Jabbarova Charos Aminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Majburiyatlar hisobini takomillashtirish”. 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2794
Ilmiy rahbar: Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tuychiev Alisher Jo‘raevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Agrar universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi majburiyatlar buxgalteriya hisobini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha baholangan majburiyatni kafolatli servis muddati kelgunga qadar – kelgusi davr xarajatlari sifatida, majburiyatni so‘ndirish muddati kelgan davrda – xarajat sifatida tan olish taklifi asoslangan;
soliq majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun kechiktirilgan soliq majburiyatining joriy qismini “Kechiktirilgan soliq majburiyatlari-joriy qismi”, uzoq muddatli qismini “Kechiktirilgan soliq majburiyatlari-uzoq muddatli qismi” ishchi schyotlarini ochish hamda ushbu schyotlarni amaliy qo‘llagan holda yuritish bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari tizimi taklif etilgan;
kafolatli ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha baholangan majburiyatlar - uzoq muddatli qismini 7940-Kafolatli ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha baholangan majburiyatlar (uzoq muddatli qismi) schyotini ochish hamda yuritish tartibi taklif etilgan;
maqsadli soliq imtiyozlari va subsidiyalar ma’lum shartlarni bajarishni talab qilishini inobatga olgan holda, shartlar bajarilgunga qadar baholangan majburiyat tarkibida hisobga olish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda majburiyatlar buxgalteriya hisobini takomillash-tirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha baholangan majburiyatni kafolatli servis muddati kelgunga qadar – kelgusi davr xarajatlari sifatida, majburiyatni so‘ndirish muddati kelgan davrda – xarajat sifatida tan olish taklifi «Urganch yog‘-moy» AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan («Urganch yog‘-moy» AJning 2024 yil 3 iyundagi 5-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi noma’lum daromadlar va xarajatlarni muvofiqligini ta’minlash bilan birga majburiyatlar hisobini to‘g‘ri va to‘liq yuritilishini ta’minlagan;
soliq majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun kechiktirilgan soliq majburiyatining joriy qismini “Kechiktirilgan soliq majburiyatlari-joriy qismi”, uzoq muddatli qismini “Kechiktirilgan soliq majburiyatlari-uzoq muddatli qismi” ishchi schyotlarini ochish hamda ushbu schyotlarni amaliy qo‘llagan holda yuritish bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari tizimidan foydalanish taklifi «Urganch yog‘-moy» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Urganch yog‘-moy» AJning 2024 yil 3 iyundagi 5-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida soliq majburiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliqqa aloqasi bo‘lmagan schyotlarda yuritishdagi nomuvofiqlik bartaraf etilib, soliq majburiyati to‘g‘risidagi axborotlarning foydalilik darajasi oshgan;
kafolatli ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha baholangan majburiyatlar - uzoq muddatli qismini 7940-Kafolatli ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha baholangan majburiyatlar (uzoq muddatli qismi) schyotini ochish hamda yuritish tartibidan foydalanish taklifi «Urganch yog‘-moy» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Urganch yog‘-moy» AJning 2024 yil 3 iyundagi 5-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida majburiyatlar tarkibi bo‘yicha hisob yuritish aniq bo‘lishi, majburiyat va kapital o‘z mohiyatiga ko‘ra turkumlanishi ta’minlangan;
maqsadli soliq imtiyozlari va subsidiyalar ma’lum shartlarni bajarishni talab qilishini inobatga olgan holda, shartlar bajarilgunga qadar baholangan majburiyat tarkibida hisobga olish taklifi «Urganch yog‘-moy» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Urganch yog‘-moy» AJning 2024 yil 3 iyundagi 5-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi maqsadli soliq imtiyozlari va subsidiyalar ma’lum shartlar bajarilgunga qadar baholangan majburiyat tarkibida hisobga olish orqali hisob va hisobotda to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlagan.