Tojiev Boburbek Abdulxakim o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cho‘zish dastgohida mis materiallaridan tayyorlanadigan simlarga ishlov beruvchi jihoz konstruksiyasini takomillashtirish”, 05.02.05 – “Mexanik va fizik – texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbob uskunalar” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4453.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Kushimov Baxtiyor Alishovich, texnika fanlari doktori, professor; Shaxobutdinov Rustam Erkinovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi cho‘zish dastgohida mis materiallaridan tayyorlanadigan simlarga ishlov beruvchi jihoz konstruksiyasini takomillashtirishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis materiallaridan tayyorlanadigan simlarni cho‘zish jarayonida foydalaniladigan jihoz konstruksiyasi, ishchi yuzasiga qattiq qotishma materialidan tayyorlangan filler biriktiriluvchi valoklar hamda podshipnik shariklarining mexanik xossalariga bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan;
cho‘zish dastgohida yig‘ma valoklar orqali mis materiallaridan tayyorlanadigan simlarni silindrik shaklda cho‘zishning optimal parametrlarini aniqlash uchun dastgohning barqaror ishlash vaqtiga bog‘liq ravishda matematik model ishlab chiqilgan;
BCK-13 modelli cho‘zish dastgohida yuzaga keladigan yo‘qotishlar miqdorining o‘zgarish dinamikasi yig‘ma valoklar bilan mis materiallaridan tayyorlanadigan simlarni cho‘zish usuli asosida ishlab chiqilgan;
cho‘zish dastgohida mis materillaridan tayyorlanadigan simlarni yo‘g‘on cho‘zish usuli va sim materiali xossalarining optimal parametrlarni hisoblash uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan;
cho‘zish dastgohining samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqarilayotgan mis materiallaridan tayyorlangan simlarni deformatsiya darajasi va texnologik jihozning ishchi konus burchagini hisobga olgan holda cho‘zish bosqishlarining optimal qiymatlarini aniqlash uchun  cho‘zish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Cho‘zish dastgohida mis materiallaridan tayyorlanadigan simlarga ishlov beruvchi jihoz konstruksiyasini takomillashtirish tufayli ilmiy natijalar olingan:
mis materiallaridan tayyorlanadigan simlarni cho‘zish jarayonida qo‘llaniladigan jihoz konstruksiyasi “Andijankabel” AJ qo‘shma korxonasining 1-sonli sexida joriy qilingan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2024 yilning 16-maydagi №04-3/706 son ma’lumotnomasi). Natijada qattiq qotishmadan tayyorlangan valokning xizmat muddati 10-12 % ga oshgan;
cho‘zish dastgohida yig‘ma sharikli valoklar orqali mis materiallaridan tayyorlanadigan simlarni silindrik cho‘zishning optimal parametrlarini aniqlash uchun matematik model “Andijankabel” AJ qo‘shma korxonasida joriy qilingan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2024 yilning 16-maydagi №04-3/706 son ma’lumotnomasi). Natijada dastgohning barqaror ish vaqti 7-8 % oshgan;
BCK-13 modelli cho‘zish dastgohida sharikli texnologik jihozlar bilan yo‘g‘on cho‘zish usulining parametrlari “Andijankabel” AJ qo‘shma korxonasining 10-sonli sexida joriy qilingan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2024 yilning 16-maydagi №04-3/706 son ma’lumotnomasi). Natijada mis materiallaridan tayyorlanadigan simlarni cho‘zish jarayonida yuzaga keladigan yo‘qotishlar miqdori 5-7 % kamaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish