Abdilxaeva Zuxraxon Adxamjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali glomerulonefrit kasalligini funksional oziq-ovqat maxsulotlari bilan davolashni takomillashtirish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4065.
Ilmiy rahbar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tajieva Zebo Baxadirovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk unversiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali glomerulonefrit bilan xastalangan bemorlarning ko‘p omilli ovqatlanish holatini gigienik tahlil qilish va funksional oziq-ovqat mahsulotlari bilan davolash tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi tizim oilaviy shifokorlari tomonidan surunkali glomerulonefrit bilan xastalanishning xavf omillarini aniqlashda zararli mehnat sharoitlari, kunlik ratsionning son va sifatining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan kasallikning ilk bosqichlarini tashxislashning o‘ziga xos xususiyatlarning yosh va jinsga bog‘liqligining o‘rni asoslangan;
birlamchi tizimda surunkali glomerulonefrit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsioni tarkibi omilli xavf guruhlariga ajratilgan, shuningdek birinchi xavf guruhi (ortiqcha) – oliy navli un, monosaxarid, qaxva, margarin, osh tuzi, achchiq, yuqori oziqaviy va biologik qiymatga ega mahsulotlar, ikkinchi xavf guruhi (keskin kam) – go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, uchinchi xavf guruhi (xavfli) – meva va sabzovotlarni kam iste’molining o‘rni isbotlangan;
surunkali glomerulonefrit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsionidagi oliy navli un mahsulotlari, ortiqcha tuz va achchiq mahsulotlarni ikkinchi navli un mahsulotlari va Ali choy bilan almashtirish natijasida siydik miqdori, qondagi kreatinin va mochevina miqdorini me’yoriy darajasini ta’minlash tartibi isbotlangan;
surunkali glomerulonefrit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsionini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan boyitish orqali xastalikning oldini olish maqsadida kunlik ratsionga ikkinchi navli non va Ali choyini kiritish, bemorlarni davriy kuzatish va kunlik ratsion sifatini tizimli baholash tartibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkali glomerulonefrit kasalligini funksional oziq-ovqat mahsulotlari bilan davolashning gigienik jihatlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: birlamchi tizim oilaviy shifokorlari tomonidan surunkali glomerulonefrit bilan xastalanishning xavf omillarini aniqlashda zararli mehnat sharoitlari, kunlik ratsionning son va sifatining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan kasallikning ilk bosqichlarini tashxislashning o‘ziga xos xususiyatlarning yosh va jinsga bog‘liqligining o‘rni asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 sentyabrda 24/374-t-son bilan tasdiqlangan «Surunkali glomerulonefrit kasalligi bilan xastlangan bemorlarning ovqatlanish holatini baholash usuli va uni gigienik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 154-P-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 85-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 oktyabrdagi 09/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi tizimda oilaviy shifokorlar tomonidan surunkali glomerulonefrit bilan xastalanishning xavf omillarida zararli ish sharoiti, kunlik ratsionining son va sifatining o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan xastalikning ilk bosqichlarini tashxislash, xavf omillarni o‘rnini tahlil qilish, asoratlari  va nogironlikni oldini olish uchun kunlik ratsion tarikbidagi ortiqcha tuz, achchiq va nordon mahsulotlar o‘rniga ratsionga O‘zbekiston unidan tayyorlangan non va Doktor Ali foydali kompleksli shifobaxsh premium choyini kiritish natijasida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni erta aniqlash va oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tizimda oilaviy shifokorlar tomonidan surunkali glomerulonefrit bilan xastalanishning xavf omillarini erta tashxislash va  xastalikni davolashda, kunlik ratsion tarkibiga O‘zbekiston unidan tayyorlangan ikkinchi navli un va 25 xil  dorivor o‘simliklardan iborat Doktor Ali foydali kompleksli shifobaxsh preium choyini kiritish orqali yuzaga kelgan surunkali zo‘rayish natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 900000-1800000 so‘m, umumiy nazoratga olinganlar uchun 350980000 so‘mdan 579600000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi tizimda surunkali glomerulonefrit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsioni tarkibi omilli xavf guruhlariga ajratilgan, shuningdek birinchi xavf guruhi (ortiqcha) – oliy navli un, monosaxarid, qaxva, margarin, osh tuzi, achchiq, yuqori oziqaviy va biologik qiymatga ega mahsulotlar, ikkinchi xavf guruhi (keskin kam) – go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, uchinchi xavf guruhi (xavfli) – meva va sabzovotlarni kam iste’molining o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 sentyabrda 24/374-t-son bilan tasdiqlangan «Surunkali glomerulonefrit kasalligi bilan xastlangan bemorlarning ovqatlanish holatini baholash usuli va uni