Turotov Furkat Kuldosh o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

    I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuliy Tm3+, Evropiy Eu3+ va Terbiy Tb3+ ionlari bilan faollashtirilgan ittriyli granat va ittriyli ftorid kristallarining magnitooptik va optik xossalari”, 01.04.05 - Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/FM889.
    Ilmiy rahbar:    [Valiev Uygun Vahidovich]  fizika-matematika fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Eshchanov Baxodir Xudoyberganovich; fizika-matematika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim Raximov Raximbergan Yuldashevich.
    Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
    II. Tadqiqotning maqsadi. Ushbu dissertatsiya ishining maqsadi – Quyi simmetriyali kristall qobiqda uch valentli NY (Tb3+, Tm3+ va Eu3) ionlari energetik spektrida “kvazidublet” holatlarini aniqlash maqsadida granat va triftorid strukturalarida NY ionlarining optik va magnitooptik xususiyatlarini eksperimental tadqiq qilish hisoblanadi.
    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
          ilk marotaba TbF3 kristal optik spektrlarining tahlili asosida 4f→4f va 4f→5d o‘tishlar uyg‘otilishi ko‘rsatib berildi. Ularning energiyalari spektrning UB sohasida joylashgan bo‘lib ular spektrning ko‘rinadigan sohasida 4f→4f o‘tishlar 5D4→7F6 va 5D4→7F5 emission taqiqlangan elektrodipol yaqinlashishda intensiv polosalarining paydo bo‘lishiga olib kelishi tajribada aniqlandi;
        birinchi marta 90 K temperaturada sharoitida Tb3+ ionning 5D4  7F6 multipletlari Shtark sath ostilari orasidagi optik o‘tishlar bilan bog‘liq TbF3 kristalida o‘lchangan yutilish va fluoressensiya spektrlarini solishtirish asosida optik o‘tishlar sxemasi tuzildi va sath ostilari energiyalari hamda NY ioni multipletlaridagi kombinatsiyalanuvchi optik o‘tishlarda joylashishlari o‘rganildi;
        ilk marotaba Zeeman effekti tadqiqotlari asosida chiziqli qutblangan yorug‘lik nurining [001] kristallografik o‘qi bo‘ylab tashqi magnit maydoni [100] o‘qiga parallel bo‘lgan holda TbF3 kristalida yaxshi ajratilgan 7F6→ 5D4 dublet yutilish polosasining D = 10.7 sm-1 bo‘lgan dastlabki ajralishining kamayishiga olib kelishi tajribada aniqlandi; 
        boshqa eksperimental geometriyasida, H tashqi magnit maydoni 7F6 multipletining asosiy kvazidublet holatini ajralishiga olib kelmasligi aniqlandi. 20730 sm-1 energiyada kuzatiladigan yutilish chizig‘i Zeeman ajralishlariga duchor bo‘ladi va uning kattaligi H tashqi magnit maydon kuchlanganligi ortishi bilan ortadi, bu hol Cs  simmetriyasining kristal qobiqda nokramers NY – ioni magnitlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi ko‘rsarib berildi;
        birinchi marta Tm3+: YaG tulliy - ittriyli granat – alyuminat monokristalida magnitooptik (MSQL) va optik (lyuminessensiya) effektlari spektral bog‘lanishlari tahlili asosida YaG granat – alyuminatda 1G4→3H6, 1D2→3F4 va 1D2→3F3 lyuminessensiya polosalarida Tm3+ NY – ionining uyg‘otilgan 1D2, 3F4,3G4  va asosiy 3H6 multipletlarida “kvaziaynigan” holatlar mavjudligi tajribada aniqlandi. Tm3+ nokramers ionidagi taqiqlangan 4f → 4f o‘tishlar bilan bog‘liq lyuminessensiya polosalarida magnitooptik effektlar paydo bo‘lishi mexanizimlari ko‘rastib berildi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ushbu dissertatsiya ishi doirasida nodir er ionlarining optik xossalariga tashqi magnit maydoni ta’sini aniqlashdan: “Metall oksidlari bilan legirlangan silikatlardagi termoelektrik xususiyatlar va o‘z-o‘zini tashkil qilish jarayonlari” mavzusidagi Uzb-Ind-2021-78-raqamli qo‘shma fundamental tadqiqotlar loyihasi ilmiy-texnikaviy vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 01/11-2954-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalardan foydalanish silikat shishalarni metall oksidlari bilan legirlash jarayonida hosil bo‘luvchi nanokristallardagi struktura o‘tishlari optik xossalari, legirlangan silikat shishaning tarkibidagi NY metallari ionlarining elektr o‘tkazuvchanligi, optik xossalari va termoEYuK koeffisientiga ta’sirini o‘rganish imkonini bergan.
Optical Materials, jurnalida nashr etilgan tadqiqot natijalarimizdan xorijiy jurnallardagi ilmiy maqolalarda (PHYSICAL REVIEW MATERIALS 7 034401 2023. IF= 7; Journal of the American Chemical Society Vol 146, Issue 49 IF= 14.5; Microwave and Optical Technology Letters Volume 65, Issue 6, June 2023. IF= 3.1) past temperaturalarda tashqi magnit maydonda kristallarda bo‘ladigan fizikaviy jarayonlarni tushuntirishda foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish Tb/Eu asosidagi lyuminessensiya termometrlardagi muammolarni va TbScO₃ kristalining tashqi magnit maydondagi fizik xususiyatlarini tushuntirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish