Abduraxmonova Noila Nasim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped4069.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020. Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abdazimov Azizjon Abdusabirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasining pedagogik imkoniyatlari didaktik mazmunni ta’limiy maqsadlarga dinamik moslashtirish, muammoli vaziyatlarni bartaraf etishda adabiyotlar bilan ishlash qobiliyatidan samarali foydalanish hamda ijodiy yondashuvli rivojlantiruvchi faoliyatini shaxs ijodiy faolligiga ko‘ra individuallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli o‘zini o‘zi kasbiy–shaxsiy rivojlantirish, shaxsiy-motivatsion yo‘naltirishga doimiy ustuvorlik berish hamda intellektual qobiliyatlarni jadal rivojlantiruvchi muammoli ta’lim texnologiyalaridan effektiv foydalanishga vektorli ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi turli manbalardagi ma’lumotlarni qiyosiy qayta ishlash, xulosalar chiqarishga mustaqil yo‘naltirish hamda motvatsion-kognitiv, jarayonli-integrativ mezonlarning natijadorligi yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan pedagogik mikromuhitni maqsadli yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi o‘rgatish jarayoni integrativ-fasilitatsion ta’lim strategiyalariga doir o‘quv topshiriqlarining intensiv majmuasini rivojlantiruvchi frontal, guruh, individual shakllarni ta’limiy maqsadga mos intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasining pedagogik imkoniyatlari didaktik mazmunni ta’limiy maqsadlarga dinamik moslashtirish, muammoli vaziyatlarni bartaraf etishda adabiyotlar bilan ishlash qobiliyatidan samarali foydalanish hamda ijodiy yondashuvli rivojlantiruvchi faoliyatini shaxs ijodiy faolligiga ko‘ra individuallashtirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-sentyabrdagi 11-05-4976 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli o‘zini o‘zi kasbiy–shaxsiy rivojlantirish, shaxsiy-motivatsion yo‘naltirishga doimiy ustuvorlik berish hamda intellektual qobiliyatlarni jadal rivojlantiruvchi muammoli ta’lim texnologiyalaridan effektiv foydalanishga vektorli ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-sentyabrdagi 11-05-4976 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalari didaktik-o‘yinli topshiriqlar asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi turli manbalardagi ma’lumotlarni qiyosiy qayta ishlash, xulosalar chiqarishga mustaqil yo‘naltirish hamda motvatsion-kognitiv, jarayonli-integrativ mezonlarning natijadorligi yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan pedagogik mikromuhitni maqsadli yaratish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-sentyabrdagi 11-05-4976 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalari didaktik muhitda rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi o‘rgatish jarayoni integrativ-fasilitatsion ta’lim strategiyalariga doir o‘quv topshiriqlarining intensiv majmuasini rivojlantiruvchi frontal, guruh, individual shakllarni ta’limiy maqsadga mos intensiv qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar“Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-sentyabrdagi 11-05-4976 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini an’anaviy kommunikativ metodlarning elektron didaktik vositalar bilan uzviy aloqasini ta’minlash asosida metodik tayyorgarligi takomillashtirilgan.