Panjieva Nazokat Normaxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Raqamlashtirish  sharoitida  bo‘lajak  informatika o‘qituvchilarining  tanqidiy  fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped5123.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Mahbubaxon Raximjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlabaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli savodxonlikni shakllantirishga qaratilgan kompleks tahlil strategiyalarini tanqidiy fikrlashning faollik, ilmiylik va refleksivlik kabi xususiyatlariga moslashtirish, tanqidiy fikrlash muammolari bilan uyg‘unlashtirish hamda didaktik komponentlarni soft skills komponentlari bilan integratsiya qilish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid komponentlar va bosqichlari axborotni tahlil qilish va baholash, ma’lumotlarni ekstrapolyasiya va interpolyasiya qilish, ilmiy prognozlash, tanqidiy fikrlash darajalari va bosqichlariga moslashtirish hamda metakognitiv texnologiyalarni faol qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan didaktik model faoliyatga yo‘naltirilgan, kompetentlik va integrativ yondashuvlarning sinteziga asoslangan, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi pedagogik shart-sharoitlarni kompleks joriy etish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim platformasi asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi barcamp, pedagogy wheel, productive failure, microlearning kabi zamonaviy raqamli usullarni platformaning mazmuniga integratsiyalash hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi mezonlarini baholash darajalariga moslashtirish va ta’lim sifatining dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonida olingan natijalar asosida:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli savodxonlikni shakllantirishga qaratilgan kompleks tahlil strategiyalarini tanqidiy fikrlashning faollik, ilmiylik va refleksivlik kabi xususiyatlariga moslashtirish, tanqidiy fikrlash muammolari bilan uyg‘unlashtirish hamda didaktik komponentlarni soft skills komponentlari bilan integratsiya qilish asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalar oliy ta’lim tizimida Informatika va raqamli texnologiyalar fani dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 5-oktyabrdagi 2/17-4/4-7618-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlashda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalarni tadbiq etish samaradorligi oshgan.
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid komponentlar va bosqichlari axborotni tahlil qilish va baholash, ma’lumotlarni ekstrapolyasiya va interpolyasiya qilish, ilmiy prognozlash, tanqidiy fikrlash darajalari va bosqichlariga moslashtirish hamda metakognitiv texnologiyalarni faol qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar "Informatika va raqamli texnologiyalar bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 5-oktyabrdagi 2/17-4/4-7618-son ma’lumotnomasi). Natijada “Informatika va raqamli texnologiyalar” fanini o‘qitishda asosiy adabiyot sifatida foydalanilmoqda va bu bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida analitik fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan didaktik model faoliyatga yo‘naltirilgan, kompetentlik va integrativ yondashuvlarning sinteziga asoslangan, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi pedagogik shart-sharoitlarni kompleks joriy etish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar "Informatika va raqamli texnologiyalar bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 5-oktyabrdagi 2/17-4/4-7618-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida tanqidiy fikrlashning rivojlanish darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash va amalga oshirish ularning tayyorgarligini har tomonlama baholashga imkon berdi. Joriy qilingan mezon va ko‘rsatkichlar o‘qituvchilarga bo‘lajak informatika o‘qituvchilarning o‘sishini batafsil kuzatib borish va o‘quv jarayonini ularning individual ehtiyojlariga mos ravishda o‘zgartirish imkonini bergan;
raqamli ta’lim platformasi asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi barcamp, pedagogy wheel, productive failure, microlearning kabi zamonaviy raqamli usullarni platformaning mazmuniga integratsiyalash hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi mezonlarini baholash darajalariga moslashtirish va ta’lim sifatining dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar "Informatika va raqamli texnologiyalar bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari" nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 5-oktyabrdagi 2/17-4/4-7618-son ma’lumotnomasi). Natijada informatika o‘qituvchilarida tahliliy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirish mazmuni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish