Soddiqov Fatxiddin Burxonidinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tyubegatan past navli sil`viniti va galitli chiqindisini kal`sinatsiyalangan va oziq-ovqat sodasiga kompleks qayta ishlash texnologiyasini yaratish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T431.

Ilmiy rahbar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori; Kaipbergenov Atabek Tulepberganovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Tyubegatan koni past navli sil`vinit rudalari va galitli chiqindilarni kal`sinatsiyalangan sodaga qayta ishlashning samarador texnologiyasini ishlab chiqish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor flotatsiya mashinasini qo‘llagan holda galitli chiqindilarni texnik natriy xloridga qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan;

past navli sil`vinitlar va galitli chiqindilardan natriy xloridning begona moddalardan tozalangan to‘yingan eritmasini olishning optimal texnologik parametrlari yaratilgan;

natriy gidrokarbonat hamda tayyor mahsulotning yuqori unum bilan olish, quritish va kal`sinatsiyalashning optimal sharoiti aniqlangan;

past navli sil`vinitlar va galitli chiqindilarni kal`sinatsiyalangan sodaga qayta ishlash texnologiyasi, ishlab chiqarishning chiqindi eritmalarini qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tyubegetan koni past navli sil`vinitlari va kaliy xlorid ishlab chiqarish galitli chiqindilarni kal`sinatsiyalangan sodaga qayta ishlash texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

natriy xlorid olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 05633, 2018 y.). Natijada kal`sinatsiyalangan, kaustik sodalar, magniy xlorat olish uchun yaroqli bo‘lgan texnik natriy xlorid olish imkoniyati yaratilgan;

flotatsiya mashinasini qo‘llagan holda kaliy xlorid ishlab chiqarish galitli chiqindilarini texnik natriy xloridga qayta ishlash texnologiyasi «Dehqonobod kaliy zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 9 noyabrdagi 01/3-5055/A-son ma’lumotnomasi). Natijada Tyubegetan koni past navli sil`vinitlari va kaliy xlorid ishlab chiqarishning galitli chiqindilarini sanoat ishlab chiqarishiga jalb qilish orqali oziq-ovqat va kal`sinatsiyalangan soda olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish