Shoxnazarova Shohnoza Avg‘onovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jaydari zotli qo‘chqorlarning o‘sishi, rivojlanishi va go‘sht mahsuldorligini oshirishning jadal texnologiyasi”, 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1295
Ilmiy rahbar: Parmanova Dilnoza Mavlanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Gaziev Adxam, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shayusupov Bobir Bahodirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jaydari zotli qo‘chqorlarni o‘sishi, rivojlanish va go‘sht mahsuldorligini oshirishning jadal texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor xo‘jalik sharoitida jaydari zotli qo‘chqorlarni jadal o‘stirish texnologiyasi ishlab chiqilib, ushbu texnologiya asosida qo‘chqorlarning tirik vazni tug‘ilgandan to 18 oylik yoshigacha nazorat guruhiga nisbatan 23,4 kg yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
qo‘chqorchalar onasidan ajratilib 6 oylikka qadar “Best Mega Mix” ozuqasidan foydalanib, jadal o‘stirilganda so‘yim oldi tirik vazni 4,4 kg, nimta vazni 2,0 kg, so‘yim chiqimi 0,9 % ga nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan;
qo‘chqorchalar 6 oylikdan 12 oylikkacha “Best Mega Mix” ozuqasidan foydalanib, jadal o‘stirish natijasida tajriba guruhining so‘yim oldi tirik vazni 11,2 kg, nimta vazni 5,1 kg, so‘yim chiqimi 1,6% ga nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan;
qo‘chqorlarni “Best Mega Mix” ozuqasidan foydalanib, bo‘rdoqilash natijasida 6 oylikda 13,18%, 12 oylikda 14,85%, 18 oylikda 14,04% yuqori samaradorlikka erishish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jaydari zotli qo‘chqorlarning o‘sishi, rivojlanishi va go‘sht mahsuldorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
jaydari zotli qo‘chqorlarni jadal o‘stirish texnologiyasi Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Quvonchbek Zohidjon fermasi” MChJ da 100 bosh qo‘chqorlarda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 17-martdagi № 02/23-178 sonli ma’lumotnomasi). Natijada jaydari zotli 6, 12 va 18 oylik qo‘chqorlar “Best Mega Mix” mahalliy ozuqasi bilan oziqlantirilganda, odatiy xo‘jalik ratsionida oziqlantirilgan nazorat guruhidagi qo‘chqorchalarga nisbatan 4,5 oylikdan 6 oylikkacha 45 kun jadal o‘stirilib nazoratga nisbatan 1,4 kg, 4,5 oylikdan 12 oylikkacha 10,5 kg, 4,5 oylikdan 18 oylikkacha 21,5 kg ko‘p qo‘shimcha tirik vazn olingan. Jami daromad 214,0; 1198,0 va 2927,0 ming so‘mni, olingan sof foyda 54,0; 316,0 va 804,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa 33,34; 35,90 va 37,84% ni tashkil etgan;
jaydari zotli qo‘chqorlarni 12 oylik yoshida jadal o‘stirish texnologiyasi Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi qo‘ychilikka ixtisoslashgan “Ravshan” fermer xo‘jaligida 120 bosh qo‘chqorlarda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 17-martdagi № 02/23-178 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jaydari zotli qo‘chqorlar “Best Mega Mix” mahalliy ozuqasi bilan oziqlantirilganda xo‘jalik ratsionida oziqlantirilgan nazorat guruhidagi qo‘chqorlarga nisbatan 10,0 kg ko‘p qo‘shimcha vazn olingan. Jami daromad 1186,0 ming so‘mni, olingan sof foyda 303,0 ming so‘mni tashkil etib, rentabellik darajasi 34,28% ni tashkil etgan olingan natijada rentabellik darajasi 34,28% ni tashkil etgan;
jaydari zotli qo‘chqorlarni 12 oylikda jadal o‘stirish texnologiyasi Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi qo‘ychilikka ixtisoslashgan “Jasur baraka dalasi” fermer xo‘jaligida jaydari zotli 130 bosh qo‘chqorlarda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 17-martdagi № 02/23-178 sonli ma’lumotnomasi). Natijada jaydari zotli qo‘chqorlar “Best Mega Mix” mahalliy ozuqasi bilan oziqlantirilganda 12 oylik yoshida xo‘jalik ratsionida oziqlantirilgan nazorat guruhidagi qo‘chqorlarga nisbatan 9,8 kg yuqori vazn olingan, jami daromad 1178,0 ming so‘mni, olingan sof foyda 303,0 ming so‘mni tashkil etib, rentabellik darajasi 34,57% ni tashkil etgan.