Aralov Muzaffar Muxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Topografik chizmachilik fanini o‘qitishda bo‘lajak muhandislarning grafik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi” (Texnika oliy ta’lim muassasalari misolida), 13.00.02 –“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4457.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi topografik chizmachilik fanini o‘qitishda bo‘lajak muhandislarning grafik tayyorgarligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni grafik tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini ta’minlash hamda gorizontal va vertikal o‘lchashlarda teodolit, stereo, kompasli va raqamli geodezik-topografik metodlarni didaktik umumlashtirish orqali geofazoviy, geoaxborot tizimlarda topografik va kartografik asosni yaratish va yangilash imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
topografik chizmachilik faniga doir geodezik, kartografik va kadastr ishlarini fazoviy va 3D modellashtirishning uslubiy-didaktik ta’minoti va talabalarning grafik tayyorgarligini rivojlantirishning metodik modeli maqsad, mazmun, jarayon, tashxislash va natija komponentlar uzviyligida hamda raqamli texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarning grafik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi AutoCAD, ArcGIS, Sasplanet, Google Earth Pro, GIS raqamli texnologiyalarda mujassamlashgan didaktik innovatsion muhitida topografik-geodezik, aerofotosyomka, fotogrammetrik ishlarni yuritishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish hamda raqamli texnologik, sun’iy intellekt va sun’iy yo‘ldosh navigatsiya vositalari majmuida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning grafik tayyorgarligini rivojlanganlik darajalarini motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv baholash mezonlari dala sharoitida geodezik o‘lchash, aerokosmik kuzatish, gvarimetrik va fotogrametrik o‘lchash natijalarini statistik qayta ishlashni bajarishga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Topografik chizmachilik fanini o‘qitishda bo‘lajak muhandislarning grafik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni grafik tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini ta’minlash hamda gorizontal va vertikal o‘lchashlarda teodolit, stereo, kompasli va raqamli geodezik-topografik metodlarni didaktik umumlashtirish orqali geofazoviy, geoaxborot tizimlarda topografik va kartografik asosni yaratish va yangilash imkoniyatlari aniqlashtirishga doir takliflar “Topografiya, kartografiya va GIS” nomli darslik hamda “Kartalarni loyihalash va tuzish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 7-yanvar 2025-yildagi 02-01-01-3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar talabalarning grafik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
topografik chizmachilik faniga doir geodezik, kartografik va kadastr ishlarini fazoviy va 3D modellashtirishning uslubiy-didaktik ta’minoti va talabalarning grafik tayyorgarligini rivojlantirishning metodik modeli maqsad, mazmun, jarayon, tashxislash va natija komponentlar uzviyligida hamda raqamli texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqishga doir takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 7-yanvar 2025-yildagi 02-01-01-3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur model bo‘lajak muhandislarning grafik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning grafik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi AutoCAD, ArcGIS, Sasplanet, Google Earth Pro, GIS raqamli texnologiyalarda mujassamlashgan didaktik innovatsion muhitida topografik-geodezik, aerofotosyomka, fotogrammetrik ishlarni yuritishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish hamda raqamli texnologik, sun’iy intellekt va sun’iy yo‘ldosh navigatsiya vositalari majmuida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Er va bino inshootlar xatlovi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 7-yanvar 2025-yildagi 02-01-01-3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodika va baholash mezonlari topografik ta’lim sifati va pedagogik tajriba-sinov samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish