Axadova Komila Said qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kompyuterli modellashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6305
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Yarmatov Raximboy Baxramovich, fizika-matematika fanlari falsafa doktori, (PhD) dotsent Sharipov Xurshid Fazliddinovich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning kompyuterli modellashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning kompyuterli modellashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari integrativ yondashuv asosida didaktik (simulyasiyalar, avtomatlashtirilgan va raqamli loyihalash tizimlaridan foydalanish), texnologik (raqamli vositalar va platformalar, onlayn va oflayn ta’lm integratsiyasi, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt tizimlarini qo‘llash), psixologik (mustaqil loyiha faoliyati, gamifikatsiya elementlarini kiritish) hamda axborot kommunikatsion (raqamli bazalarni yaratish, raqamli laboratoriyalar va simulyatorlarni qo‘llash) kabi shart-sharoitlariga ustuvorlik berish asosida mazmunan takomillashtirilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarni kompyuterli modellashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirish modeli maqsadli, tashkiliy-mazmunli, texnologik va baholash komponentlarining uzviyligini ta’minlash hamda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (MATLAB, Simulink, ANSYS, SolidWorks, AutoCAD) dan foydalanish asosida fanlararo integratsion o‘qitishga qaratilgan muhandislik masalalarini echishning kompyuter modelini mazmuniga singdirish orqali ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarga “Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fanini o‘qitish orqali kompyuter modellashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirish  metodikasi muammoga yo‘nalganlik hamda majburiy va ixtisoslik fanlaridan olingan bilimlarni integratsiyalash yondashuvlari asosida muhandislik masalalari algoritm blok-sxemasiga reproduktiv, variativ, qisman izlanishli va kreativ topshiriqlarni kiritish natijasida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni kompyuterli modellashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga imkon beruvchi didaktik ta’minotni ishlab chiqish natijasida kasbiy tayyorgarligining mezon va darajalari oddiydan murakkabga qarab rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijodiy-faol pedagogik mikromuhitni yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning kompyuter modellashtirish kompetensiyasini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida: 
bo‘lajak muhandislarning kompyuterli modellashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari integrativ yondashuv asosida didaktik (simulyasiyalar, avtomatlashtirilgan va raqamli loyihalash tizimlaridan foydalanish), texnologik (raqamli vositalar va platformalar, onlayn va oflayn ta’lm integratsiyasi, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt tizimlarini qo‘llash), psixologik (mustaqil loyiha faoliyati, gamifikatsiya elementlarini kiritish) hamda axborot kommunikatsion (raqamli bazalarni yaratish, raqamli laboratoriyalar va simulyatorlarni qo‘llash) kabi shart-sharoitlariga ustuvorlik berish asosida mazmunan takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314- sonli buyrug‘i asosida berilgan № 314-251 raqamli nashr guvohnomasi) Natijadan talabalarning kompyuter modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarni kompyuterli modellashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirish modeli maqsadli, tashkiliy-mazmunli, texnologik va baholash komponentlarining uzviyligini ta’minlash hamda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (MATLAB, Simulink, ANSYS, SolidWorks, AutoCAD) dan foydalanish asosida fanlararo integratsion o‘qitishga qaratilgan muhandislik masalalarini echishning kompyuter modelini mazmuniga singdirish orqali ishlab chiqishga oid tavsiyalardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 15 yanvar 2025 yildagi 03-74-74 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot talabalarda kompyuterli modellashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga  xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarga “Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fanini o‘qitish orqali kompyuter modellashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirish  metodikasi muammoga yo‘nalganlik hamda majburiy va ixtisoslik fanlaridan olingan bilimlarni integratsiyalash yondashuvlari asosida muhandislik masalalari algoritm blok-sxemasiga reproduktiv, variativ, qisman izlanishli va kreativ topshiriqlarni kiritish natijasida takomillashtirishga oid takliflardan foydalanib muhandislik bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun “Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan va amalga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22-yanvar 2025 yildagi 02/01-01-27-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik ta’minot talabalarda kompyuter modellashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish