O‘rinov Shuhrat Suyunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi”( Radioelektronika fani misolida), 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped5202.
Ilmiy rahbar: Eshbekova Sanobar Omonliqovna, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Yarmatov Rahimboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan foydalanib talabalarning loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari Multisim, Electronics Workbench kabi raqamli texnologiyalarga ustuvorlik bergan holda, asosiy fizik qonun va prinsiplami radiotexnik sxemalarga qo‘llashni mazmunan muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirishning metodik modeli maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan bashoratlash funksiyasini ta’limni boshqarishning Deming sikliga moslashuvini ta’minlash orqali talabada ilmiy bilimning obektiv qarama-qarshiligini engishga yo‘naltiruvchi dialektik rivojlanishini algoritmik tizimlashtirish natijasida ishlab chiqilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning radioelektronikadan loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirishning gnoseologik, metodologik, didaktik ilmiy va o‘quv bilish metodikalari empirik asosdan nazariy yadroga undan dialektik natijaga yo‘naltirilgan nazariy umumlashmalar, zamonaviy paradigma va metodologiyalarni aniqlashtirish orqali operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlarni qayta tiklash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni loyihalash, konstruktorlik, yaratuvchanlik, tadqiqotchilik kabi muhandislik mutaxassisligiga xos sifatlarini, radioelektronikaga doir amaliy tayyorgarligini hamda loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllanganlik darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv mezonlari kompetentlik komponentlarini optik-spektral kenglikda nazariy umumlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirish (Radioelektronika fani misolida) bo‘yisha olingan ilmiy natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan foydalanib talabalarning loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari Multisim, Electronics Workbench kabi raqamli texnologiyalarga ustuvorlik bergan holda, asosiy fizik qonun va prinsiplami radiotexnik sxemalarga qo‘llashni mazmunan muvofiqlashtirish asosida takomillashtirshga oid tavsiyalar “Mexanika va molekulyar fizika” asoslari nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-son buyruq, №68-682 raqamli guvohnoma). Mazkur ta’minlangan didaktik shart-sharoitlar talabalarni loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirishning metodik modeli maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan bashoratlash funksiyasini ta’limni boshqarishning Deming sikliga moslashuvini ta’minlash orqali talabada ilmiy bilimning obektiv qarama-qarshiligini engishga yo‘naltiruvchi dialektik rivojlanishini algoritmik tizimlashtirish natijasida ishlab chiqishga doir takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqotlar rejasining “AIF 1/4-Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.)” mavzusidagi xalqaro loyihasida foydalanilgan. Natijada ishlab chiqilgan metodik model talabalarning loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning radioelektronikadan loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirishning gnoseologik, metodologik, didaktik ilmiy va o‘quv bilish metodikalari empirik asosdan nazariy yadroga undan dialektik natijaga yo‘naltirilgan nazariy umumlashmalar, zamonaviy paradigma va metodologiyalarni aniqlashtirish orqali operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlarni qayta tiklash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Fizika” nomli o‘quv qo‘llanma 
mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-son buyruq, №391228 raqamli guvohnoma). Natijada ishlab chiqilgan metodika va baholash mezonlari talabalarning loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirishga va pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifat darajasini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish