Qalbaev Baxauatdin Aleuatdinovichning 
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
 «Qoraqalpog‘iston bazalt va gilsimon xomoshyolari asosida qurilish keramikasining tarkibini ishlab chiqish» 05.09.05 –“Qurilish materiallari va buyumlari” va 02.00.15- “Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi” 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.4.PhD/T4323 Ilmiy rahbar Eminov Ashrap Mamurovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti..
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: Usmanov Xikmatulla Lutpullaevich, texnik fanlari doktori, professor, Rahimov Shavkat Turdimurotovich, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining bazalt va gilsimon  xomashyolari asosida qurilish keramikasining tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston bazalt va gilsimon xomashyolarining kimyoviy va mineralogik tarkiblarini hisobga olgan holda ulardan keramik koshin ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatlari aniqlangan;
bazalt va gilsimon xomashyolari asosidagi tayyorlangan tajriba namunalarni yuqori harorat 950-1150oS oralig‘ida ishlov berilganda,  yuzaga kelgan fazaviy o‘tish jarayonlari asosida mullit, alfa-kvars, tridimit, gematit, vollastonit minerallarining kristall fazalarining  shakllanishlari aniqlangan;
keramik koshinlar kristall strukturasi shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari, hamda ularning asosiy fizik-mexanik, texnologik va ekspluatatsiya xossalari foydalanilayotgan xomashyo komponentlarining miqdori va turiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi isbotlangan; 
keramik koshinlar ishlab chiqarishda kamchil dala shpatining o‘rniga bazalt xomashyosidan foydalanish hisobiga pishish haroratini 40-50oS. gacha pasaytirish imkoniyati aniqlangan;
bazalt va gilsimon xomashyolaridan foydalanilgan holda, mustahkamligi 17,6-19,4 MPa, suv shimuvchanligi 7,3-8,4 % gacha  bo‘lgan keramik koshinlar olish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston bazalt va gilsimon xomashyolaridan foydalanib qurilish maqsadlardagi keramik materiallar energiyatejamkor tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sirtni qoplash uchun keramik massaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan Patent olingan (Qoplama koshinlar uchun keramik massa ixtirosi № IAP 7662). Natijada, kamchil dala shpati o‘rniga Qoraqalpog‘iston bazalt xomashyosidan foydalanish orqali keramik koshin tarkibini ishlab chiqishda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
bazalt va gilsimon xomashyolari asosida qurilish keramik koshinlari uchun ishlab chiqilgan tarkib "ART GLOSS GALLERY" qo‘shma korxonasining istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 2-maydagi 01-07/01-1259-son ma’lumotnomasi). Natijada keramik koshinlarni seriyali ishlab chiqarish uchun ishlab chiqilgan tarkibdan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan qurilish keramik koshin namunalarining fizik-mexanik va texnologik xossalari "ARXMAXIMUMPROEKT" loyihalash institutida sinovdan o‘tkazildi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 2-maydagi 01-07/01-1259-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida talab yuqori bo‘lgan qoplama qurilish keramik koshilarni olish imkonini bergan.Z

Yangiliklarga obuna bo‘lish