Sa’dulloeva Iroda Kurbonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarida immun-endokrin ko‘rsatkichlarning klinik-diagnostik va istiqbolli ahamiyati», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya, 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib589.

Ilmiy maslaxatchi: Navro‘zova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.30.08.2018.Tib.50.01.

Rasmiy opponentlar: Raxmankulova Zuxra Jandarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Bobomuratov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarda immun- endokrin ko‘rsatkichlarning klinik-diagnostik va istiqbolli ahamiyatini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bolalar tug‘ma yurak nuqsonlarida CD16+-, CD20+- limfotsitlari soni va FNO-α, IL-10 miqdorining ishonarli ortishi xamda CD4+-hujayralar sonining ishonarli kamayishi aniqlangan;

tug‘ma yurak nuqsonlarining oq turida umumiy T3 xamda erkin va umumiy T4 miqdorlarining pasayishi, ko‘k turida umumiy T3 miqdorining pasayishi va erkin T4 miqdorining ortishi aniqlangan;

tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalarda hujayraviy va gumoral immunitet bilan tireoid va kortikal gormonlar miqdori ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;

qorinchalar aro to‘siq nuqsoni bo‘lgan bolalarda operatsiyadan oldin va keyingi davrda timogen preparati bilan davolash immun va endokrin tizim holati muvozanatini barqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tug‘ma yurak nuqsonli bemor bolalarni immun-endokrin holatini aniqlash va ularni olib borish taktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Tug‘ma yurak nuqsonli bolalarda immun-endokrin ko‘rsatkichlarning ahamiyati» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 maydagi 8n-d/123-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tug‘ma yurak nuqsonli bolalarda immun-endokrin holatidagi buzilishlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qiladi;

bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarida immun-endokrin ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, tashxislash va davolashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi va Buxoro viloyati Jondor tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 8n-z/210-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshiradi, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali tug‘ma yurak nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni yuqumli kasalliklar bilan kasallanishini 80% ga kamaytirishga, operatsiyadan keyingi asoratlarni 13-25% gacha pasaytirishga, bemorlar hayot sifatini yaxshilash xamda bolalarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish