Matchanov Muzaffar Jumanazarovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geofazoviy texnologiyalar asosida Xorazm vohasi ekologik xavfsizligini tabiiy geografik baholash (O‘zbekiston qismida)», 11.00.01 –Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Gr62. 
Ilmiy maslahatchi: Nig‘matov Asqar Nig‘matullaevich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat unIVersiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat unIVersiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Vaxob Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor; Eshonqulov Ravshan Abdurazakovich, texnika fanlari doktori, dotsent;. Alimkulov Nusratilla Raxmonkulovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat unIVersiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasi O‘zbekiston qismining ekologik xavfsizligini taʼminlash uchun unga taʼsir ko‘rsatuvchi asosiy omillarning tabiiy geografik jihatlarini geofazoviy texnologiyalarni qo‘llagan holda baholash va tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geofazoviy texnologiyalar asosida ekologik xavfsizlikni tabiiy geografik baholashning ahamiyati, murakkabligi, ta'sir o‘rniga ko‘ra xavfsiz, xavfli, o‘rtacha xavfli, yuqori xavfli va juda yuqori xavfli darajalari bo‘yicha umumiy metodologiyasi ishlab chiqilgan;
Xorazm vohasining tabiiy geografik chegaralari geofazoviy texnologiyalar orqali indikatsion lokalizatsiya, chiziqli regressiya usullari orqali aniqlangan va ilmiy asoslangan;
vohada ekologik xavfsizlikka taʼsir etuvchi qurg‘oqchilikni geofazoviy texnologiyalar asosida baholash metodologiyasi yaratilgan va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan;
hududda ekologik xavfsizlikka taʼsir etuvchi chang-tuz bo‘ronlari va cho‘llashishni geofazoviy texnologiyalar asosida baholash metodologiyalari yaratilgan, baholangan va unga qarshi kurashishning chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan;
ekologik xavfsizlikka taʼsir qiluvchi tabiiy va texnogen ofatlar xavfini o‘rganishga qaratilgan internet asosli axborotlarni boshqarish tizimi (WebGIS: iMSEP) yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishida qo‘llanilgan geofazoviy maʼlumot, usul va ishlab chiqilgan metodologiyalar, baholash jarayoni, ilmiy natijalar hamda yaratilgan dastur asosida:
geofazoviy texnologiyalar asosida ekologik xavfsizlikni tabiiy geografik baholashning umumiy metodologiyasi Xorazm vohasining Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy ofatlar riskini o‘rganishda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 4 fevraldagi 01/18-2-405 son va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 24-fevraldagi 03-03/1-03/3-1850-sonli maʼlumotnomalari). Natijada, vohaga birlamchi tahdid tug‘diruvchi va regional ahamiyatga ega xavflarni aniqlash, ularni xavfsizlik nuqtayi nazaridan baholash hamda kartalashtirish imkonini bergan;
Landsat 4-5 TM va Landsat 8 OLI/TIRS geotasvirlari orqali aniqlangan Xorazm vohasining tabiiy geografik chegaralari uning hududini davriy o‘zgarishlari O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari faoliyatlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 4 fevraldagi 01/18-2-405 son va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 24-fevraldagi 03-03/1-03/3-1850-sonli maʼlumotnomalari). Natijada, hududning qisqargan 2884,65 km2 maydoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiga, kengaygan maydonlari esa asosan Turkmaniston hududiga to‘g‘ri kelishini aniqlash imkonini bergan;
vohada ekologik xavfsizlikka taʼsir etuvchi qurg‘oqchilik, chang-tuz bo‘ronlari va cho‘llashish jarayonlarini geofazoviy texnologiyalar asosida baholash metodologiyalari va olingan baholash natijalari O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari faoliyatlarida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 4 fevraldagi 01/18-2-405 son va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 24-fevraldagi 03-03/1-03/3-1850-sonli maʼlumotnomalari). Natijada, strategik oziq-ovqat ekinlarini etishtirish uchun eng xavfsiz (2 555 km2), aholi, iqtisodiy-ijtimoiy infratuzilma obektlari va mevali bog‘larni oqilona joylashtirish uchun qulay hududlarni (13 319 km2) aniqlash va ushbu maydonlar er resurslarini strategik rejalashtirish imkonini bergan;
ekologik xavfsizlikka ta’sir qiluvchi tabiiy va texnogen ofatlar xavfini o‘rganishga qaratilgan internet asosli axborotlarni boshqarish tizimi (WebGIS: iMSEP) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fuqaro Muhofazasi instituti tomonidan sinovdan o‘tkazilgan va amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 25 fevraldagi 30/5-30-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini kamaytirish hamda ular sodir bo‘lganda boshqaruvni tashkil etishda qo‘llash uchun iMSEPni Favqulodda vaziyatlar vazirligiga boshqaruvchi sifatida o‘rnatish maqsadga muvofiqligi tavsiya qilingan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish