Raxmonberdiev Islombek Ilxom o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Samuel Xantington qarashlarida sivilizatsiyalararo muloqot va raqobat tendensiyasi ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal994
Ilmiy rahbar: Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abidjanov Alisher Sohibovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pefagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samuel Xantington qarashlarida sivilizatsiyalararo muloqot va raqobat jarayonlari, ularning oqibatlari, xususan uning “Sivilizatsiyalar to’qnashuvi va jahon tartibini qayta tiklash” asarida yoritilgan falsafiy qarashlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil, tadqiq va ilmiy xulosalar qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Globalizm va immigratsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sivilizatsiyalararo tafovut, milliy o’ziga xoslikni saqlash hamda madaniy xilma-xillikni qabul qilish o’rtasidagi ziddiyat immigratsiyaga oid munozaralarda markaziy masala bo’lib qolishi ochib berildi;
Sivilizatsiyalararo muloqotda til aspekti – global lingua frankaning (xalqaro maydonda keng qo’llaniladigan til) savdo, diplomatiya va madaniy aloqalarni osonlashtirishi bilan birga madaniy assimilyasiya natijasida dominant tilni o’rnatish orqali keladigan nizolar potensiali borligi ilmiy asoslandi;
Demografik tendensiyalarni global kuch dinamikasi o’zgarishi kontekstida milliy va madaniy o’ziga xoslik, ijtimoiy hamjihatlik va barqarorlik, madaniy uyg‘unlikni saqlab qolishda potensial xavfliligi aniqlandi;
Sivilizatsiyaviy ongning diniy-e’tiqod bilan ko’proq identifikatsiyalanishi, bu esa sivilizatsiyaviy raqobatni kuchayishiga hamda turli madaniy birliklar o’rtasidagi nizolar potensialiga sabab bo’lishi empirik tahlil asosida xulosalandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samuel Xantington sivilizatsiyalar to’qnashuvi nazariyotchisi sifatida ijtimoiy-falsafiy qarashlari tadqiqi bo’yicha olingan ilmiy izlanishning quyidagi natijalari amaliyotga joriy qilingan:
Globalizm va immigratsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sivilizatsiyalararo tafovut, milliy o‘ziga xoslikni saqlash hamda madaniy xilma-xillikni qabul qilish o‘rtasidagi ziddiyat immigratsiyaga oid munozaralarda markaziy masala bo‘lib qolishi ochib berildi. Bu jarayonlar globallashuv fonida madaniy identifikatsiyaning zaiflashuvi va ijtimoiy fragmentatsiya xavfini kuchaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu bois, zamonaviy jamiyatlarda milliy g‘oyaviy barqarorlik va tashqi madaniy ta’sirlarga nisbatan mustahkam immunitetni shakllantirish strategik zaruratga aylanmoqda.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Samuel Xantingtonning “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” nazariyotchisi sifatidagi ijtimoiy-falsafiy qarashlari tadqiqi bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar asosida shakllantirildi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning ravnaqi va taraqqiyotiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan ma’naviy xurujlar oldini olish barobarida, Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish hamda globallashgan dunyoda milliy imidjimizni tashqi g‘oyaviy tahdidlardan xalqaro munosabatlarda himoya qilish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari sifatida asoslab berildi. Mazkur ilmiy xulosalar O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi faoliyatiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Axborot agentligi 2024-yil 29-avgustdagi 01-23/971-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda Samuel Xantington-ning “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi va yangilangan dunyo tartiboti” asarini o‘rganish-ga doir uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
Sivilizatsiyalararo muloqotda til aspekti alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, global lingua frankaning (xalqaro maydonda keng qo‘llaniladigan til) savdo, diplomatiya va madaniy aloqalarni osonlashtirishdagi roli bilan birga, u madaniy assimilyasiya natijasida dominant tilni o‘rnatish orqali nizolar potensialini keltirib chiqarishi mumkinligi ilmiy asoslandi. Shu boisdan, yoshlar bilan ishlashda til siyosati va madaniy muvozanatni hisobga olgan holda, ularning madaniy-milliy identifikatsiyasini asrab-avaylash va global kommunikatsion muhitda sog‘lom raqobatbardoshlikni ta’minlash strategik ahamiyat kasb etadi.Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashda ularning g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetini shakllantirish, demografik jihatdan jadal sur’atda o‘sib borayotgan o‘zbek yoshlari qatlamini zamon talabiga mos bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish orqali nafaqat mahalliy, balki dunyo mehnat bozorida talabgir qilishga qaratilgan amaliy ishlarda, shuningdek, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda yoshlar intellektual salohiyati dinamikasi tizimlashtirilib, innovatsion echimlar istiqbolini prognozlash haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari agentligi faoliyatiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari agentligi 2024-yil 5-sentyabrgi 2-13-21-4629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda Samuel Xantingtonning “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi va yangilangan dunyo tartiboti” asarida ilgari surilgan g‘oyalarning mamlakatimiz yoshlar siyosatiga oid dasturida keltirilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan.
Demografik tendensiyalarni global kuch dinamikasi o‘zgarishi kontekstida milliy va madaniy o‘ziga xoslik, ijtimoiy hamjihatlik va barqarorlik, madaniy uyg‘unlikni saqlab qolishda potensial xavf tug‘dirishi aniqlanib, ushbu omillar uzoq muddatli sivilizatsiyaviy barqarorlikka tahdid solishi mumkinligi nazariy-empirik tahlil asosida asoslab berildi. Bu holat demografik o‘sishning shunchaki son jihatdan emas, balki u bilan birga keladigan ijtimoiy va madaniy muvozanatga ta’siri nuqtai nazaridan ham tahlil qilinishi lozimligini ko‘rsatadi.Mazkur tadqiqot ishining amaliy approbatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2020–2024-yillarga mo‘ljallangan saylov oldi dasturining “Faol va manfaatli tashqi siyosat olib borishni rivojlantirish sohasida” nomli V bobi hamda “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash sohasida” nomli VI bobi bilan uyg‘undir. Shuningdek, dissertatsiyada ilgari surilgan konstruktiv g‘oyalar, metodologik taklif va tavsiyalar partiya faoliyatiga kiritilib, bugungi kunda jamiyat hayotida partiyaning o‘rni va ta’sirini kuchaytirishga, hamda uning xolisona va haqqoniy fikr erkinligidagi ilmiy-nazariy manba sifatidagi rolini oshirishga xizmat qilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiyasi 2024-yil 11-sentyabrdagi 02/05-53-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda Samuel Xantingtonning “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi va yangilangan dunyo tartiboti” asarida mamlakatimiz madaniy va ma’naviy boyliklarini avaylab asrashga oid joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarida qo‘llanilgan.
Sivilizatsiyaviy ongning diniy-e’tiqod bilan ko‘proq identifikatsiyalanishi, bu esa sivilizatsiyaviy raqobatni kuchaytirish bilan birga, turli madaniy birliklar o‘rtasidagi nizolar potensialiga sabab bo‘lishi empirik tahlil asosida xulosalandi. Bunday holatlar zamonaviy jamiyatlarda diniy e’tiqod va madaniy tafovutlarga nisbatan barqarorlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan yondashuvlarning zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot ishi doirasida respublikada ma’naviyat va ekstremizmga qarshi ma’rifat asosida kurash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni doimiy kuchaytirib borishga doir takliflarning ijrosi yuzasidan mazkur tadqiqot ishi materiallaridan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-Ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-Ma’naviy tadqiqotlar instituti 2024-yil 25-noyabrdagi 423-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda Samuel Xantingtonning “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi va yangilangan dunyo tartiboti” asarida mamlakatimiz-da diniy tolerantlik haqida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada ma’ruza va tezis ko‘rinishida muhokama qilingan.