Qurbonov Shuhrat Jo‘rajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori jag‘ bo‘shliqlari surunkali kasalliklarini xirurgik davolash usullari natijalarini qiyosiy taqqoslash» 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2220.
Ilmiy rahbar: Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib59.01. 
Rasmiy opponentlar: Ryazansev Sergey Valen`tinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Shamsiev Djaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlarni malakasini oshirish instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi:
yuqori jag‘ bo‘shliqlari surunkali kasalliklarini jarrohlik davolash usullari samaradorligini qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining klinik-anatomik xususiyatlaridan va tabiiy teshikning funksional xususiyatlarini to‘liq saqlash maqsadida pastki burun yo‘li orqali yuqori jag‘ bo‘shlig‘iga kirish usuli samarali ekanligi isbotlangan;
yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining polipoz jarayon bilan 2 va 3 darajasi, kista (ko‘z kosasi tegida, bo‘shliq lateral devorida), zamburug‘li jarayon (bir yoki ikki tomonlama, yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tulik zararlanishi)da FESS, polip 1 darajasi (bir tomonlama, YuJB zararlanishi), kista-yot jism (tubida, al`veolyar buxta, old devor)da endoskopik pastki gaymorotomiya va yiringli-nekrotik jarayon (bir yoki ikki tomonlama, yuqori jag‘ bo‘shlig‘i to‘liq zararlanishi), o‘smali jarayon (bir yoki ikki tomonlama, yuqori jag‘ bo‘shlig‘i to‘liq zararlanishi)da esa ekstranazal gaymorotomiya amaliyotini qo‘llash samarador ekanligi isbotlangan;
burun bo‘shlig‘i va yuqori jag‘ bo‘shlig‘i aerodinamikasi buzilishini oldini olish uchun pastki burun yo‘li orqali jarrohlik kirishda teshikni yopishning ahamiyati aniqlangan;
yuqori jag‘ bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarida pastki burun yo‘li orqali o‘tkazilgan jarrohlik amali funksional sinus-jarrohlik va ekstranazal mikrogaymorotomiyaga qaraganda invaziv va asoratsiz jarrohlik amali bo‘lib, tabiiy teshik butunligini saqlagan holda burun aeratsiyasini tiklash,  kasallikning qaytalanishini kamayishi, burun funksional xususiyatlarining tiklanishiga olib kelishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert Kengashining 2023 yil 11-dekabrdagi №74-son ma’lumotnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024 yil 9 iyuldagi №09-19623-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining klinik-anatomik xususiyatlaridan va tabiiy teshikning funksional xususiyatlarini to‘liq saqlash maqsadida pastki burun yo‘li orqali yuqori jag‘ bo‘shlig‘iga kirish usuli samarali ekanligi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 2 dekabrdagi №136 sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 1 dekabrdagi №404-U sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: yuqori jag‘ bo‘shliqlariga kasallikning turiga qarab jarrohlik usulini bajarish bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: Endonazal pastki gaymorotomiya yordamida yuqori jag‘ bo‘shliqlariga kirish va keyinchalik teshikni plastik yopish orqali jarrohlikdan keyingi parvarishlash muddatini qisqartirdi. Yangi yondashuvning joriy etilishi natijasida diagnostika va davolash xarajatlari 1250000 so‘mni tashkil etdi. Otorinolaringolog mutaxassislarga murojaat qilib, ko‘p miqdorda diagnostik tekshiruvlar va asossiz davolanishni buyurganda, 1 million 860 ming so‘mni tashkil etadi. Natijada har bir bemor uchun 590 ming so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: yuqori jag‘ bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan bemorlarda kasallikning turiga qarab jarrohlik usulini o‘tkazish har bir bemorga 690 ming so‘m mablag‘larini tejash imkonini bermoqda;
ikkinchi ilmiy yangilik: yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining polipoz jarayon bilan 2 va 3 darajasi, kista (ko‘z kosasi tegida, bo‘shliq lateral devorida), zamburug‘li jarayon (bir yoki ikki tomonlama, yuqori jag‘ bo‘shlig‘i tulik zararlanishi)da FESS, polip 1 darajasi (bir tomonlama, YuJB zararlanishi), kista-yot jism (tubida, al`veolyar buxta, old devor)da endoskopik pastki gaymorotomiya va yiringli-nekrotik jarayon (bir yoki ikki tomonlama, yuqori jag‘ bo‘shlig‘i to‘liq zararlanishi), o‘smali jarayon (bir yoki ikki tomonlama, yuqori jag‘ bo‘shlig‘i to‘liq zararlanishi)da esa ekstranazal gaymorotomiya amaliyotini qo‘llash samarador ekanligi isbotlangan. Natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 2 dekabrdagi №136 sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 1 dekabrdagi №404-U sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: endoskopik pastki gaymorotomiya o‘tkazishga ko‘rsatmalar ishlab chiqilishi samarali kompleks davoni aniqlashga imkon beradi va qayta jarrohlik amliyotlarni oldi olinadi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori jag‘ bo‘shliqlari yallig‘lanish kasalliklarida ko‘rsatmalar asosida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish undan keyingi davrdagi ikkilamchi asoratlar kelib chiqishining oldi olindi. Xulosa: yuqori jag‘ bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish kasalliklariga ko‘rsatmalar ishlab chiqilishi hamda davolash choralarining taktikasini amaliyotga joriy qilinishi 690000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: burun bo‘shlig‘i va yuqori jag‘ bo‘shlig‘i aerodinamikasi buzilishini oldini olish uchun pastki burun yo‘li orqali jarrohlik kirishda teshikni yopishning ahamiyati aniqlangan. Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 2 dekabrdagi №136 sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 1 dekabrdagi №404-U sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: burun bo‘shlig‘i va yuqori jag‘ bo‘shlig‘i aerodinamikasi holati tahlili asosida bemorni amaliyotga tayyorlash va ahvolini to‘g‘ri baholashga yordam beradi, bu esa shifoxonada yotish kunlari sonini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 320000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Bemorlarni tekshirishning to‘g‘ri taktikasi bemorlar mablag‘lari sarflanishini kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuqori jag‘ bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarida pastki burun yo‘li orqali o‘tkazilgan jarrohlik amali funksional sinus-jarrohlik va ekstranazal mikrogaymorotomiyaga qaraganda invaziv va asoratsiz jarrohlik amali bo‘lib, tabiiy teshik butunligini saqlagan holda burun aeratsiyasini tiklash, kasallikning qaytalanishini kamayishi, burun funksional xususiyatlarining tiklanishiga olib kelishi isbotlangan. Natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 2 dekabrdagi №136 sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 1 dekabrdagi №404-U sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: yuqori jag‘ bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarida endoskopik kirish usulining samaradorligi asosida yallig‘lanish natijasida yuzaga keluvchi asoratlarni oldi olinadi hamda davolash kunlari qisqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 5 kundan 2 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 3500000 so‘mdan 2600000 so‘mga kamaytirdi (Klinikaning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 300000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 450 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 3600000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: kasallikni davolash amalga oshirilishi 1 nafar bemor hisobiga 900000 so‘mga statsionar davolanish sarflanish, bir yilda 1 nafar bemorga 3600000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish