Madaminov Obidjan Zoirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonning davlat imijini shakllantirishda xalqaro tajribalarning qo‘llanilish tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar1790.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjar Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.; Xo‘jamuratov Umarjon Rustamovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tekshirish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Davlat imiji va uning zamonaviy tarixiy jarayonlarda tutgan o‘rnini kompleks tadqiq etish orqali O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish istiqbollarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Davlat imiji tushunchasi faqat hozirgi davrga tegishli tushuncha emasligi,
balki uning tarixiy ildizlari juda qadimgi davrga borib ulanishi, shuningdek,
Aflotun, Siseron, Aristotel, Abu Nasr Forobiy, Nizomulmulk, Beruniy, Amir Temur kabi shaxslarning asarlarida bu masalaga alohida e’tibor qaratilganligi asoslab berildi;
xalqaro imij dastavval xalqlar va mamlakatlarning o‘zaro munosabatlari shuningdek ularning samarali faoliyati uchun talab qilinadigan shart va qoidalar majmuasi ekanligi ochib berildi;
O‘zbekistonning qardosh davlatlar bilan munosabatlarida hamkorlik aloqalarini ochiqlik siyosati orqali olib borishi hamda davlatning ijobiy imijni shakllantirishda xalqaro tajribalarning ahamiyati asoslab berildi;
O‘zbekistonning davlat imiji yuksalishining asosiy xususiyatlaridan kelib
chiqib, uni uchta tarixiy bosqichga: birinchi bosqich – shakllanish davri (1991–2000-yy.); ikkinchi bosqich – rivojlanish davri (2000 – 2016-yy.) va uchinchi bosqich – takomillashuv davri (2017-yildan hozirgacha) ga bo‘lish metodologiyasi asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistonning davlat imijini shakllantirishda xalqaro tajribalarning qo‘llanilish tarixi” mavzusidagi dissertatsiyaning ilmiy natijalari va tavsiyalaridan:
Davlat imiji tushunchasi faqat hozirgi davrga tegishli tushuncha emasligi balkim uning tarixiy ildizlari juda qadimgi davrga borib ulanishi shuningdek Aflotun, Siseron, Aristotel, Abu Nasr Farobiy, Nizomulmulk, Beruniy, Amir Temur kabi shaxslarning asarlarida bu jihatlarga alohida e’tibor qaratilganligi asoslab berilishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021–2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2025-yil 10-yanvardagi 10/98-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot xulosalari va ilmiy yangiliklari loyiha doirasida ishlab chiqilgan monografiya mazmunini boyitishda ishlatilgan;
xalqaro imij dastavval xalqlar va mamlakatlarning o‘zaro munosabatlari shuningdek ularning samarali faoliyati uchun talab qilinadigan shart va qoidalar majmuasi ekanligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2024-yil noyabr va dekabr oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasining 2025-yil 04-fevraldagi 05-09-108-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarga davlat hayotida xalqaro imijning samarali faoliyat yurgizishi uchun talab qilinadigan doira hamda qoidalar majmuasi ekanligini etkazish imkonini bergan;
O‘zbekistonning qardosh davlatlar bilan munosabatlarida hamkorlik aloqalarini ochiqlik siyosati orqali olib borishi hamda davlatning ijobiy imijni shakllantirishda xalqaro tajribalarning ahamiyati kabi masalalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2024-yil noyabr va dekabr oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasining 2025-yil 04-fevraldagi 05-09-108-son ma’lumotnomasi) ochib berilgan. Natijada yoshlarning O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirishga imkon bergan;
O‘zbekistonning davlat imiji yuksalishining asosiy xususiyatlaridan kelib
chiqib, uni uchta tarixiy bosqichga: birinchi bosqich – shakllanish davri (1991–2000-yy.); ikkinchi bosqich – rivojlanish davri (2000–2016-yy.) va uchinchi bosqich – takomillashuv davri (2017-yildan hozirgacha) ga bo‘lish metodologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalaridan loyiha doirasida ishlab chiqilgan monografiya mazmunini boyitishda qo‘llanilgan.