gigienik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 154-P-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 85-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 oktyabrdagi 09/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi tizimda surunkali glomerulonefrit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsioni tarkibidagi bir mahsulotning omilli baholash va xavf guruhlariga ajratish orqali  birinchi xavf (ortiqcha) oliy navli un, monosaxarid, qaxva, margarin, osh tuz, achchiq mahsulotlar bilan birgalikda va ikkinchi xavf guruhi biologik qiymatga ega bo‘lgan (kam) go‘sht, baliq va sut mahsulotlari, dukkaklilar va bo‘tqalarning kamligi, uchinchi (xavf) meva va sabzovotlarning etishmasligi inobatga olgan holda surunkali asoratlarni va transplantatsiyani oldini olish natijasida bemolarning hayot sifatini yaxshilash, xavf guruh mahsulotlarining omilli ta’sirini baholash orqali xastalikni samarali tashxsilash va oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tizimda surunkali glomerulonefrit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsioni tarkibi omilli xavf guruhlari ajratilgan  va uni korreksiyalashda kunlik  ratsion tarkibiga O‘zbekiston unidan tayyorlangan non va 25 xil dorivor o‘simliklardan iborat Doktor Ali foydali kompleksli shifobaxsh preium choyini kiritish orqali yuzaga kelgan surunkali zo‘rayish natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 900000-1800000 so‘m, umumiy nazoratga olinglar uchun 350980000 so‘mdan 579600000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali glomerulonefrit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsionidagi oliy navli un mahsulotlari, ortiqcha tuz va achchiq mahsulotlarni ikkinchi navli un mahsulotlari va Ali choy bilan almashtirish natijasida siydik miqdori, qondagi kreatinin va mochevina miqdorini me’yoriy darajasini ta’minlash tartibi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 sentyabrda 24/374-t-son bilan tasdiqlangan «Surunkali glomerulonefrit kasalligi bilan xastlangan bemorlarning ovqatlanish holatini baholash usuli va uni gigienik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 154-P-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 85-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 oktyabrdagi 09/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali glomerulonefrit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsionida oliy navli un mahsulotlari, ortiqcha tuz, shakar, margarin, achchiq mahsulotlarni o‘rnini ikkinchi navli undan tayyorlangan non va ALI choyning iste’moliga almashtirish natijasida siydik miqdori hamda qondagi kreatinin va mochevina miqdorining me’yoriy darajasini ta’minlash orqali alimentar bog‘liq kasalliklarni oldini olish, ovqatlanish statusini buzilishini barataraf etish va asoratlarni oldini olish natijasida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tizimda oilaviy shifokorlar tomonidan surunkali glomerulonefrit bilan xastalanishning xavf omillarini erta tashxislash va  xastlikni davolashda, kunlik  ratsion tarkibiga O‘zbekiston unidan tayyorlangan non va 25 xil  dorivor o‘simliklardan iborat Doktor Ali foydali kompleksli shifobaxsh preium choyini kiritish orqali yuzaga kelgan surunkali zo‘rayish natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan  900000-1800000 so‘m, umumiy nazoratga olinglar uchun 350980000 so‘mdan 579600000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali glomerulonefrit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsionini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan boyitish orqali xastalikning oldini olish maqsadida kunlik ratsionga ikkinchi navli non va Ali choyini kiritish, bemorlarni davriy kuzatish va kunlik ratsion sifatini tizimli baholash tartibi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 sentyabrda 24/374-t-son bilan tasdiqlangan «Surunkali glomerulonefrit kasalligi bilan xastlangan bemorlarning ovqatlanish holatini baholash usuli va uni gigienik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 154-P-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 18.10.2024 yildagi 85-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 oktyabrdagi 09/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali glomerulonefrit bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanish ratsionini mahalliy ozuqa mahsulotlar bilan boyitish orqali xastalikni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning tizimli tartibi tatbiq etish natijasida yuzaga keladigan asoratlarni kamaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tizimda oilaviy shifokorlar tomonidan surunkali glomerulonefrit bilan xastalanishning xavf omillarini erta tashxislash va xastlikni davolashda, kunlik ratsion tarkibiga O‘zbekiston unidan tayyorlangan non va 25 xil dorivor o‘simliklardan iborat Doktor Ali foydali kompleksli shifobaxsh preium choyini kiritish orqali yuzaga kelgan surunkali zo‘rayish natijasida shifoxonada bir kun davolanish uchun sarflanadigan 900000-1800000 so‘m, umumiy nazoratga olinglar uchun 350980000 so‘mdan 579600000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinadi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish