Usmonova Matluba Nosirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3048.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Diyor Nodirjon o‘g‘li, tarix fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Ozodbek Tursunboy o‘g‘li, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash metodikalarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari oʻz-oʻzini anglash, vatanparvarlik, gumanistik g‘oyalarga sodiqlik va refleksivlik kabi shaxsiy sifatlarini ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash hamda o‘quv jarayonida pedagogik zaruratini asoslash va faol ijtimoiy munosabatlar barqarorligini izchil ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jarayoni ijtimoiy-madaniy, institutsional va individual omillar natijador ta’sirchanligini variativ muvofiqlashtirish hamda makro va mikromuhit imkoniyatlarini pragmatik tasniflash, ma’naviy ong va amaliy faoliyat yaxlitligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash metodikasini takomillashtirish modeli ta’lim-tarbiya funksiyalarini ierarxik aniqlashtirish, umumbashariy meros durdonalariga ongli munosabatni tarkib toptirish, aksiologik yondashuv va adaptivlik tamoyilining amaliy natijadorligiga erishish hamda o‘z-o‘zini kuzatish va short-description metodlarini tatbiq etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash samaradorligi “Motivatsion kundalik”ni kiritish, ijtimoiy adaptivlikning ta’limiy maqsadga muvofiqligini qadriyatli-motivatsion, prakseologik-faoliyatli, natijaviy-refleksiv mezonlarga ko‘ra statistik aniqlash asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik, gumanistik g‘oyalarga sodiqlik va refleksivlik kabi shaxsiy sifatlarini ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash hamda o‘quv jarayonida pedagogik zaruratini asoslash va faol ijtimoiy munosabatlar barqarorligini izchil ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7593/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash samaradorligi oshgan;
ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jarayoni ijtimoiy-madaniy, institutsional va individual omillar natijador ta’sirchanligini variativ muvofiqlashtirish hamda makro va mikromuhit imkoniyatlarini pragmatik tasniflash, ma’naviy ong va amaliy faoliyat yaxlitligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7593/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jarayonini mazmuni boyitilgan;
ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash metodikasini takomillashtirish modeli ta’lim-tarbiya funksiyalarini ierarxik aniqlashtirish, umumbashariy meros durdonalariga ongli munosabatni tarkib toptirish, aksiologik yondashuv va adaptivlik tamoyilining amaliy natijadorligiga erishish hamda o‘z-o‘zini kuzatish va short-description metodlarini tatbiq etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7593/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash imkoni kengaytirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash samaradorligi “Motivatsion kundalik”ni kiritish, ijtimoiy adaptivlikning ta’limiy maqsadga muvofiqligini qadriyatli-motivatsion, prakseologik-faoliyatli, natijaviy-refleksiv mezonlarga ko‘ra statistik aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7593/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash samaradorligi ta’minlangan.