Otamuratov Obidjon Toirjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped8014.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Shodmonqulov Mirolim Turonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tayloqova Guli Bekmurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imokniyalari tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida vizual modellashtirish, fanlararo integratsiya va kasbiy vazifalarni simulyasiya qilish imkoniyatlarini o‘rganish, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanish metodikasi ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilishga xizmat qiluvchi strukturaviy-funksional modelning vizualizatsiya, kognitiv va transformatsion bosqichlarni o‘z ichiga olgan holda, Revit, ArchiCAD va SketchUp kabi raqamli vositalarga ko‘ra qurilib, raqamli ta’limni tashkil etishda didaktik, ergonomik va strukturaviy talablarni inobatga olish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanish jarayoni talabalarning analitik, loyihaviy va kognitiv ko‘nikmalarni shakllantirish, evristik, muammoli va kompyuter modellashtirish usullarini integratsiyalovchi ko‘p bosqichli o‘qitish metodikasi mazmanini intensivlashtirish, o‘quv jarayonining an’anaviy, masofaviy, guruhli va individual shakllarini qamrab olish, o‘quv faoliyatining moslashuvchanligi va vizuallik darajasini oshirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi maqsadli-motivatsion, tashkiliy-texnologik, modellashtirish va faoliyat mezonlariga asoslangan diagnostik vositalarni yaratish hamda  o‘quv jarayonining natijaviyligini baholash metodikasini ta’limiy maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta'lim muassasalarida elektron ta'lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyalari tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida vizual modellashtirish, fanlararo integratsiya va kasbiy vazifalarni simulyasiya qilish imkoniyatlarini o‘rganish, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 9-apreldagi 11-05-2212/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, talabalarni kasbiy tayyorlash sifatini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari ta’lim muhitida BIM texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan.
oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanish metodikasi ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilishga xizmat qiluvchi strukturaviy-funksional modelning vizualizatsiya, kognitiv va transformatsion bosqichlarni o‘z ichiga olgan holda, Revit, ArchiCAD va SketchUp kabi raqamli vositalarga ko‘ra qurilib, raqamli ta’limni tashkil etishda didaktik, ergonomik va strukturaviy talablarni inobatga olish asosida takomillashtishga oid tavsiyalar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 9-apreldagi 11-05-2212/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, BIM texnologiyalarini ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish uchun ularning strukturaviy-funksional modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanish jarayoni talabalarning analitik, loyihaviy va kognitiv ko‘nikmalarni shakllantirish, evristik, muammoli va kompyuter modellashtirish usullarini integratsiyalovchi ko‘p bosqichli o‘qitish metodikasi mazmanini intensivlashtirish, o‘quv jarayonining an’anaviy, masofaviy, guruhli va individual shakllarini qamrab olish, o‘quv faoliyatining moslashuvchanligi va vizuallik darajasini oshirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 9-apreldagi 11-05-2212/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, qurilish yo‘nalishidagi talabalarning kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan BIM texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish.
oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitida BIM texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi maqsadli-motivatsion, tashkiliy-texnologik, modellashtirish va faoliyat mezonlariga asoslangan diagnostik vositalarni yaratish hamda  o‘quv jarayonining natijaviyligini baholash metodikasini ta’limiy maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 9-apreldagi 11-05-2212/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida BIM texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish