Zaynutdinova Zuxra Bahtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondi tasviriy san’at kolleksiyasi shakllanishining asosiy bosqichlari” 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/San179.
Ilmiy rahbar: Qodirova Dilafruz Muxsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Kuryazova Darmon To‘raevna, tarix fanlari doktori, professor; Yadgarova Nigora Akmalovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining faoliyati va fondi shakllanishining bosqichlaridagi asosiy tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr milliy tasviriy san'ati O‘zbekiston badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondidagi kolleksiyalar asosida rangtasvir kolleksiyasi shakllanishi (1930-1940), sotsrealizm mavzusidagi xalq hayoti va zamondoshlar portretlari (1950-1960), modernizm uslublari namoyon bo‘lgan asarlar (1970-1980), milliy madaniyatni o‘zlashtirgan holda metaforik obrazli rangtasvir asarlari (1990-2000) kabi bosqichlarda rivojlanganligi aniqlangan;
grafika kolleksiyasi direksiya fondidagi tasviriy san'at turlari orasida kitob illyustratsiyalari, gravyura asarlari bilan son jihatdan bosma tiraj qilish mumkinligi sababli ko‘pligi, ular bugungi kunda yoʻqolib ketayotgan ofort, litografiya, ksilografiya, linogravyura texnikalarida yaratilgan dastgohli grafika asarlari, akvarel, estamp va chizma tasvirlardan iboratligi asoslangan;
fondning haykaltaroshlik kolleksiyasi rangatasvir va grafikadan ancha kam bo‘lsada, realistik uslubdagi zamondoshlar portret va byust haykallari, poetik obrazli tasvirlar, medal san'atida tarixiy shaxslar profillari, shuningdek, xalq an’analarini ifodalovchi maishiy va kam uchraydigan animalistik janrlardan iborat noyob to‘plam ekanligi ochib berilgan;
yangi davr O‘zbekiston tasviriy san'ati rivojlanish bosqichlarining o‘rganilishida mavjud bo‘lgan tarixiy - nazariy bo‘shliqlar to‘ldirilib, ilmiy muomalaga ilgari kiritilmagan bir qator asarlar (realizm, modernizm, postmodernizm) majmuaviy tarzda qamrab olinib, asosiy badiiy va uslubiy tamoyillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondi tasviriy san’at kolleksiyasi shakllanishining asosiy bosqichlarini aniqlash yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asr milliy tasviriy san'ati O‘zbekiston badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondidagi kolleksiyalar asosida rangtasvir kolleksiyasi shakllanishi (1930-1940), sotsrealizm mavzusidagi xalq hayoti va zamondoshlar portretlari (1950-1960), modernizm uslublari namoyon bo‘lgan asarlar (1970-1980), milliy madaniyatni o‘zlashtirgan holda metaforik obrazli rangtasvir asarlari (1990-2000) kabi bosqichlarda rivojlanganligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida 22.06.-08.07.2023 kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2023-yil 4 maydagi 12/17519-sonli xati hamda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisining O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga murojaatidan kelib chiqib o‘tkazilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – o‘zbek rassomlarining Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondida saqlanadigan asarlaridan iborat “Xotirlashni vasiyat qilganlar” badiiy ko‘rgazmasi, grafika kolleksiyasi direksiya fondidagi tasviriy san'at turlari orasida kitob illyustratsiyalari, gravyura asarlari bilan son jihatdan bosma tiraj qilish mumkinligi sababli ko‘pligi, ular bugungi kunda yoʻqolib ketayotgan ofort, litografiya, ksilografiya, linogravyura texnikalarida yaratilgan dastgohli grafika asarlari, akvarel, estamp va chizma tasvirlardan iboratligi kabi aniqlangan natijalardan foydalanilgan holda badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondida, shuningdek shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadigan 2023-yilning yubilyar rassomlari asarlari o‘rin egallagan “Bizning meros” turkumidan 18.07.-20.08.2023 kunlari o‘tkazilgan “2023 yilning yubilyar rassomlari” ko‘rgazmasi tashkil etilgan (O‘zbekiston badiiy Akademiyasining 2023-yil 14-dekabrdagi OV35222459-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi rangtasvir va grafika kolleksiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishi kuzatilgan badiiy jarayonlarni yoritishga xizmat qilgan;
fondning haykaltaroshlik kolleksiyasi rangatasvir va grafikadan ancha kam bo‘lsada, realistik uslubdagi zamondoshlar portret va byust haykallari, poetik obrazli tasvirlar, medal san'atida tarixiy shaxslar profillari, shuningdek, xalq an'analarini ifodalovchi maishiy va kam uchraydigan animalistik janrlardan iborat noyob to‘plam ekanligi aniqlangani yuzasidan olingan natijalari O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan nashr qilingan “O‘zbekiston badiiy akademiyasi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi to‘plami” albomi matnida qo‘llanilgan (O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining 2024-yil 11-oktyabrdagi 480-son ma’lumotnomasi). Natijada Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondining haykaltaroshlik kolleksiyasi shakllanishining asosiy tamoyillarini yoritishga xizmat qilgan;
yangi davr O‘zbekiston tasviriy san'ati rivojlanish bosqichlarining o‘rganilishida mavjud bo‘lgan tarixiy - nazariy bo‘shliqlar to‘ldirilib, ilmiy muomalaga ilgari kiritilmagan bir qator asarlar (realizm, modernizm, postmodernizm) majmuaviy tarzda qamrab olinib, asosiy badiiy va uslubiy tamoyillarini aniqlashdagi ilmiy natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 26-dekabrdagi 10/245-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy jarayonlarni takomillashtirishdagi asosiy yo‘nalishlar belgilangan.