Eshqo‘ziev Xurshidjon Musajonovichning
falsafa doktori (PhD), dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘orish nasos stansiyalarida energiya tejamkor qurilmalar asosida energiya samarador ish rejimlarini tadqiq qilish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4234.
Ilmiy rahbar: Shavazov Abdulatif Achilovich - texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01. 
Rasmiy opponentlar: Isakov Abdusaid Jalilovich - texnika fanlari doktori, professor, Abdullabekov Islombek A’lobekovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos stansiyalarining mexanizmlariga birlashtirilgan energo tejamkor boshqariluvchi qurilmalar asosida sug‘orish tizimlaridagi nasos stansiyalari texnologik jarayonlariga ta’sir qiluvchi oqilona boshqarish rejimlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasos agregatlarini energo tejamkor qurilmalar asosida sug‘orish tizimlaridagi nasos stansiyalari texnologik jarayonlariga ta’sir qiluvchi energiya samarador ish rejimlarini ishlab chiqilgan;
sug‘orish tizimlarida nasos qurilmasining mexanik aylanish tezligining energotejamkor kattaliklarini aniqlashga imkonini beruvchi boshqariluvchi elektryuritmalari bilan o‘zaro bog‘langan tizimining boshqarish funksional sxemasi va algoritmi takomillashtirilgan;
magistral suv uzatuvchi quvurning nisbiy statik bosimi tarmoq chastotasining o‘zgarishiga bog‘liqligini hisobga olgan holda “chastota o‘zgartirgich-dvigatel`-agregat-quvur” tizimining matematik modeli ishlab chiqilgan;
nasos agregatlarining magistral quvurda parallel ishlashini inobatga olgan holda nasos agregatlarining  dinamik rejimlarini oqilona boshqarish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: sug‘orish nasos majmualarida zamonaviy elektr energiyani tejash qurilmalari o‘rnatgan holda energiya samarador ish rejimlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nacoc stansiyalarda ishlash muddati o‘tagan va ekspluatatsiyada bo‘lgan nasos agregatlarini zamonaviy boshqariluvchi qurilmalar asosida boshqarish tizimi Quyi-Sirdaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmaci qoshidagi «Obi-Hayot-1» suv chiqarish kompleksida joriy etildi (O‘zbekicton Recpublikaci Cuv xo‘jaligi vazirligining 19.04.2024 yildagi 03/17-1369-con ma’lumotnomaci). Natijada elenktr energiyani 3-7% miqdorda bundan tashqari 5-7% miqdorda sug‘orish suvini tejab qolish mumkin;
korxona sug‘orish tizimida bor bo‘lgan nasos agregatlarining boshqarish rejimlarini ishlab chiqishda “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” da joriy etildi (O‘zbekicton Recpublikaci “O‘zbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyatining 22.02.2024 yildagi 04/28-05-02/27-con ma’lumotnomaci). Natijada yillik iqtisodiy samaradorlik 115985,7 ming so‘m yoki yiliga 128873 kVt *soatni elektr energiya tejalishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish