Yakubov Shuxrat Ummatalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish», 12.00.02–«Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi» ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Yu60.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Toshqulov Jo‘raboy O‘rinbaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Mirakulov Miravzal Mirodilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat va fuqarolik jamiyati institut-lari hamkorligining huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarini jamoatchilik nazoratining sub’ekti sifatida huquqiy maqomini belgilash hamda qonunga kiritish zarurati asoslantirilgan;
siyosiy partiyalarning Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligi, shuningdek partiya tashkilotlarining hududiy dasturlar loyihalarini tayyorlash va ularning ijrosini nazorat qilish vakolatini qonunlarda belgilashning amaliy ahamiyati asoslantirilgan;
fuqarolik jamiyati institutlarining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki, xususan, qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasi hamda jamoatchilik ekspertizasini amalga oshirishda parlament bilan hamkorligi ta’sir darajasini oshirish zarurati asoslantirilgan;
davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini huquqiy tartibga solish ehtiyojini tahlil etish asosida, alohida qonun qabul qilish zarurligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslantirilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining ijtimoiy sheriklikdagi ishtirokini huquqiy tartibga solish, ularning huquq va vakolatlarini aniqlashtirish hamda mazkur sheriklik munosabatlarining huquqiy mexanizmlarini qonun hujjatlarida belgilash zarurati asoslantirilgan;
fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishining uzoq muddatli maqsadlari hamda ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi strategik hujjatni qabul qilish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqotnatijalariningjoriyqilinishi.
Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarini jamoatchilik nazoratining sub’ekti sifatida huquqiy maqomini belgilashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2018 yil 16 maydagi №05/02-66-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish jamoatchilik kengashlari maqomini qonunda aniq belgilanishiga xizmat qilgan.
Nodavlat notijorat tashkiloti sifatida siyosiy partiyalarning Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligi, shuningdek partiya tashkilotlarining hududiy dasturlar loyihalarini tayyorlash va ular ijrosini nazorat qilish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunining 5 va 7-moddalarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 8 avgustdagi №06/1-05/1881 vx-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish siyosiy partiyalarning hududiy dasturlar ijrosi bo‘yicha nazoratni amalga oshirish vakolatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
Jamoat birlashmalarining davlat organlari bilan hamkorligini qonunchilikda mustahkamlash zarurligiga oid takliflardan «Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2018 yil 24 avgustdagi №06/2-06/619-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish qonunda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligi belgilanishiga xizmat qilgan.
Fuqarolik jamiyati institutlarining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki, shuningdek ularning qonun chiqaruvchi organ bilan o‘zaro hamkorligining huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirishga oid takliflarning 2018 yil 8 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasi»ning ikkinchi bo‘limi 3-bandini (fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, tadbirkorlik sub’ektlari va ilm-fan vakillarini jalb etish ishlarini samarali tashkil etish orqali norma ijodkorligi jarayoniga jamoatchilik muhokamalarining ta’sir darajasini oshirish) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining 2018 yil 25 avgustdagi №01/1-579-son ma’lumotnomasi) Ilmiy natijalardan foydalanish norma ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini ishtirokining belgilanishiga xizmat qilgan.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini yanada kengaytirish, «Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish, tadbirkorlik sub’ektlarining ijtimoiy sheriklikdagi ishtiroki huquqiy mexanizmlarini belgilash, mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi strategik hujjatni qabul qilishga oid takliflar «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid davlat dasturlarini tayyorlashda, davlat va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda inobatga olingan (2018 yil 30 may kuni taqdim etilgan №001/54-455-son ma’lumotnoma). Ilmiy natijalardan foydalanish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid davlat va hududiy dasturlarni tayyorlashda, davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘zaro hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda metodologik manba sifatida xizmat qilgan.