Seytmuratov Salamat Tajimuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Talabalarning kreativ kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish, 13.00.06 –Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5162.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Zaripov Olimjan Kuvandiq o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ergashov Jamshid Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kreativ kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar kreativ kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlari axborotlar bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ijodiy-faol muhitni yaratish hamda ilmiy, ilmiy-metodik va texnologik yondashuvlarni raqamli muhitiga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalar kreativ kompetentligini rivojlantirish modeli ijtimoiy buyurtma talablaridan kelib chiqqan holatda yaxlit tizim sifatida elektron-axborot ta’lim resursidan foydalanish, informatsion, tuzumli va integral yondashuvlarni, ilmiylik, ko‘rgazmalilik va nazariyaning amaliyotga bog‘liqlik tamoyillariga moslashtirish hamda raqamli iqtisodiyotning real sektori talablariga mos didaktik ta’minotni kengaytirish va tadbiq etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini joriy etish metodikasi interaktiv vosita sifatida qo‘llash, kreativ kompetentlikni rivojlanishga asoslangan mazmun, Blum taksonomiyani kompetentlariga mos SWOT, keys stadi, PMBOK metodlarini moslashtirish hamda KKR, Wolfram alpha dasturlari bilan integratsiyalangan muhitni yaratish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini joriy etish samaradorligi motivatsion, kognitiv, faoliyat va refliksiv baholash mezonlarini aniqlash, ta’sirchang muxitda ishlash sifatini oshirish, hamda qabul qilish imkoniyatini taqqoslashning vektorial yo‘nalganligi baholash darajalariga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kreativ kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodikasiga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
talabalarning kreativ kompetentliligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kreativ kompetentlikning tarkibiy qismlarini hamda ilmiy, ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik va texnologik yondashuvlarni raqamli muhitga integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Differenciyal tenlemeler» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 12- apreldagi 11-05-2294/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini asoslash imkoni yaratilgan;
talabalarning kreativ kompetentlikni rivojlantirish modeli ijtimoi byurtma talablaridan kelib chiqgan xolatda yaxlit tizim sifatida elektron-axborot ta’lim resursidan foydalanishning, informatsion, tuzumli va integral yondashuvlarni, ilmiylik, ko‘rgazmalilik va nazariyaning amaliyotga bog‘liqlik tamoyillariga moslashtirishni hamda raqamli iqtisodiyotning real sektori talablariga mos didaktik ta’minotni ishlab chiqish va tadbiq etish asosida takomillashishga oid tavsiyalar «Differenciyal tenlemeler» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 12- apreldagi 11-05-2294/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matematik tayyorgarligi jarayonida kreativ kompetentligini shakllantirishga yordam beradigan vazifalar to‘plamidan iborat dasturiy ta’minot yaratishga erishilgan;
talabalarning kreativ kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini joriy etish metodikasi, interaktiv vosita sifatida qo‘llash, kreativ kompetentlikni rivojlanishga asoslangan mazmun, Blum taksionomiyasi kompetentlariga mos SWOT, keys stadi, PMBOK metodlarini moslashtirish xamda KKR, Wolfram alpha dasturlari bilan integratsiyalangan muxit asosida takomillashishga oid tavsiyalar “Geometriyadan masalalar to‘plami” nomli qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 12- apreldagi 11-05-2294/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kreativ kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish imkoni kengayttirilgan;
talabalarning kreativ kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini joriy etish samaradorligi motivatsion, kognitiv, faoliyat va refliksiv baholash mezonlarini aniqlash, ta’sirchan muhitda ishlash sifatini oshirish, hamda qabul qilish imkoniyatini taqqoslashning vektorial yo‘nalganligi baholash darajalariga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Geometriyadan masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2025-yil 12- apreldagi 11-05-2294/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini BMKN fanini o‘qitishda ETR ni foydalangan holda metodikasini rivojlantirishning imkoni oshirilgan.