Abdullaev Akmaljon Yo‘lchiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berish jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirish”, 12.00.09 - Jinoyat protsessi, kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1246.
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: IIV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Astanov Istam Rustamovich; yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Barakaev Lazizjon Otaqulovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi guvoh yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berish jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
guvoh va jabrlanuvchilar tomonidan bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berilishining oldini olish hamda kelgusida ular tomonidan bergan ko‘rsatuvlarini qasddan o‘zgartirish holatlariga barham berish maqsadida so‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazish davomida axborot texnologiyalaridan foydalanish zarurati asoslantirilgan;
shaxs o‘zining yoki yaqin qarindoshining manfaatlariga taalluqli holatlar bo‘yicha guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat o‘zining roziligi bilan ko‘rsatuv berishi mumkinligi asoslantirilgan;
hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligiga doir konstitutsiyaviy norma talablaridan kelib chiqqan holda jinoyat-protsessual munosabatlarda guvoh va jabrlanuvchiga o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi ko‘rsatuv bermaslikka doir huquqlari tushuntirilib, ulardan faqat o‘zlarining roziligi asosida ko‘rsatuv olish mumkinligi asoslantirilgan;
aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz qilgan yoki o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan, tarjimon ishtirokida o‘tkaziladigan, uzrli sabablarga ko‘ra kelgusida sudda ishtirok eta olmaydigan, nutqiy xususiyatlarini bayonnomada aks ettirish qiyin yoki bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi mumkinligi haqida asosli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan, shuningdek ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida o‘tkaziladigan so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali to‘liq qayd etish shartligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
guvoh va jabrlanuvchilar tomonidan bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berilishining oldini olish hamda kelgusida ular tomonidan bergan ko‘rsatuvlarini qasddan o‘zgartirish holatlariga barham berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksini (keyingi o‘rinlarda JPK deb yuritiladi) «So‘roq jarayonini ovoz yozish, videoyozuv va kinotasvirga olish shart bo‘lgan hollar» ko‘rsatib o‘tilgan yangi 1061-moddasi bilan to‘ldirish haqidagi taklifidan «O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalaniladi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 11 noyabrdagi 3/08-220-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ishni sudga qadar yuritish bosqichida guvoh va jabrlanuvchilar tomonidan haqqoniy ko‘rsatuv berilishiga erishish orqali odil sudlovni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi;
shaxs o‘zining yoki yaqin qarindoshining manfaatlariga taalluqli holatlar bo‘yicha guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat o‘zining roziligi bilan ko‘rsatuv berishi mumkinligiga doir taklifidan 2023 yil 30 aprel` kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasi to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2024 yil 21 iyundagi 04/2-10/245-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi ishni sudga qadar yuritish bosqichida guvoh hamda jabrlanuvchining huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilgan;
hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligiga doir talablarni jinoyat-protsessual munosabatlarda to‘liq ijro etilishini ta’minlash maqsadida shaxsga uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish taqiqlanishi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2021 yil 18 fevraldagi qonuni
2-moddasining 12-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 11 noyabrdagi 3/08-220-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligiga doir konstitutsiyaviy norma talablarini surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida guvoh va jabrlanuvchiga o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi ko‘rsatuv bermaslikka doir huquqlari tushuntirilganidan keyingina ulardan faqat o‘zlarining roziligi bilan ko‘rsatuv olish mumkinligi ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz qilgan yoki o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan, tarjimon ishtirokida o‘tkaziladigan, uzrli sabablarga ko‘ra kelgusida sudda ishtirok eta olmaydigan, nutqiy xususiyatlarini bayonnomada aks ettirish qiyin yoki bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi mumkinligi haqida asosli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan, shuningdek ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida o‘tkaziladigan so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali to‘liq qayd etish shartligi haqidagi taklifidan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalaniladi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil
11 noyabrdagi 3/08-220-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ishni sudga qadar yuritish bosqichida guvoh va jabrlanuvchilar tomonidan haqqoniy ko‘rsatuv berilishiga erishish orqali odil sudlovni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.