Dadajonova Dilbar Abdurashidovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “ Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘zini-o‘z rivojlantirish kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi ”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Nazarov Sardor Xasanovich. pedagogika fanlari bo‘yicha doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodir Boqijonovich, Pedagogika fanlari doktori(DSc), dotsent; Ruziev Xurshid Abdualimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasasi talabalarining o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari shaxsiy mustaqil ta’lim olish, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, madaniyatlararo muloqot hamda kasbiy-ta’lim muhitida shaxsda sodir bo‘ladigan sub’ektivlik yo‘nalishlarini korreksiyalash, individuallik va harakatlarni birga modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish modeli maqsad, ijtimoiy buyurtma, kontent-tashkiliy - pedagogik imkoniyatlariga shart-sharoitlarni yaratish bosqichlari, ilmiy yondashuvlar hamda tamoyillar, texnologik shakl, metod va vositalarni, baholash komponentlar, mezon, daraja va kutilayotgan natijalarni uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillshtirlgan;
chet (nemis) tilini o‘qitish jarayonida talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish metodikasi KS—kommunikativer sprachunterricht, AS—aufgabenbasierter sprachunterricht, PL- projektbasiertes lernen va reflektiv til o‘qitishning zamonaviy metodlari hamda shakl va vositalar adekvatligini bosqichma-bosqich aniqlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish samaradorligi diagnostika qilish imkonini beruvchi mezonlar motivasion, faoliyat, refleksiv va ko‘rsatkichlar hamda talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirishni individuallashtirish va ijtimoiylashtirish jarayonlari mutanosibligini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari shaxsiy mustaqil ta’lim olish, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, madaniyatlararo muloqot hamda kasbiy-ta’lim muhitida shaxsda sodir bo‘ladigan sub’ektivlik yo‘nalishlarini korreksiyalash, individuallik va harakatlarni birga modellashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Deustch fur alle” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8 martdagi 11-05-2970/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirishning psixologik va pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish modeli maqsadli, ijtimoiy buyurtma, kontent-tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarni yaratish bosqichlari, ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, texnologik shakl, metod va vositalar, baholash komponentlari, mezon, daraja va kutilayotgan natija asosida aniqlanishiga doir takliflardan “Deustch fur alle” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8 martdagi 11-05-2970/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasining didaktik modeli takomillashtirilgan.
chet (nemis) tilini o‘qitish jarayonida talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish metodikasi KS—kommunikativer sprachunterricht, AS—aufgabenbasierter sprachunterricht, PL- projektbasiertes lernen va reflektiv til o‘qitishning zamonaviy metodlari hamda shakl va vositalar adekvatligini bosqichma-bosqich aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Deustch fur alle” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8 martdagi 11-05-2970/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi yondashuvlar, tamoyillar va o‘zini-o‘zi anglashning metodik tizimini takomillashtirish imkoni amalga oshirilgan;
talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish samaradorligi diagnostika qilish imkonini beruvchi mezonlar motivasion, faoliyat, refleksiv va ko‘rsatkichlar hamda talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirishni individuallashtirish va ijtimoiylashtirish jarayonlari mutanosibligini aniqlashga oid tavsiyalardan “Deustch fur alle” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8 martdagi 11-05-2970/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasining baholash mezonlari va pedagogik vositalarni takomillashtirish imkoni amalga oshirilgan.