Toshpulatov Faxriddin Urolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.Phd/Ped3517.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: IK Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Yadgorov Nodir Jalolovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Dilshodbekov Shoxboz Dilshodbek o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moyillik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida chizmachilik fanidan ijodiy-grafik topshiriqlarni bajarishda estetik ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida axborot texnologiyasidan foydalanishning ijodiy grafik loyiha mahsulotlari (elektron testlar to‘plami hamda 3D model asosida ishlovchi o‘quv-ilmiy ilova)ning didaktik majmuasi yaratilgan;
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarda estetik ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi maqsad, ijtimoiy buyurtma, metodologik yondashuvlar, didaktik sharoitlar, o‘quv metodik ta’minotlarga qaratilgan ijodiy topshiriqlar tizimi bilan boyitilib, talabalarda estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishning mazmuni ta’lim subektlari, texnologik jarayon, refleksiyalarning optimal bosqichlarini tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni chizmachilikdan mustaqil o‘quv faoliyatiga ijodiy yondashuv, o‘qitishning sifati va samaradorlikni oshirish strategiyasini belgilash hamda talabalar o‘zlashtirish darajasini baholash mezonlari bo‘yicha aniqlangan natijalar dinamikasini baholash asosida talabalarda estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishning motivatsion-qadriyatli, kreativ, refleksiv ijodiy komponentlari bo‘yicha istiqbollari belgilangan;
talabalarda estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimining didaktik kompleksi komponentlari o‘quv ma’lumotlarning optimal mazmuni va tuzilmasini ishlab chiqish, aqliy va ijodiy qobiliyat hamda axborot o‘zlashtirishning mantiqiy bosqichlarida ortogonal, aksonometrik, perspektiv proeksiyalarni hosil qilish, planometrik tasvirni fazoviy tasvirga aylantirish, fazoviy tasavvurlarni boyitish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarning estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida chizmachilik fanidan ijodiy-grafik topshiriqlarni bajarishda estetik ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida axborot texnologiyasidan foydalanishning ijodiy grafik loyiha mahsulotlari (elektron testlar to‘plami hamda 3D model asosida ishlovchi o‘quv-ilmiy ilova)ning didaktik majmuasi yaratilganligiga oid takliflar “Geometrik chizmachilik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 429-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 420-440-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, chizmachilik o‘qitishning hozirgi holatini tahlil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni chizmachilik fanini o‘qitishda qo‘llash imkoniyatlari yaratilgan;
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarda estetik ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi maqsad, ijtimoiy buyurtma, metodologik yondashuvlar, didaktik sharoitlar, o‘quv metodik ta’minotlarga qaratilgan ijodiy topshiriqlar tizimi bilan boyitilib, talabalarda estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishning mazmuni ta’lim subektlari, texnologik jarayon, refleksiyalarning optimal bosqichlarini tashkil etish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Chizmachilik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi “55”-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 55-273-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish imkoni kengaygan;
talabalarni chizmachilikdan mustaqil o‘quv faoliyatiga ijodiy yondashuv, o‘qitishning sifati va samaradorlikni oshirish strategiyasini belgilash hamda talabalar o‘zlashtirish darajasini baholash mezonlari bo‘yicha aniqlangan natijalar dinamikasini baholash asosida talabalarda estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishning motivatsion-qadriyatli, kreativ, refleksiv ijodiy komponentlari bo‘yicha istiqbollari belgilanganligiga oid takliflar “Geometrik chizmachilik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 429-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 420-440-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda chizmachilik fanidan bilimlarini mustaqil ravishda egallash, ijodiy yondashish va estetik ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga erishilgan;
talabalarda estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimining didaktik kompleksi komponentlari o‘quv ma’lumotlarning optimal mazmuni va tuzilmasini ishlab chiqish, aqliy va ijodiy qobiliyat hamda axborot o‘zlashtirishning mantiqiy bosqichlarida ortogonal, aksonometrik, perspektiv proeksiyalarni hosil qilish, planometrik tasvirni fazoviy tasvirga aylantirish, fazoviy tasavvurlarni boyitish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Chizmachilik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi “55”-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 55-273-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda chizmachilik fanini mukammal o‘rganish hamda estetik ko‘nikmalarni samarali shakllantirishga qaratilgan metodik tizimni joriy qilish va takomillashtirishga erishilgan.