Ashurova Dilfuza Nabievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim tizimida innovatsion dasturiy-didaktik majmualar asosida o‘qitishni takomillashtirish («Algebra va sonlar nazariyasi» fani misolida)», 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped55.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ziyavidin Xabibovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Artikbaev Abdulaziz, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yunusova Dilfuza Isroilovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida «Algebra va sonlar nazariyasi» fanidan dasturiy-didaktik majmua yaratish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot ta’lim muhitida talabalarning individual o‘quv faoliyatiga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlari tuzilmasi mashg‘ulot bosqichlariga mos mantiqiy (predikat) funksiya kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning o‘quv sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan dasturiy-didaktik majmualar tarkibi amaliy dasturiy mahsulotlarning (MathCad, Maple, Mathematica kabi muhitlar) o‘quv jarayonini loyihalashdagi imkoniyatlari (vizuallashtirish, analitik hisoblash, vizual dasturlash muhitining mavjudligi) asosida takomillashtirilgan;
«Algebra va sonlar nazariyasi» fanining amaliy mashg‘ulot jarayonlari muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanishda o‘zaro uyg‘unlashgan «Tayanch masala»li uslublar ketma-ketligi yondoshuvini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari malakasini oshirish tizimining o‘quv-metodik ta’minoti kreativlik, hissiy-emotsionallik, kommunikativlik darajalariga yo‘naltirilgan dasturiy vositalardan foydalanish uslublariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim tizimi aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida fanlarni axborot texnologiyalariga asoslangan innovatsion dasturiy-didaktik majmualar yordamida o‘qitishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning o‘quv sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan dasturiy-didaktik majmualar tarkibi amaliy dasturiy mahsulotlarning o‘quv jarayonini loyihalashdagi dasturiy imkoniyatlar (vizuallashtirish, analitik hisoblash va boshq.) asosida takomillashtirishga oid tavsiya va takliflaridan 2007-2011 yillarda bajarilgan XT-F8-025 raqamli «Pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha psixologik-pedagogik diagnostika nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish strategiyasi» mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi 89-03-3956-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagog kadrlarda ijodiy fikrlash, tanqidiy baholash, individuallik hamda kreativlik kabi sifatlarini shakllantirish jarayoniga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
axborot ta’lim muhitida talabalarning individual o‘quv faoliyatiga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlari tuzilmasi mashg‘ulot bosqichlariga mos mantiqiy funksiya kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi o‘quv rejalari va dasturlarini hamda «Oliy ta’limda matematika fanlarini o‘qitish metodikasi», «Elektron pedagogika va pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini loyihalash» va «Ta’limda ilg‘or axborot kommunikatsiya texnologiyalari» modullari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi 89-03-3956-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv dasturlari va ishlanmalar oliy ta’limda matematika fanlarini o‘qitish jarayonlarini modernizatsiyalash, professor-o‘qituvchilarning zaruriy kasbiy tayyorgarliklarini rivojlantirish, amaliy va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan;
muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanishda o‘zaro uyg‘unlashgan «Tayanch masala»li uslublar ketma-ketligi yondoshuvini qo‘llash asosida «Algebra va sonlar nazariyasi» fanining nazariy va amaliy mashg‘ulot jarayonlarida dasturiy-didaktik majmua va tavsiyalardan foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 noyabrdagi 89-03-3956-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimida o‘qitishning interfvol uslublarni axborot texnologiyalari bilan tutashtirish orqali o‘qitish samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratgan.