Kayumova Polina Muxamadievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «An’anaviy buyrak operatsiyalarida mul`timodal anesteziyaning tarkibiy qismi sifatida umurtqani tik tutadigan mushaklar fassiyasi blokadasi samaradorligi» 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.1.PhD/Tib3439.
Ilmiy rahbar: Musabaev Anvar Nilovich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy urologiya tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Xura Nuritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Matlubov Mansur Muratovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: I.M. Sechenov nomidagi Birinchi sonli Moskva davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: an’anaviy buyrak operatsiyalarida umurtqani tik tutadigan mushaklar fassiyasi blokadasini qo‘llash orqali mul`timodal anesteziyani optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
An’anaviy buyrak operatsiyalarida mul`timodal anesteziyaning tarkibiy qismi sifatida umurtqani tik tutadigan mushaklar fassiyasi blokadasining (ESP) samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan.
ESP blokini qo‘llash intraoperatsion va operatsiyadan keyingi og‘riq darajasini sezilarli darajada pasaytirishga, opioid va nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari hamda paratsetamol iste’molini kamaytirishga, shuningdek ko‘ngil aynishi va qusish holatlari chastotasi, hamda kuchini pasaytirishga yordam berishi aniqlangan.
ESP blokadasi uchun mahalliy anestetik bupivakainning optimal doza va hajmlari aniqlangan.
Tadqiqot doirasida buyrakdagi an’anaviy operatsiyalarda ESP blokadasining iqtisodiy samaradorligini baholash o‘tkazilgan, uning asosida ushbu bemorlar kontingentini davolash xarajatlarini kamaytirish orqali uning sezilarli iqtisodiy foydasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
An’anaviy buyrak operatsiyalarida mul`timodal anesteziyaning tarkibiy qismi sifatida umurtqani tik tutadigan mushaklar fassiyasi blokadasi samaradorligi natijalarini optimallashtirishda olingan ilmiy natijalarga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: an’anaviy buyrak operatsiyalarida mul`timodal anesteziyaning tarkibiy qismi sifatida umurtqani tik tutadigan mushaklar fassiyasi blokadasining samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan. «Buyraklardagi ochiq operatsiyalarda mul`timodal` anesteziyaning komponenti sifatida tananing orqa tomonni tiklovchi mushakni blokada qilish usuli Erector Spinae Plane (ESP)» nomli uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan va joriy etilgan (O‘zR SSV «RIUIATM» DM ning 2024 yil 01 martdagi 01-03-007/m-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi («RIUIATM» DM) ni jarrohlik-anesteziologiya bo‘limlariga (20.03.2024 yildagi 25 I son ma’lumotnoma) va Xorazm (25.04.2024 yildagi 25 I -son ma’lumotnoma) hamda Farg‘ona filiallarining (05.08.2024 yildagi 59 V-son ma’lumotnoma) amaliy faoliyatiga joriy etilgan, (O‘zR sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/41-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi. Yuqorida ko‘rsatilgan shifoxonalarning anesteziolog-reanimatologlari amaliyotiga ushbu mintaqaviy blokada usulini joriy etish operatsiyadan keyingi dastlabki 24 soat ichida bemorlarning 75% da og‘riq intensivligini minimal darajaga tushirish imkonini bergan, bu esa hayot sifatini va davolanishdan qoniqishni yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi. Jarrohlik aralashuvlar hajmi va asoratlar mavjudligiga qaramasdan, bemorlarning shifoxonada qolish xarajatlarini kamaytirishda namoyon bo‘ladi. Davolashning o‘rtacha davomiyligi 5 kunga (902000 so‘m) nisbatan 4 kunni (721600 so‘m) tashkil etgan, bu esa xarajatlarni 180400 so‘mga kamaytirishga olib kelgan. Xarajatlar farqi 180400 so‘mni tashkil etgan, bu esa xarajatlarni optimallashtirish va tibbiy yordam samaradorligini oshirish uchun ESP blokidan foydalanishning maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: An’anaviy buyrak operatsiyalarida umurtqani tik tutadigan mushaklar fassiyasi blokadasining samaradorligi aniqlangan, u intraoperatsion va operatsiyadan keyingi og‘riqni, anal`getiklar iste’molini hamda ko‘ngil aynishi va qaytish kabi nojo‘ya ko‘rinishlar chastotasini kamaytirishda namoyon bo‘lib, ushbu usulni mul`timodal anesteziyani yanada takomillashtirish uchun istiqbolli deb baholash imkonini bergan. «Buyraklarda ochiq operatsiyalarda mul`timodal` anesteziyaning tarkibiy qismi sifatida orqa tomonni tiklovchi mushakni blokada qilish usuli Erector Spinae Plane (ESP)» uslubiy tavsiyalar asoslangan, ishlab chiqilgan va joriy etilgan (O‘zR SSV «RIUIATM» DM ning 2024 yil 01 martdagi 01-03-007/m-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi («RIUIATM» DM) ni (20.03.2024 yildagi 25 I son ma’lumotnoma) va Xorazm (25.04.2024 yildagi 25 I -son ma’lumotnoma) hamda Farg‘ona filiallarining (05.08.2024 yildagi 59 V-son ma’lumotnoma) jarrohlik-anesteziologiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi. ESP blokidan foydalanish anal`getiklarni iste’mol qilishni kamaytiradi va ko‘ngil aynishi va qayt qilish kabi nojo‘ya ko‘rinishlarning chastotasini 90% ga kamaytirgan, bu esa bemorlarning hayot sifatini va davolanishdan qoniqishini yaxshilashga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi. Og‘riq qoldiruvchi dori vositalarining xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishda namoyon bo‘lgan. Operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirish narxi Promedol (286377 so‘mdan 51401 so‘mgacha), Diklofenak (13850 so‘mdan 12650 so‘mgacha) va Paratsetamol (240366 so‘mdan 40073 so‘mgacha) xarajatlarini o‘z ichiga olgan holda 540593 so‘mdan 104124 so‘mgacha kamaygan. Umumiy tejamkorlik 439469 so‘mni tashkil etgan, bu og‘riq qoldiruvchi vositalarni iste’mol qilishni kamaytirish orqali ESP blokini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: ESP blokadasi uchun mahalliy anestetikning turli dozalari (125 mg va 150 mg bupivakain) o‘rganilgan, bu esa operatsiyadan keyingi samarali og‘riqsizlantirish va nojo‘ya ta’sirlarni minimallashtirishni ta’minlaydigan optimal dozalar hajmlarni aniqlash imkonini bergan. «Buyraklarda ochiq operatsiyalarda mul`timodal` anesteziyaning tarkibiy qismi sifatida orqa tomonni tiklovchi mushakni blokada qilish usuli Erector Spinae Plane (ESP)» uslubiy tavsiyalar tayyorlangan, ilmiy asoslangan va joriy etilgan (O‘zR SSV «RIUIATM» DM ning 2024 yil 01 martdagi 01-03-007/m-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi («RIUIATM» DM) ni (20.03.2024 yildagi 25 I son ma’lumotnoma) va Xorazm (25.04.2024 yildagi 25 I -son ma’lumotnoma) hamda Farg‘ona filiallarining (05.08.2024 yildagi 59 V-son ma’lumotnomasi, O‘zR sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/41-son ma’lumotnomasi) jarrohlik-anesteziologiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga muvaffaqiyatli realizatsiya qilingan. Ijtimoiy samaradorligi. Bupivakain (125 mg va 150 mg) dozalarini taqqoslash gemodinamik ko‘rsatkichlarning barqarorligini saqlab qolgan holda operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirishni ta’minlashda bir xil samaradorlikni ko‘rsatgan. Kichikroq dozani (125 mg) qo‘llash toksik ta’sirlar va nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytiradi, davolash xavfsizligi va qulayligini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi. Bupivakainning turli xil dozalarini (125 mg va 150 mg) o‘rganish 125 mg ning optimal dozasini aniqlashga imkon bergan, bu esa dori vositalariga kamroq sarf-xarajatlar bilan operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirishning xuddi shunday darajasini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: an’anaviy buyrak operatsiyalarida ESP blokadasi samaradorligi va xavfsizligini kompleks baholash, shu jumladan anal`getiklar xarajatlari, bemorlarning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida, shuningdek, statsionarda bo‘lish muddati tahlili o‘tkazilgan, bu esa ushbu usulning operatsiyadan keyingi davrga ta’siri haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini bergan. «Buyraklarda ochiq operatsiyalarda mul`timodal` anesteziyaning tarkibiy qismi sifatida orqa tomonni tiklovchi mushakni blokada qilish usuli Erector Spinae Plane (ESP)» uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan va joriy etilgan (O‘zR SSV «RIUIATM» DM ning 2024 yil 01 martdagi 01-03-007/m-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi («RIUIATM» DM) ni (20.03.2024 yildagi 25 I son ma’lumotnoma) va Xorazm (25.04.2024 yildagi 25 I -son ma’lumotnoma) hamda Farg‘ona filiallarining (05.08.2024 yildagi 59 V-son ma’lumotnomasi), (O‘zR sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/41-son ma’lumotnomasi) jarrohlik-anesteziologiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga samarali integratsiya qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Anal`getiklar uchun moliyaviy harajatlarni kamaytirish va bemor hamda uning oilasining umumiy kasalxonada qolishidan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: Bemorlarning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida bo‘lish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishdan iborat. RITB da bo‘lishning o‘rtacha davomiyligi 2,88 ± 0,17 soatni tashkil etgan, bu 10,89 ± 3,51 soatga nisbatan sezilarli darajada past bo‘lgan. ESP-blokni qo‘llash og‘riqsizlantirish xarajatlarini 436469 so‘mga kamaytirish imkonini bergan. Shifoxonada davolanishning o‘rtacha davomiyligini 5 kundan 4 kungacha qisqartirish xarajatlarni 180400 so‘mga (902000 so‘mdan 721600 so‘mgacha) kamaytirish imkonini bergan. ESP blokadasi nafaqat og‘riqsizlantirish samaradorligini oshirgan va bemorlarning tiklanishini tezlashtirgan, balki davolash uchun moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga imkon bergan.