Xamdamova Yulduz Ravshanbek qizining tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston ichki ishlar  organlarining shakllanishi va faoliyati (1925 – 1991-yillar, Xorazm viloyati misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar1828.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.; Xo‘jamuratov Umarjon Rustamovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent .
Yetakchi tashkilot nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning asosiy maqsadi. 1925 – 1991-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining shakllanishi va rivojlanishi masalalarini tarixiy yondashuvlar asosida ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonda sovet hokimiyati o‘rnatilgach Xorazm okrugida rayonlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‘lik ravishda Xiva, Yangi Urganch, Gurlan uezdlarida ichki ishlar tizimining shakllanganligi, Xiva shahri ma’muriy bo‘limi okrugdagi uezdlar va ularga qarashli volostlar milisiya xizmatiga umumiy rahbarlik qilganligi, Sovet davlatida qishloq xo‘jaligini majburiy jamoalashtirish, mamlakatni industrlashtirish siyosati sharoitida Xorazmda ham ichki ishlar xodimlari jamiyat hayotini qayta qurishga jalb qilinganligi aniqlangan; 
sovet davlatining totalitar siyosati oqibatida Xorazmda ichki ishlar organlarini tashkil qilishda boshchilik qilgan Nazir Sholikorov, Masharif Qoriev, Axmadjon Ibragimov va boshqalarning qatag‘on qurboniga aylanganligi dalillangan;
Ikkinchi jahon urushi davrida Xorazmda ko‘ngilli milisiya otryadlari tashkil etilib, frontda ishtirok qilganliklari, bu davrda front ortida milisiya organlarining majburiyatlari kengayganligi, urush janggohlaridan omon qaytgan xorazmliklar keyingi mehnat faoliyatini milisiya xizmati bilan bog‘laganliklari ochib berilgan;
XX asrning 50-80-yillarida Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari faoliyatini tashkiliy jihatdan mustahkamlash, kadrlar bilan to‘ldirishdagi qiyinchiliklar va muammolar (ish ko‘lami va chegarasining aniq belgilanmaganligi, jinoyatchilikni oshishi bilan bog‘liq muammolar, kadrlar desanti, milisiya xodimlari ma’lumoti darajasining pastligi) aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1925-1991-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining faoliyati tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida: 
O‘zbekistonda sovet hokimiyati o‘rnatilgach Xorazm okrugida rayonlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‘lik ravishda Xiva, Yangi Urganch, Gurlan uezdlarida ichki ishlar tizimining shakllanganligi, Xiva shahri ma’muriy bo‘limi okrugdagi uezdlar va ularga qarashli volostlar milisiya xizmatiga umumiy rahbarlik qilganligi, Sovet davlatida qishloq xo‘jaligini majburiy jamoalashtirish, mamlakatni industrlashtirish siyosati sharoitida Xorazmda ham ichki ishlar xodimlari jamiyat hayotini qayta qurishga jalb qilinganligiga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” va “Tarix va yangi talqin” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 29-noyabrdagi 06-28-1741-sonli maʼlumotnomasi). Olingan natijalar ko‘rsatuvda Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekiston ichki ishlar  organlarining shakllanishi va faoliyatiga oid masalalarni teletomoshabinlarga ta’sirli qilib etkazishga xizmat qilgan; 
Sovet davlatining totalitar siyosati oqibatida Xorazmda ichki ishlar organlarini tashkil qilishda boshchilik qilgan Nazir Sholikorov, Masharif Qoriev, Axmadjon Ibragimov va boshqalarning qatag‘on qurboniga aylanganligi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarixi muzeyi hamda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi Mehnat va jangovar shuhrat muzeyi ekspozisiyasini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 2/3020-sonli maʼlumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar, tahliliy ma’lumotlar muzey ekspozisiyasini boyitish va muzeydagi ekskursiya matnini Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistondagi Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid materiallar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan;
Ikkinchi jahon urushi davrida Xorazmda ko‘ngilli milisiya otryadlari tashkil etilib, frontda ishtirok qilganliklari, bu davrda front ortida milisiya organlarining majburiyatlari kengayganligi, urush janggohlaridan omon qaytgan xorazmliklar keyingi mehnat faoliyatini milisiya xizmati bilan bog‘laganliklariga oid ilmiy natijalardan UrDU tuzilmasidagi Qatag‘on Qurbonlari xotirasi tarixi muzeyi ekspozisiyasini yaratishda foydalanilgan (Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 27-noyabrdagi 289-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning namoyishi XX asrning 20-90-yillaridagi jarayonlarni tarixiy manbalar asosida ochib berishga imkon yaratadi;
XX asrning 50-80-yillarida Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari faoliyatini tashkiliy jihatdan mustahkamlash, kadrlar bilan to‘ldirishdagi qiyinchiliklar va muammolari (ish ko‘lami va chegarasining aniq belgilanmaganligi, jinoyatchilikni oshishi bilan bog‘liq muammolar, kadrlar desanti, milisiya xodimlari ma’lumoti darajasining pastligi) haqidagi natijalardan Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondini boyitishda foydalanilgan (Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 27-noyabrdagi 289-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar xususida yangicha tarixiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish