Alimov G‘aybulla Alimovichning
fan doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Favqulodda holatlarda inson huquqlarini ta’minlashning huquqiy asoslari: xalqaro va milliy tajriba”, 12.00.13 – Inson huquqlari (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Yu262.
Ilmiy konsultant: Tillabaev Mirzatillo Alisherovich yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, DSc.39/30.11.2020.Yu/S. 128.01.
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Asqarjon Boisovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Turg‘unov Murodjon Tursunbaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Toshev Boboqul Norqobilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar qonunchiligiga binoan favqulodda holatlarda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalarini tahlil kilish, shuningdek rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining bu yo‘nalishdagi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xorijiy va milliy konunchilik, ilmiy doktrina tahlili asosida “favqulodda holatda inson va fuqaroning shaxsiy huquqlari va erkinliklarini cheklash”, “favqulodda holatlarda jamoat tartibini saqlash” tushunchalarini mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
muallif tomonidan “maxsus huquqiy rejim”, “urush holati” va “qamal holati”, “toraytirish”, “to‘xtatib turish”,“huquqdan maxrum qilish”kabi tushunchalarga mualliflik ta’riflari asoslangan holda keltirilgan;
O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunida berilgan "favqulodda holat” tushunchasini takomillashtirilgan taxlili taklif etilgan;
insonning huquqlari konstitutsiyaviy tuzum, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkinligi xalqaro-huquqiy jihatdan asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 12-moddasining 4 va 7-qismlariga favqulodda holatlarda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari, namoyishlar o‘tkazishni o‘tkazilishini ta’qiqlash yoki cheklash hamda o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlanishini kuchaytirishga oid takliflar asoslantirilgan;
Vazirlar Maxkamasining favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududlarga odamlarni va transport vositalarini kirib-chiqishini vaqtincha cheklash bilan bog‘liq vakolatlari asoslantirilgan;
favqulodda holat joriy etilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tarqatib yuborilishini ta’qiqlovchi qoidalari bilan to‘ldirish taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi favqulodda vaziyatlarda patentlar bilan muhofaza qilinadigan sanoat mulki ob’ektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda patent natijalaridan foydalangach, muallifini qisqa muddatda xabardor qilib, mutonasib miqdorda unga tavon to‘lash masalasi asoslantirildi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi davlat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish bilan bog‘liq oxiri zaruriyat yuzaga kelgan vaziyatlarda, patent egasining mulkidan, uning roziligisiz foydalanib, bu haqda uni xabardor qilib, mutanosib miqdorda unga tovon to‘lash shartlari asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
Favqulodda holatlar sharoitida inson huquq va erkinlikarini cheklash bo‘yicha taqdim etilgan takliflar, yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 21-moddasining “Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin” degan taxririda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 26 iyuldagi 19-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi yangi Konstitutsiyamizda faqat favqulodda holatlar sharoitidagina inson huquqlarini konstitutsiyaviy tizimni, aholi sog‘ligini hamda jamoat xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash maqsadlarida qisman cheklash mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qoidada mustaxkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 12-moddasining 4 va 7-qismlariga favqulodda holatlarda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari, namoyishlar o‘tkazishni o‘tkazilishini ta’qiqlash yoki cheklash hamda o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlanishini kuchaytirishga oid takliflar asoslantirilgan,(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 26 iyuldagi 20-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarni qabul qilinishi mazkur qonunni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuning 8-moddasiga Vazirlar Maxkamasining favqulodda vaziyatlarda shunday vaziyatlar yuz bergan hududlarga odamlarni va transport vositalarini kirib-chiqishini vaqtincha cheklash bilan bog‘liq vakolatlarini kengaytirish haqidagi taklif asoslantirilib, uni qonun chiqaruvchi tomonidan inobatga olinishi favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mulkini daxlsizligini ta’minlashga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 26 iyuldagi 21-son dalolatnomasi);
O‘zbekiston Respublikasi yangilangan Konstitutsiyasini qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga, xususan, favqulodda holat joriy etilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining tarqatib yuborilishini ta’qiqlovchi yangi normalar bilan to‘ldirilganligi to‘g‘risidagi o‘zgartirishlar hamda Vazirlar Maxkamasi davlat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish bilan bog‘liq oxiri zaruriyat yuzaga kelgan vaziyatlarda, patent egasining mulkidan, uning roziligisiz foydalanib, bu haqda uni xabardor qilib, mutanosib miqdorda unga tovon to‘lash shartlari asoslantirilishi va ushbu takliflarning inobatga olinishi yangi taxrirdagi Konstitutsiyamiz normalarini bir xilda qo‘llashga xizmat qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024 yil 26 fevraldagi 02/6-09-41-sonli dalolatnomasi).
“Inson huquqlari” fanini o‘qitish yuzasidan metodologik tavsiyalar va “Inson huquqlari” fanini ta’lim muassasalarida o‘qitish dasturi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining o‘quv jarayonida qo‘llanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2025 yil 7 oktyabrdagi 346-sonli, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasining 2025 yil 3 martdagi, FVV Akademiyasining 2024 yil 19 martdagi 4b/2-880-sonli, bajarilish dalolatnomalari).