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gepatokanserogenez va gemoblastozlarni qiyosiy o‘rganish: patogenez va rekombinant interleykin-2 bilan eksperimental davolash», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib9

Ilmiy maslahatchi: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zokirov Yorkin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Pulatov Doniyor  Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: FDAOTTM I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva tibbiyot universiteti (Sechenov universiteti) (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: gepatokanserogenez va leykemiyada neoplastik jarayon rivojiga xos molekulyar mexanizmlarini aniqlash va davolashning  samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor gepatokanserogenez va leykemiya modellarida neoplastik jarayonlar rivojlanishida sitokinlar, yog‘larni perekisli oksidlanishi jadallashishi va azot oksid miqdorining oshganligi aniqlangan;

neoplastik jarayonlar rivojlanishida azot oksidining o‘rni baholangan: kanserogenez darajasiga bog‘liq ravishda L-arginin, azot oksidining qoldiq  mahsulotlari va perioksinitrit miqdorining o‘zgarishi metastazlanishni kuchayishiga shart-sharoitlar yaratishi isbotlangan;

kanserogenez bosqichiga bog‘liq ravishda tajriba hayvonlari qon zardob va jigar gomogenatida antioksidant himoya fermentining pasayishi hamda yaqqol giperlipoperoksidatsiya belgilariga bog‘liqligini aniqlangan;

turli neoplastik jarayonlarni jadallashishiga olib keluvchi IL-1, IL-6 va FNO-α sitokinlar ekspressiyasi isbotlangan;

gepatokanserogenez va leykemiyada sitostatiklarning o‘sma hujayralariga qarshi ta’sirini kuchaytirishda davo muolajalariga ronkoleykinning kiritilishi asoslangan va doksorubisin va gidreaning umumiy toksik ta’sirini kamaytirish xususiyati asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Gepatokanserogenez va leykozlarni molekulyar asoslarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida amaliyotga tatbiq qilish materiallari ishlab chiqilgan:

«Surunkali leykozlarning eksperimental modeli»  nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 10 fevraldagi 8N-3/44-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali leykozlarning kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmi va kasallikni erta aniqlash va tashxislashni takomillashtirish imkonini beradi;

leykozlarni kimyoviy dori vositalari bilan davolashda ularning zaharlilik xususiyatlarni pasaytirishda ronkoleykinni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «Surunkali leykozlarda kimyoviy dorilar qo‘llanilganda ronkoleykinni qo‘llashning tajribada asoslash» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 10 fevraldagi 8N-3/44-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali leykozlarni davolashni koreksiyalashni kimyoviy dori vositalari asosida bemorlarning zaharlanishni oldini olishni chora-tadbirlarini takomillashtirish imkonini beradi.

gepatokanserogenez va leykozlarni molekulyar asoslarini o‘rganish va o‘sma kasalliklarni erta tashxislash va samarali davolash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari, onkogemolitik bemorlar va gepatotsellyulyar o‘sma kasalliklarni davolashda ronkoleykin va gidreani qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Gematologiya va qon quyish ilmiy markazi laboratoriyalari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi institutlararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tizimlariga, Gematologiya va qon quyish  ilmiy markazi klinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 10 fevraldagi 8N-3/44-son ma’lumotnomasi). Olingan fendamental tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi xavfli o‘sma kasalliklar va surunkali leykozlarni erta tashxislash,  kasalliklarning kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish chora-tadbirlarni takomillashtirish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish, aholining turli qatlamlari orasida xavfli o‘sma kasalliklarini rekombinant interleykin-2 bilan eksperimental davolash, leykoz kasalligini davolashda har bir bemorning shifoxonadagi o‘rin kunini 15-20%ga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish