Shodiev Erkin Boyjigitovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dozatorli biogaz qurilmasining parametrlarini asoslash”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.2.PhD/T3705
Ilmiy rahbar: Imomov Shavkat Jahonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori professor; Ergashev Shaxriyor Hamidullaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat unversiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi organik chiqindilarga anaerob ishlov beradigan dozatorli biogaz olish qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biomassa va organik chiqindilardan anaerob muhitda biogaz olish jarayonining samaradorligini oshirish imkonini beradigan, termik qayta ishlash rejimi davomiyligini ta’minlaydigan dozatorli biogaz olish qurilmasi ishlab chiqilgan;
bioreaktor hajmi bo'yicha biomassani to'ldirish darajasiga bog'liq holda suyuq va gaz fazalarining issiqlik uzatish koeffisienti, tashqi izolyasiya qatlami va bioreaktorning issiqlik-texnik parametrlarini inobatga olgan holda bioreaktor qurilmasining maqbul radiusini aniqlash imkonini beradigan tenglamalar olingan;
dozatorli biogaz olish qurilmasiga yuklangan biomassanining boshlang‘ich harorati, tashqi havo harorati va bioreaktorga issiqlik tashuvchining kirishdagi harorati hamda dozator qurilmasi orqali yuklangan xom ashyoning massaviy sarfini aniqlash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
biogaz olish qurilmasi dozator bilan takomillashtirilishi orqali bir kunda yuklanadigan organik chiqindining miqdori 10 %, bioreaktordagi sutkalik aralashtirishlar soni 4 marotaba va aralashtirishlar davomiyligi 7 minut bo’lganda bioreatordan olinayotgan bioo’g‘itning sifati ekologik va ergonomik ko’rsatkichlarga to’liq mos kelgan holatda ajralib chiqayotgan biogaz miqdori eng yuqori qiymatga ega bo’lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dozatorli biogaz olish qurilmasining parametrlarini asoslash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
organik chiqindilarni anaerob usulda  qayta ishlash orqali biogaz va bioo’g‘it oladigan dozatorli biogaz olish qurilmasi Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “Biogaz-ekologiya energiya va organik o’g‘it” MChJda joriy qilingan. (O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo’jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi 2024-yil 8-avgustdagi 05/04-04-383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dozatorli biogaz olish qurilmasiga 10% li meyorlangan organik chiqindi yuklanganda anaerob jarayonda olingan biogaz miqdori optimal bo’lib, biogaz tarkibida SH4–69% dan kam bo’lmasligini va CO2 – 28% atrofida bo’lishini va bioreaktorning 1m3 hajmidan 0,465 m3 biogaz olinishiga erishilgan;
biogaz olish qurilmasini dozator bilan ta’minlaganligida ularga bir sutkada yuklanadigan organik chiqindining miqdori, bioreaktordagi sutkalik aralashtirishlar soni va aralashtirishlar davomiyligining bioreaktordan olinayotgan bioo’g‘itning sifati ekologik va ergonomik ko’rsatkichlariga to’liq mos kelgan holatda maksimal miqdorda biogaz olinishiga, hamda korxonaning ushbu soha uchun yillik iste’mol qilayotgan 6507900 so’mlik elektr energiyasi tejalishiga va qurilma yordamida bir vaqtning o‘zida biogaz va bioo‘g‘it olinishi natijasida yillik 106 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish