Mamatxo‘jaeva Gulhayo Azizbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar va o‘smirlarda semirishning oldini olishga tizimli yondashuv», 14.00.09 –  «Pediatriya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2733.
Ilmiy rahbar: Arzikulov Abdurayim Shamshievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/07.06.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sharobiddin Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Alieva Nigora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ortiqcha vaznli va semirib ketgan bolalarning klinik va epidemiologik xususiyatlarini hamda balog‘at yoshidagi bolalar va o‘smirlarda semirishning rivojlanishi uchun xavf guruhlarini aniqlash va preventiv aralashuvdan so‘ng uning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon viloyatida zamonaviy sharoitda bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va semizlik shakllanishining epidemiologik xususiyatlari hamda jismoniy rivojlanishining antropometrik o‘ziga xosliklari aniqlangan;
zamonaviy sharoitda 10-15 yoshdagi bolalar populyasiyasida oilada semizlikning mavjudligi (RR=8,493); homiladorlik vaqtida onaning semizligi (RR=3,966); qo‘shimcha ovqatlar bilan oziqlantirishni erta boshlash (RR=1,779); nonushta qilmaslik (RR=6,450), ovqatlanish mahalini kamaytirish (RR=2,121), yolg‘iz ovqatlanish (RR=2,131), va kompyuter/televizor qarshisida ovqatlanish (RR=1,767), tuz iste’moli (RR=3,594) hamda fast-fud mahsulotlari iste’moli (RR=2,156) ortiqcha vazn va semizlik rivojlanishining xavf omillari ekanligi aniqlangan;
ortiqcha vaznli va semizlik mavjud bolalarda qo‘shimcha prognostik mezon sifatida adiponektin preventiv aralashuvdan so‘ng ijobiy metabolik indikator va eng yaxshi biomarker ekanligi aniqlangan;
ortiqcha vaznli va semiz bolalarning turmush tarziga preventiv aralashuv o‘tkazish klinik, biokimyoviy, antropometrik va metabolik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga ijobiy ta’sir qilishi qiyosiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va semizlikni erta aniqlash va oldini olish ycyllapini yaxshilashga bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Andijon viloyatida zamonaviy sharoitda bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va semizlik shakllanishining epidemiologik xususiyatlari hamda jismoniy rivojlanishining antropometrik o‘ziga xosliklari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 iyunda 12-son bilan tasdiqlangan “Ortiqcha vaznli va semiz bolalarda adiponektin markeridan foydalanishga asoslanib profilaktik choralar natijalarini bashorat qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Andijon viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 19 iyuldagi 78/1-son va Fapg‘ona viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 20 sentyabrdagi 01-08/628-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/39-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Andijon viloyatida zamonaviy sharoitda bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va semizlik shakllanishining epidemiologik xususiyatlari hamda jismoniy rivojlanishining antropometrik o‘ziga xosliklari aniqlash mintaqaviy referent normativlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha vazn va semizlik shakllanishining epidemiologik xususiyatlari hamda jismoniy rivojlanishining antropometrik o‘ziga xosliklarini inobatga olgan xolda preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish ortiqcha vazn va semizlikka bog‘liq kasalliklar (qandli diabet, gipertoniya, metabolik sindrom va boshqalar) tufayli 1 nafar bolaga sarflanadigan o‘rtacha yillik tibbiy xarajatlarni taxminan 2500000 so‘m (ortiqcha vaznli) va 5000000 so‘mga (semiz bolalar) iqtisod qilishga imkon beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalangan holda profilaktik tadbirlarni tashkillashtirish bolalar va o‘smirlarda kelgusida rivojlanishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: zamonaviy sharoitda 10-15 yoshdagi bolalar populyasiyasida oilada semizlikning mavjudligi (RR=8,493); homiladorlik vaqtida onaning semizligi (RR=3,966); qo‘shimcha ovqatlar bilan oziqlantirishni erta boshlash (RR=1,779); nonushta qilmaslik (RR=6,450), ovqatlanish mahalini kamaytirish (RR=2,121), yolg‘iz ovqatlanish (RR=2,131), va kompyuter/televizor qarshisida ovqatlanish (RR=1,767), tuz iste’moli (RR=3,594) hamda fast-fud mahsulotlari iste’moli (RR=2,156) ortiqcha vazn va semizlik rivojlanishining xavf omillari ekanligi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 iyunda 12-son bilan tasdiqlangan “Ortiqcha vaznli va semiz bolalarda adiponektin markeridan foydalanishga asoslanib profilaktik choralar natijalarini bashorat qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Andijon viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 19 iyuldagi 78/1-son va Fapg‘ona viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 20 sentyabrdagi 01-08/628-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/39-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: bolalar populyasiyasida ortiqcha vazn va semizlik rivojlanishining aniqlangan xavf omillarini bartaraf qilish ularning salomatligini hamda xayot sifatini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha vazn va semizlikka bog‘liq kasalliklar (qandli diabet, gipertoniya, metabolik sindrom va boshqalar) tufayli 1 nafar bolaga sarflanadigan o‘rtacha yillik tibbiy xarajat taxminan 2500000 so‘m (ortiqcha vaznli) va 5000000 so‘mni (semiz bolalar) tashkil qiladi. Bolalarda ortiqcha vazn va semizlik rivojlanishining aniqlangan xavf omillarini bartaraf qilish kelgusida ortiqcha vazn va semizlikka bog‘liq kasalliklar rivojlanishini oldini olish hisobiga tibbiy xarajatlarni sezilarli darajada iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: Bolalarda ortiqcha vazn va semizlik rivojlanishining aniqlangan xavf omillarini bartaraf qilish kelgusida ortiqcha vazn va semizlikka bog‘liq kasalliklar rivojlanishini oldini olish hisobiga bir yillik o‘rtacha iqtisodiy samaradorlik 7500000 so‘mni tashkil qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ortiqcha vaznli va semizlik mavjud bolalarda qo‘shimcha prognostik mezon sifatida adiponektin preventiv aralashuvdan so‘ng ijobiy metabolik indikator va eng yaxshi biomarker ekanligi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 iyunda 12-son bilan tasdiqlangan “Ortiqcha vaznli va semiz bolalarda adiponektin markeridan foydalanishga asoslanib profilaktik choralar natijalarini bashorat qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Andijon viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 19 iyuldagi 78/1-son va Fapg‘ona viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 20 sentyabrdagi 01-08/628-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/39-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Ortiqcha vaznli va semirib ketgan bolalarda profilaktika choralari natijalarini bashorat qilishda adiponektin markeridan foydalanish erta tashhislash va samarali oldini olishga erishish imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ortiqcha vazn va semizlik bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarda profilaktika tadbirlari samaradorligini bir martalik monitoringini olib borish uchun har bir bemorga jami 167300 so‘m sarflanadi. Yiliga kamida 2 marta monitoring o‘tkazish kerakligini inobatga olsak, iqtisodiy xarajatlar yiliga 334600 so‘mni tashkil etadi. Ortiqcha vaznli va semirib ketgan bolalarda profilaktika choralari natijalarini bashorat qilishda adiponektin markeridan foydalanilganda yil davomida har bir bemor uchun moliyaviy xarajatlar 106548 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: Ortiqcha vaznli va semirib ketgan bolalarda profilaktika choralari natijalarini bashorat qilishda adiponektin markeridan foydalanish xar bir bola uchun 228052 so‘m tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ortiqcha vaznli va semiz bolalarning turmush tarziga preventiv aralashuv o‘tkazish klinik, biokimyoviy, antropometrik va metabolik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga ijobiy ta’sir qilishi qiyosiy jihatdan isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 iyunda 12-son bilan tasdiqlangan “Ortiqcha vaznli va semiz bolalarda adiponektin markeridan foydalanishga asoslanib profilaktik choralar natijalarini bashorat qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Andijon viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 19 iyuldagi 78/1-son va Fapg‘ona viloyat bolalap ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 2024 yil 20 sentyabrdagi 01-08/628-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/39-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ortiqcha vaznli va semiz bolalarning turmush tarziga preventiv aralashuv o‘tkazish ularning sog‘lomlashishiga, tanasining normal o‘sishiga va hayot sifati yaxshilanishiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqot doirasida 104 nafar ortiqcha vaznli va semizlik mavjud bolalarning turmush tarziga preventiv aralashuvlar o‘tkazilgan. Ushbu ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligini baholash Cost-Benefit Ratio (CBR) iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblab chiqildi. Profilaktik tadbirlarni amalga oshirish uchun bir nafar bolaga hisoblangan o‘rtacha xarajat 500000 so‘mni tashkil etdi. Jami xarajat miqdori 104 x 500000 = 52000000 so‘mga teng bo‘ldi. Cost-Effectiveness Ratio (CER): Samarali natija sifatida profilaktika tufayli TVI yoki metabolik ko‘rsatkichlari yaxshilangan bolalar ulushi (70%) olindi, ya’ni 73 nafar bola. CER=52000000/73≈712328 so‘m Bu hisobga ko‘ra, har bir samarali natija uchun 712328 so‘m sarflangan. Tadqiqot ko‘lami bo‘yicha Cost-Benefit Ratio (CBR): CBR=1317500000/52000000≈25.33. Ya’ni har 1 so‘m investisiya evaziga 25.33 so‘m miqdorida bo‘lishi mumkin bo‘lgan xarajatlar oldi olingan. Xulosa. Yuqoridagi hisob-kitoblardan kelib chiqib, turmush tarziga o‘zgartirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar nafaqat salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, balki iqtisodiy jihatdan ham juda samarali natijalarga erishish imkonini beradi. Tadqiqot asosida shakllangan yondashuvlar sog‘liqni saqlash tizimi uchun katta tejamkorlikni ta’minlash bilan birga, kelajakda davlat va jamiyat uchun ijobiy iqtisodiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish