Obidov Hamid Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ekspanzer gazi tarkibidagi nordon komponentlarni ishqoriy tozalash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3227.
Ilmiy rahbar: Axmedov Voxid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor; O‘rinov Ulug‘bek Komiljonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekspanzer gazi tarkibidagi nordon komponentlarni ishqoriy va ishqoriy er metall gidroksidlari yordamida aralash xemosorbsion tozalash jarayoni va texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekspanzer gazidan vodorod sulfid va karbonat angidridni aralash xemosorbsion usulda tozalash jarayonining optimal muhitining maqbul chegaraviy qiymati pH 8 va undan yuqori bo‘lishi natijasida ishqoriy muhit hosil bo‘lishi ilmiy asoslangan;
ishqoriy va ishqoriy er metall gidroksidlari ishtirokida aralash xemosorbsion jarayonning termodinamik parametrlari hisoblangan va aralashmalarning tegishli ulushlari kesimida reaksiya borishi uchun maqbul sharoit yaratilgan;
aralash xemosorbsion jarayonda vodorod sulfid va karbonat angidridning yutilish jarayonida bir-biriga ta’sirini o‘rganish natijasida 10 % li gidroksidlarning nisbatlari 9:1 ni tashkil etishi ilmiy asoslangan;
aralash xemosorbsiya uchun texnologik jarayonning optimal parametrlari aniqlangan va maqbul sharoitlar asosida ekspanzer gazini xemosorbsion tozalash texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekspanzer gazi tarkibidagi nordon komponentlarni ishqoriy va ishqoriy er metall gidroksidlari yordamida aralash xemosorbsion tozalash jarayoni va texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekspanzer gazi tarkibidagi nordon komponentlarni ishqoriy tozalash texnologiyasi “Gazli gazni qayta ishlash zavodi”ning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2023 yil 2 avgustdagi 01/1-24-1738-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, NaOH va Ca(OH)2 ning 10% li eritmalari asosida xemosorbsiya jarayoni tashkil etilib, gaz tarkibidagi vodorod sulfid va karbonat angidridlarni to‘liq yutilishiga erishish imkonini beradi;
aralash xemosorbsiya usulida gazni tozalash qurilmasi “Gazli gazni qayta ishlash zavodi”ning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2023 yil 2 avgustdagi 01/1-24-1738-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bir yil mobaynida fakelda yondiriladigan 1,9 mln.m3 ekspanzer gazini kimyoviy nordon komponentlardan tozalash va tovar gazga aylantirish imkonini beradi.