Mashrabjonov Ulug‘bek A’zamjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 - Raqamli talim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8915.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljahon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yaxyayev Sobir Jumakulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli ta’lim jarayonida axborotni o‘zlashtirish, qayta ishlash va amaliyotda qo‘llash bosqichlarini diagnostik loyihalash hamda axborot-tahlil funksiyalarini tushuncha-mantiqiy, operasion-faoliyat va natijaviy-o‘zini boshqarish komponentlari mazmuniga bosqichma-bosqich kiritish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish modeli faoliyatga yo‘naltirilgan, konstruktiv va differensial yondashuvlarni  o‘zaro muvofiqlashtirish, loyihaviy-ta’limiy faoliyatni tashkil etish, interaktiv o‘yin va simulyasion muhitlarga moslashtirish, elektron ta’lim resurslarini didaktik tamoyillar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash hamda ta’lim shakllari va vositalari integratsiyasini bosqichma-bosqich rivojlantirishni dasturiy vositalar bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi zamonaviy dasturiy ta’minot va onlayn platformalardan foydalanish mobilligi va natijadorligini parallel ta’minlashning kreativ va innovatsion hamda kollabrativ metodlarini qo‘llash hamda multimedia resurslari mazmuniga moslashtirish, amaliy va nazariy topshiriqlar mazmuniga mantiqiy  elementlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minotidan foydalanish samaradorligi individuallik, faollik, mustaqillik, amaliyotga yo‘naltirilganlik va refleksivlik tamoyillarini baholash mezonlari va darajalariga muvofiqlashtirish, murakkab masalalarni tahlil qilish, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda foydalanish hamda real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashni ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minotini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli ta’lim jarayonida axborotni o‘zlashtirish, qayta ishlash va amaliyotda qo‘llash bosqichlarini diagnostik loyihalash hamda axborot-tahlil funksiyalarini tushuncha-mantiqiy, operasion-faoliyat va natijaviy-o‘zini boshqarish komponentlari mazmuniga bosqichma-bosqich kiritish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Mental arifmetika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7591/04-sonli dalolatnomasi). Natijada talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish modeli faoliyatga yo‘naltirilgan, konstruktiv va differensial yondashuvlarni  o‘zaro muvofiqlashtirish, loyihaviy-ta’limiy faoliyatni tashkil etish, interaktiv o‘yin va simulyasion muhitlarga moslashtirish, elektron ta’lim resurslarini didaktik tamoyillar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash hamda ta’lim shakllari va vositalari integratsiyasini bosqichma-bosqich rivojlantirishni dasturiy vositalar bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mental arifmetika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7591/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi zamonaviy dasturiy ta’minot va onlayn platformalardan foydalanish mobilligi va natijadorligini parallel ta’minlashning kreativ va innovatsion hamda kollabrativ metodlarini qo‘llash hamda multimedia resurslari mazmuniga moslashtirish, amaliy va nazariy topshiriqlar mazmuniga mantiqiy  elementlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mental arifmetika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7591/04-sonli dalolatnomasi). Natijada talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish imkoni oshirilgan;
talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minotidan foydalanish samaradorligi individuallik, faollik, mustaqillik, amaliyotga yo‘naltirilganlik va refleksivlik tamoyillarini baholash mezonlari va darajalariga muvofiqlashtirish, murakkab masalalarni tahlil qilish, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda foydalanish hamda real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mental arifmetika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7591/04-sonli dalolatnomasi). Natijada talabalarning tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan.
.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish