Xamraev Mirali Muxammadjonovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’limda nazariya va amaliyot integratsiyasini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish texnologiyasi”.  13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04
Ilmiy rahbar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli kengash asosidagi bir martalik kengash.  
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Mamanazarova Nargiza Kamildjanovna,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Baxronova Zubayda Saidovna
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda nazariya va amaliyot integratsiyasini boshqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limda nazariya va amaliyot integratsiyasini boshqarish shaxsning kasbiy  madaniyatini  refleksiv hamda sinergetik (abstrakt ilmiy fikrlay olish; ilmiy intellektni boshqarish, ilmiy munosabat bildira olish) rivojlanish darajalariga ko‘ra aniqlashtirilgan; 
oliy ta’limda nazariya va amaliyot integratsiyasini boshqarish modeli o‘quv jarayonidagi prognostik, transformatsion, kreativ funksiyalarni belgilovchi (mustaqil faol izlanish va o‘rganish, ilmiy va amaliy faoliyat bilan ichki integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan) innovatsion-ta’limiy muhit barqarorligiga erishish shartlarini ishlab chiqish asosida  takomillashtirilgan;
o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishning (fundamental bilimlarga ega bo‘lish, ilmiy ong va kreativ fikrlash madaniyatini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallash) aksiomatik usullari imkoniyatlarini kasbiy faoliyatga moslashtirishni aniqlovchi pedagogik mezonlar asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’limda nazariya va amaliyot integratsiyasini boshqarishning tashkiliy-pedagogik tizimini rivojlantirish modeli integratsiyalashgan ta’lim shakllarini qo‘llash hamda mantiqiy tizim asosida ifodalash imkoniyatlarini qiyosiy baholash asosida takomillashtirilgan hamda samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda nazariya va amaliyot integratsiyasini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’limda nazariya va amaliyot integratsiyasini boshqarish modeli o‘quv jarayonidagi prognostik, transformatsion, kreativ funksiyalarni belgilovchi (mustaqil faol izlanish va o‘rganish, ilmiy va amaliy faoliyat bilan ichki integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan) innovatsion-ta’limiy muhit barqarorligiga erishish shartlarini ishlab chiqish asosida  takomillashtirilgan tavsiyalar “Oliy ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”ni joriy qilish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining 2024-yil 24-dekabrdagi 02/13-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu tavsiyalar pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda qo‘llangan; 
o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishning (fundamental bilimlarga ega bo‘lish, ilmiy ong va kreativ fikrlash madaniyatini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallash) aksiomatik usullari imkoniyatlarini kasbiy faoliyatga moslashtirishni aniqlovchi pedagogik mezonlar asosida takomillashtirilgan takliflar (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 02/01-01-121 son ma’lumotnomasi). Natijada, bu ishlanmalar rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoni, o‘quv-metodik ta’minoti, o‘quv dasturlari hamda bakalavr va magistrlarga malaka talablari mazmunan takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’limda nazariya va amaliyot integratsiyasini boshqarishning tashkiliy-pedagogik tizimini rivojlantirish modeli integratsiyalashgan ta’lim shakllarini qo‘llash hamda mantiqiy tizim asosida ifodalash imkoniyatlarini qiyosiy baholash asosida takomillashtirilgan hamda samaradorligi aniqlangan natijalardan “PZ-202005336-raqamli Oila psixologiyasi fanidan multimedia mahsulotini yaratish" (2021-2022-yillarga mo‘ljallangan)” nomli grantda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 11-aprel 2025-yil, 2288-son ma’lumotnomasi) Natijada, mazkur grant talablarining bajarilishi va sifati oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish