Yormamatov Qodirjon Juraqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Korxonada mehnat faoliyati samaradorligini oshirishda motivatsiya tizimini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt2639.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Rahimova Nigina Xayrullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori; Xayitov Abdumannon Buxarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonada mehnat faoliyati samaradorligini oshirishda motivatsiya tizimini takomillashtirish yuzasidan taklif va  tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
motivatsiya nazariyalari va amaliyotinining ilg‘or tajribasini umumlashtirishga ko‘ra «tashkilot–xodim motivatsiyasi» tizimida xodim ehtiyoji negizida uning umummotivatsion tizimidan qoniqish darajasi va tizimning adolatligi ustuvorligi asosida «xodimning kutilmalari asosida baholash metodikasi» takomillashtirishgan;
mehnat faoliyati samaradorligini oshirishda motivatsion mexanizmining institutsional tarkibi makro-, mezo-, mikrodarjalardagi infratuzilma obektlari institutsional tarkibi doirasida hamkorlik va jamoaviy ishni rag‘batlantirishga ko‘ra takomilashtirilgan;
xodimlarni rag‘batlantirish, motivatsiyalash va baholashning metodik ta’minoti doirasida motivatsiya orqali mehnat faoliyati samaradorligini baholash yondashuvi tashkilotning mehnat bozoridagi muvaffaqiyatining asosiy omilliligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
xodimlar faoliyati samaradorligiga aynan motivatsiya tizimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishiga ko‘ra “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan sseneriyli prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonada mehnat faoliyati samaradorligini oshirishda motivatsiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
motivatsiya nazariyalari va amaliyotinining ilg‘or tajribasini umumlashtirishga ko‘ra «tashkilot–xodim motivatsiyasi» tizimida xodim ehtiyoji negizida uning umummotivatsion tizimidan qoniqish darajasi va tizimning adolatligi ustuvorligi asosida takomillashtirilgan «xodimning kutilmalari asosida baholash metodikasi»da “O‘ztransgaz” AJning ijroiya apparati va loyiha ofisi xodimlari faoliyatini baholash natijalari bo‘yicha mukofotlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bo‘lim, 2.1.2-, 2.1.3-, 2.1.4-, 2.1.5-, 2.1.6-, 2.1.7- hamda 2.3-, 2.4-, 2.5-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘ztransgaz” AJning 2024 yil 18 yanvardagi 04-26/3-15/283-sonli ma’lumotnomasi). Taklif “O‘ztransgaz” AJning ijroiya apparati va loyiha ofisi xodimlari faoliyatini shaffof baholash va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishgan muayyan darajada xizmat qilgan;
mehnat faoliyati samaradorligini oshirishda motivatsion mexanizmining institutsional tarkibi makro-, mezo-, mikrodarjalardagi infratu-zilma ob’ektlari institutsional tarkibi doirasida hamkorlik va jamoaviy ishni rag‘batlantirishga ko‘ra takomilashtirish taklifi “O‘ztransgaz” AJning ijroiya apparati va loyiha ofisi xodimlari faoliyatini baholash natijalari bo‘yicha mukofotlash tartibi to‘g‘risida nizom”ning 2-bo‘lim, 2.1.1-, 2.1.2-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘ztransgaz” AJning 2024 yil 18 yanvardagi 04-26/3-15/283-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu mehnat unumdorligi va qo‘shimcha o‘ta muhim topshiriqlarni bajarish ko‘rsatkichlarini joriy qilinishi AJ ijroiya apparati va loyiha ofisi xodimlari faoliyatini shaffof baholash tizimi natijadorligi va mehnat samaradorligini oshirishni ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
xodimlarni rag‘batlantirish, motivatsiyalash va baholashning metodik ta’minoti doirasia motivatsiya orqali mehnat faoliyati samaradorligini baholash yondashuvi tashkilotning mehnat bozoridagi muvaffaqiyatining asosiy omilliligiga ko‘ra takomillashtirish taklifi “O‘ztransgaz” AJning ijroiya apparati va loyiha ofisi xodimlari faoliyatini baholash natijalari bo‘yicha mukofotlash tartibi to‘g‘risida nizom”ga ko‘ra “O‘ztransgaz” AJ ning motivatsiyaning mehnat samaradorligiga ta’sirini miqdoriy jihatdan baholashda foydalanilgan (“O‘ztransgaz” AJ ning 2024 yil 18 yanvardagi 04-26/3-15/283-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif AJ motivatsiya strategiyasini samarali amalga oshirish va unumdorlikni oshirish mkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xodimlar faoliyati samaradorligiga aynan motivatsiya tizimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishiga ko‘ra “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan sseneriyli prognoz ko‘rsatkichlaridan «2025-2030 yillarda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘ztransgaz” AJ ning 2024 yil 18 yanvardagi 04-26/3-15/283-sonli ma’lumotnomasi). Taklif xodimlarning kasbiy o‘sishga motivatsiya-sini kuchaytirish, moddiy manfaatdorligi, unumdorligi, ishlab chiqarish tashabbuslarini oshirish va ular salohiyatidan samarali foydalanishga ko‘ra korxona daromadlari hajmini 2030 yilga borib 2024 yilga nisbatan 3,1 martaga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish