Suyunov Furqat Boyxo‘rozovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8292. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Diyorjon Nodirjon o‘g‘li, tarix fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori, professor;  Abdug‘aniev Ozod Tursunboyivich, pedagogika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kompetentli yondashuvning tuzilmaviy kontentlarini bitiruvchi portretiga qo‘yiladigan talablarga moslashtirish, mustaqil o‘z-o‘zini rivojlantirish faolligini oshirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentliligini rivojlantirish modeli kasbiy faoliyatni rag‘batlantirish funksiyalarini tashkiliy metodologik sharoitga moslashtirishga ustuvorlik berish, regulyativ, texnologik, tahliliy va informatsion bosqichlarga AKT vositalarini tadbiq etish asosida takomillashtirilgan;
Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish samaradorligi axborot texnologiyalarini tadbiq etish prinsiplari, o‘ziga xos xususiyatlari, bajarish algoritimi, fragment, forsayt, podkast va tarixiy empatiya texnologiyalarini sinxron va assinxron qo‘llash hamda axborotlarni qayta ishlashga ko‘ra tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash jarayoni AKT yordamida talabalarga tarixiy voqea-hodisalar haqida umumiy bilim berish, tarixiy manbalarni tahlil qilishni o‘rgatish hamda tarixiy shaxslar haqida so‘zlab beradigan audio formatdagi dasturlardan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish boʻyicha olingan natijalar asosida:
Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kompetentli yondashuvning tuzilmaviy kontentlarini bitiruvchi portretiga qo‘yiladigan talablarga moslashtirish, mustaqil o‘z-o‘zini rivojlantirish faolligini oshirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Tarix o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024-yil 28-dekabr 11-05-7595/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash samaradorligi oshgan;
Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentliligini rivojlantirish modeli kasbiy faoliyatni rag‘batlantirish funksiyalarini tashkiliy metodologik sharoitga moslashtirishga ustuvorlik berish, regulyativ, texnologik, tahliliy va informatsion bosqichlarga AKT vositalarini tadbiq etish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarix o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024-yil 28-dekabr 11-05-7595/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentliligini rivojlantirishning amaliy modeli mazmuni kengaytirilgan;
Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish samaradorligi axborot texnologiyalarini tadbiq etish prinsiplari, o‘ziga xos xususiyatlari, bajarish algoritimi, fragment, forsayt, podkast va tarixiy empatiya texnologiyalarini sinxron va assinxron qo‘llash hamda axborotlarni qayta ishlashga ko‘ra tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarix o‘qitish metodikasi”, darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024-yil 28-dekabr 11-05-7595/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentliligini rivojlantirish metodikasi tuzilmasi intensivlashtirilgan;
Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash jarayoni AKT yordamida talabalarga tarixiy voqea-hodisalar haqida umumiy bilim berish, tarixiy manbalarni tahlil qilishni o‘rgatish hamda tarixiy shaxslar haqida so‘zlab beradigan audio formatdagi dasturlardan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarix o‘qitish metodikasi”, darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024-yil 28-dekabr 11-05-7595/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentliligini rivojlantirish mazmuni boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish