Turdialiev Jahongir Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ilk o‘rta asrlar Sug‘dda empirik bilimlar rivoji” 07.00.01– O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1244.
Ilmiy rahbar: G‘oyibov Bobir Sobirovich tarix fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmatov Normuhammad O‘razovich, tarix fanlari doktori, professor; Xushvaqov Nabi Olimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sug‘dda mavjud tajribaga asoslangan bilimlarning tarixiy jarayonlardagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
amaliy va tasviriy san’at namunalarining uslubiy jihatlari nafaqat an’anaviy did va estetik qarashlarga, balki avloddan-avlodga o‘tgan amaliy tajribalar tizimiga asoslanganligi, Sug‘dda shakllangan san’at uslublari keyinchalik Uyg‘onish davri Sharq madaniyatiga, Xitoy, Hindiston va Eronda paydo bo‘lgan bezak san’atiga ko‘rsatgan ta’siri mintaqaviy madaniyatlararo bilim almashinuviga asos bo‘lganligi aniqlangan;
Sug‘d chilangar hunarmandlari metall turlarini aralashtirishda o‘zlariga xos og‘zaki an’analar orqali o‘zlashtirilgan formulalarga ega bo‘lgan, ipak va matolarda ishlatilgan bo‘yoqlarni o‘simlik va minerallardan, tabiiy pigmentlarni suv, tuz, sirka yoki o‘simlik sharbati bilan qayta ishlash natiajsida empirik kimyo bilimlarining rivojlanganligi dalillangan;
Sug‘dda qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya, shaharsozlik, me’morchilik va hunarmandchilik sohalarining rivojlanishida muayyan tajribalar to‘planganligi, empirik bilimlarning ilmiy me’yorlariga amal qilinganligi hamda ularning davomiy xususiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan;
Ilk o‘rta asrlarda Sug‘d madaniy muhitida empirik bilimlarga asoslangan falakkiyotshunoslik, tasviriy san’at, adabiyot (mahalliy va diniy: moniy, buddaviy, xristian, zardushtiy), musiqa, raqs, hattotlik va yozuv madaniyati keng rivoj topgan bo‘lib, ularning shakllanishi va takomillashuviga ko‘pkonfessiyaviy muhit, transmadaniy aloqalar, karvon yo‘llari orqali bilimlar almashuvi kabi omillar tajribaning uzlyuksiz davom ettirilishiga turtki bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ilk o‘rta asrlar Sug‘dda empirik bilimlar rivoji” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
amaliy va tasviriy san’at namunalarining uslubiy jihatlari nafaqat an’anaviy did va estetik qarashlarga, balki avloddan-avlodga o‘tgan amaliy tajribalar tizimiga asoslanganligi, Sug‘dda shakllangan san’at uslublari keyinchalik Uyg‘onish davri Sharq madaniyatiga, Xitoy, Hindiston va Eronda paydo bo‘lgan bezak san’atiga ko‘rsatgan ta’siri mintaqaviy madaniyatlararo bilim almashinuviga asos bo‘lganligiga oid ilmiy natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-oktyabrdagi 02-31-1543-son ma’lumotnomasi). Bu esa ilk o‘rta asrlar Sug‘dda erishilgan madaniy taraqqiyotda empirik bilimlarning o‘rni to‘g‘risida teletomoshabinlarda tasavvur uyg‘otgan;
Sug‘d chilangar hunarmandlari metall turlarini aralashtirishda o‘zlariga xos og‘zaki an’analar orqali o‘zlashtirilgan formulalarga ega bo‘lgan, ipak va matolarda ishlatilgan bo‘yoqlarni o‘simlik va minerallardan, tabiiy pigmentlarni suv, tuz, sirka yoki o‘simlik sharbati bilan qayta ishlash natiajsida empirik kimyo bilimlarining rivojlanganligiga doir mulohazalardan Samarqand davlat universiteti tarix yoʻnalishi talabalari uchun “O‘zbekiston toponimlari tarixi” (Samarqand: SamDU nashriyoti, 2023. 160-bet) nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-son Qarori asosidagi 2024-yil 28-oktyabrda berilgan 10-5521-sonli ma’lumotnoma). Ushbu natijalar ilk renessansning vujudga kelishi uchun asos bo‘lganini ko‘rsatish asnosida talabalarning tarixiy tafakkurini oshirishga imkon bergan.
Sug‘dda qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya, shaharsozlik, me’morchilik va hunarmandchilik sohalarining rivojlanishida muayyan tajribalar to‘planganligi, empirik bilimlarning ilmiy me’yorlariga amal qilinganligi hamda ularning davomiy xususiyatga ega ekanligi haqidagi ma’lumotlardandan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-oktyabrdagi 02-31-1543-son ma’lumotnomasi). Natijada kishilarda o‘rta asr xo‘jalik hayoti haqidagi tarixiy ma’lumotlarning mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Ilk o‘rta asrlarda Sug‘d madaniy muhitida empirik bilimlarga asoslangan falakkiyotshunoslik, tasviriy san’at, adabiyot (mahalliy va diniy: moniy, buddaviy, xristian, zardushtiy), musiqa, raqs, hattotlik va yozuv madaniyati keng rivoj topgan bo‘lib, ularning shakllanishi va takomillashuviga ko‘pkonfessiyaviy muhit, transmadaniy aloqalar, karvon yo‘llari orqali bilimlar almashuvi kabi omillar tajribaning uzlyuksiz davom ettirilishiga turtki bo‘lganligi haqidagi ilmiy yangiliklardan Samarqand davlat universiteti tarix yoʻnalishi talabalari uchun “O‘zbekiston toponimlari tarixi” (Samarqand: SamDU nashriyoti, 2023. 160-bet) nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-son Qarori asosidagi 2024-yil 28-oktyabrda berilgan 10-5521-son ma’lumotnoma). Ushbu natijalar talabalarda o‘rta asr bilimlar rivojining tarixiy ilmiy asoslariga doir bilimlarining yanada boyishiga yordam bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish