Kurbanov Jaxongir Xamitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sanoat chiqindi suvlarini organik va noorganik birikmalardan elektroliz usulida tozalash texnologiyasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T4092.
Ilmiy rahbar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshmetov Rasulbek Jumyazovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` va gazni qayta ishlash sanoatida oqova suvlarni organik va noorganik aralashmalardan tozalash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta elektrokoagulyasiya mexanizmidan foydalangan holda Muborak gazni qayta ishlash zavodida oqava suvlarni organik birikmalardan tozalashning ekologik va iqtisodiy jihatdan samarali usuli aniqlangan;
gazni qayta ishlash korxonalari oqava suvlari uchun xos bo‘lgan organik birikmalarning oksidlanish kinetikasiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy asoslangan;
an’anaviy fizik-kimyoviy tozalash usullari o‘rniga oqava suvlarni elektrodlar yuzasida organik birikmalardan elektrolizorda elektrokoagulyasiya usulida tozalash darajasi 87,8% dan 96,0% gacha ortganligi tajribalar yo‘li bilan isbotlangan;
eksperimental ma’lumotlarning natijalari asosida sutkasiga 90 m3 oqava suvni tozalash quvvatiga ega elektroliz qurilmasi yaratilgan;
ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq qilish asosida oqava suvni, sul`fat tutgan birikmalar va organik birikmalardan ikki bosqichli tozalash tizimi bo‘yicha texnologik sxema va texnologik reglament ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oqova suvlarni organik va noorganik qo‘shimchalardan elektroliz qurilmasida elektrokoagulyasiyalab tozalashda olingan ilmiy natijalar asosida:
oqava suvdagi organik va noorganik birikmalarni elektrookoagulyasiyalash pilot qurilmasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining “2026-2030 yillarda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Fargona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2023 yil 25 sentyabrdagi 02-03-09/14-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonni intensivlashtirish va optimallashtirish uchun ta’sir qiladigan faktorlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish imkoniyati yaratiladi;
neftni qayta ishlash korxonasi oqava suvidagi organik va noorganik (oltingugurt tutgan) aralashmalarni elektrokoagulyasiya usulida parchalab tozalash uchun diafragmasiz elektroliz qurilmasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 5-sexida tajriba-sanoat sinovidan o‘tkazilgan va korxonaning “2026-2030 yillarda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Fargona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2023 yil 25 sentyabrdagi 02-03-09/14-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud taklif etilayotgan metod va texnologiya asosida oqava suvni 88,0% gacha tozalash imkonini beradi;
suvni sulfidlardan tozalash usuli (FAP № 02056. 08.08.2022); Suvni vodorod sulfidi va sulfidlardan tozalash usuli (FAP № 02126. 07.10.2022); Suvni organik aralashmalardan tozalash usuli (FAP № 02250. 14.03.2023)ga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan foydali modelga patentlar olingan. Natijada, tabiiy va texnogen kislotali vodorod sulfidli suvlarni vodorod sulfididan tozalash, suvni vodorod sulfidi va sulfidlardan samarali tozalash hamda texnogen suv oqimini organik ifloslanishdan tozalash uchun foydalanish imkonini bergan.