O‘rinboev Zokir Mavlonivichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarni SMART texnologiyalar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8807.
Ilmiy rahbar: Usanov Mehriddin Mustafaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika  instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Daliev Sherzod Qarshievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda SMART texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik taminoti to‘liqlilik, tizimlilik va moslashuvchanlik tamoyillari asosida SMART texnologiyalarning muhandislik ta’limini individualizatsiya qilish, avtomatik loyihalash asosidagi adaptiv platformalarda har bir talabaning bilim darajasiga mos dasturlar ishlab chiqish hamda virtual loyihalash imkoniyatlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy tuzilmaviy modeli komponentlari mazmuniga “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning talaba-talaba, o‘qituvchi-talaba, ijodiy mustaqillik bosqichlarini  hamda SMART texnologiyalarning texnik (Smart Digital Podium, Smartboard) va dasturiy (SMART Notebook, SMART Meeting Pro, SMART TeamWorks) vositalarini singdirish orqali ishlab chiqilgan; 
SMART texnologiyalarning moslashuvchanlik, tezkorlik va virtuallashtirish kabi didaktik imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida bulutli saqlovchilarda joylashtiriladigan va tarqatiladigan elektron ta’lim resurslari mazmuniga aniq, o‘lchovli, erishiladigan, natijaga yo‘naltirilgan, vaqt bo‘yicha chegaralangan loyihalarni singdirish orqali bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;
SMART texnologiyalar asosida bo‘lajak muhandislarning “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanini o‘zlashtirishining baholash vositalari (adaptiv testlar, virtual laboratoriya topshiriqlari, gamifikatsion baholash)ni ishlab chiqish orqali kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini obektiv baholash mezonlari (motivatsion, kreativ va faoliyatli) takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni SMART texnologiyalar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik taminoti to‘liqlilik, tizimlilik va moslashuvchanlik tamoyillari asosida SMART texnologiyalarning muhandislik ta’limini individualizatsiya qilish, avtomatik loyihalash asosidagi adaptiv platformalarda har bir talabaning bilim darajasiga mos dasturlar ishlab chiqish hamda virtual loyihalash imkoniyatlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi “491”-sonli buyrug‘i, №491186). Ushbu o‘quv qo‘llanma talabalarda zamonaviy SMART texnologiyalari bilan ishlashga oid bilim, ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalar shakllangan hamda ta’limni raqamlashtirish sharoitida o‘qitish samaradorligining oshishiga erishilgan; 
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy tuzilmaviy modeli komponentlari mazmuniga “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning talaba-talaba, o‘qituvchi-talaba, ijodiy mustaqillik bosqichlarini  hamda SMART texnologiyalarning texnik (Smart Digital Podium, Smartboard) va dasturiy (SMART Notebook, SMART Meeting Pro, SMART TeamWorks) vositalarini singdirish orqali ishlab chiqishga oid takliflardan “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laborotoriya yaratish” mavzusidagi xalqoro amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2022-yil 22-iyuldagi 02-16/2-1604-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhandis kadrlarning eleketron resurslar bilan ishlash, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olish ko‘nikmlarini rivojlantirishiga hamda ularning bilimlarini nazorat qilish, o‘quv jarayonini metodik ta’minlash imkoniyati yuzaga kelgan;
SMART texnologiyalarning moslashuvchanlik, tezkorlik va virtuallashtirish kabi didaktik imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida bulutli saqlovchilarda joylashtiriladigan va tarqatiladigan elektron ta’lim resurslari mazmuniga aniq, o‘lchovli, erishiladigan, natijaga yo‘naltirilgan, vaqt bo‘yicha chegaralangan loyihalarni singdirish orqali bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradio kanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-yanvardagi №02/01-01-21 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarni Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanini o‘zlashtirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darjalarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish